MUSTAQIL TA’LIM MASHG’ULOTLARI Talaba portfoliosini yaratish bo‘yicha tavsiyalar 327
«Portfolio» faoliyatning turli yo‘nalishlari bo‘yicha talabaning shaxsiy yutuqlarini
tasdiqlovchi hujjatlar majmuidir. Portfolioni yaratish talabaning ijodiy faoliyati hisoblanib,
unga turli xil soha (o‘quv, ilmiy—izlanish, sport, ijodiy, ijtimoiy va b.) bo‘yicha faoliyat
natijalari oliy o‘quv yurtida o‘qish jarayoni davrida talaba tomonidan kiritiladi.
Portfolioni yaratishdan asosiy maqsad talabaning oliy o‘quv yurtidagi o‘qish jarayoni
davrida erishgan yutuqlari to‘g‘risidagi daliliy hujjatlarni to‘plash va saqlashdan iborat.
Portfolio nafaqat talabaning ta’lim sohasidagi faoliyati natijalarini o‘zi tomonidan
baholashning samarali shakli bo‘lib qolmasdan, quyidagilarga imkoniyat tug‘diradi:
ta’lim sohasidagi yutuqlarni dalillashtiradi;
ish raqobati bo‘yicha tajriba ortdiradi;
kasbiy kompetentlikni rivojlantirish uchun mustaqil ta’limni amalga oshiradi;
o‘zining kasbiy kompetentlik darajasini ob’ektiv baholash
malakasini rivojlantiradi;
bo‘lajak mutaxassisning raqobatbardoshligini oshiradi.
Respublikamiz oliy ta’lim tizimida ushbu texnologiyaning
qo‘llanilishi amaldagi talaba bilimini baholashning test reyting tizimini inkor etmaydi,
aksincha uni to‘ldiradi. Rivojlan- tiruvchi ta’limga, insonparvar pedagogika nuqtai nazaridan
shaxsga yo‘naltirilgan ta’limga o‘tishga, talabalarda kasbiy kompetentlikni shakllantirish
bo‘yicha refleksiya hosil qilishga sharoit yaratadi.
Portfolio talabaning turli sohalardagi faoliyati, jumladan o‘quv-tarbiyaviy, ijodiy,
ijtimoiy, kommunikativ va boshqalar bo‘yicha erishgan natijalari sifatini baholash imkonini
beradi.
Portfolioning asosiy maqsadi - talabaning ta’lim jarayonidagi faoliyati bo‘yicha hisobot
taqdim etish, uning alohida erishgan ta’lim natijalarini yaqqol tasavvur qilish, ta’lim tizimida
o‘z-o‘zini rivojlantirishini ta’minlash, qobiliyatlarini namoyish etish hamda bilim va
malakalarini amalda qo‘llashga o‘rgatishdan iborat.
Portfolio asosida talaba erishgan yutuqlar va bilim olish jarayoni natijalarini sifat
jihatidan va soniy baholash mumkin.
Portfolio nafaqat baholashning zamonaviy samarali shakli, balki quyidagi muhim
pedagogik vazifalarni echishda foydalanuvchi texnologiya hamdir:
talabaning yuqori o‘quv mazmunini qo‘llab-quvvatlash;
talabaning faolligi va mustaqilligini rag‘batlantirish, ta’lim olish va mustaqil ta’lim
olishni kengaytirish;
refleksiv bilim va o‘z-o‘zini ob’ektiv baholash faoliyatini rivojlantirish;