11-MAVZU. MULOHAZA. XULOSA CHIQARISH
168
yangi bilim bermaydi, undagi bilim ma’lum predmetlar
doirasidan chetga chiqmaydi, degan
fikrga qo’shila olamiz.
Bunda yangilik, yangi fikr shundan iborat bo’ladiki, u predmetlar
turkumini o’zicha xarakterlaydi» - deb ko’rsatadi.
To’liq induksiya xulosasining chinligi quydagi talablarning bajarilishini taqozo etadi:
1. O’rganilayotgan turkumga mansub predmetlar doirasini aniq bilish;
2. U yoki bu xususiyatning shu sinfdagi har bir predmetga taalluqli ekanligini aniqlash;
3. Sinfga, turkumga mansub predmetlar chegarasining aniq bo’lmog’i.
To’liq induksiya xulosasi muayyan turkumga mansub ayrim xulosalarni chuqur o’rganish
imkoniyatini yaratib beradi. Odatda to’liq induksiyadan isbot
talab etiladigan muhokama
jarayonida foydalaniladi. Masalan: har qanday uchburchak ichki burchaklarining yig’indisi 180*
ga teng. Bunda o’tkir, o’tmas, to’g’ri burchakli uchburchak nazarda tutiladi.
b)
Noto’liq induksiya shunday mantiqiy uslubki, unda turkumga mansub pedmetlar
haqida chiqarilgan xulosa uning tarkibiga kiruvchi barcha predmetlarni qamrab olishi
shart emas.
Masalan: suv (N2 O)2 vodorod atomi va 1 kislorod atomidan iborat.
Noto’liq induksiya
ehtimollik, haqiqatga yaqinlik xarakteriga ega bo’ladi. Masalan: Isitilganda
azot,
kislorod, vodorodlarning kengayishi kuzatiladi. Shu asosda gazlar isitilganda,
kengayadi,
degan xulosaga kelish mumkin.
Noto’liq induktiv
xulosa chiqarish 3 ko’rinishda uchraydi:
1) Oddiy sanash orqali induktiv xulosa chiqarish. Bu ommabop induksiya , deb ataladi.
2) Faktlarni tanlash va tahlil etish orqali xulosa chiqarish.
3) Salbiy aloqadorlikni aniqlashga qaratilgan ilmiy induksiya.
4.
Dostları ilə paylaş: