Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmu
3-MAVZU. FALSAFIY TAFAKKUR TARAQQIYOTI BOSQICHLARI: G‘ARB FALSAFASI 33
bog‘liq. Masalan, dengiz suvi inson iste’moli uchun yaroqsiz bo‘lsa, baliqlar uchun ayni
muddaodir. Gyeraklitning qarashlari falsafiy tafakkur rivojiga katta ta’sir ko‘rsatgan.
Pifagor (yeramizdan avvalgi 580-500 yillar) Yunonistonning Samos orolida yashab o‘tgan.
u qadimgi Yunonistonda diniy-mafkuraviy falsafiy maktab, ya’ni pifagorchilikka asos solgan.
Pifagor o‘zining siyosiy qarashlari tufayli podsho Polikret bilan chiqisha olmagan va Samosni
tark etib, janubiy Italiyaga ko‘chib ketgan, o‘sha yerda o‘z uyushmasini tashkil etgan. Uningcha,
dunyoni bilish jarayoni, avvalo, raqamlarni bilishdan boshlanishi kyerak. Pifagorchilarning
ta’limotiga ko‘ra, olamning asosida modda ham, tabiat ham emas, balki ideallashgan raqamlar
yotadi; narsa va hodisalar aynan ana shu raqamlar mahsulidir. Pifagorchilar birinchi bo‘lib
Yunonistonda tabiatdagi narsa va hodisalarni izohlashda miqdor kategoriyasini ilgari suradi.
Pifagor zodagonlar oilasiga mansub bo‘lgani bois aristokratiyani himoya qilgan. U «tartib»
to‘g‘risidagi ta’limotini yaratib, faqat aristokratlar o‘rnatgan tartib ijtimoiy hayotda muhim rol
o‘ynaydi, degan. Uning fikricha, demokratiya bu tartibotning buzilishidir.
Eley falsafiy maktabi namoyandasi Ksenofan (yeramizdan avvalgi YI — V asr) shoir va
faylasuf bo‘lgan. U Kichik Osiyoda dunyoga kelgan. Ilm olish maqsadida Yunonistonga, janubiy
Italiyaga sayohat qilib, umrining so‘nggi yillarini Eley shahrida o‘tkazgan. Tarixchi Diogen
Layertskiyning yozishicha, Ksenofant «Tabiat haqida» asarining muallifidir. Afsuski, ushbu
asarning yarmigina omon qolgan, xolos. u ko‘pxudolikka hamda insonlarga xos sifatlarni
hayvonlarga, o‘simlik dunyosiga daxldor deb biluvchi ta’limotga qarshi chiqib, mifologiyani rad
etishga harakat qilgan. uning falsafiy ta’limotiga ko‘ra, tabiat - o‘zgarmas va harakatsizdir,
«Hamma narsa yerdan unib chiqadi va pirovardida yana yerga qaytadi». Biz hammamiz yerdan
tug‘ilganmiz va yerga aylanamiz». Ksenofan qadimgi yunon faylasuflaridan birinchi bo‘lib,
bilishning imkoniyati va chegarasi haqida fikr yuritgan. Bu qadimgi yunon gnoseologiyasining
rivojiga turtki bo‘ldi.
Ksenofant ilgari surgan g‘oyalar uning shogirdi Eley falsafiy maktabining ko‘zga
ko‘ringan namoyandalaridan biri, yeramizdan avvalgi 504 yili tug‘ilgan Parmenid tomonidan
rivojlantirilgan. Eley falsafiy maktabining namoyandalaridan biri Parmenidning shogirdi va
do‘sti Zenon (490-430 yillar) o‘z ustozining ta’limotini himoya qildi va uni rivojlantirdi.
Qadimgi Yunon madaniyatida sofistlar falsafasi katta o‘rin tutadi. Sofistlar antropologiya
(inson haqidagi fan) va gnoseologiya (bilish to‘g‘risidagi fan) muammolari bilan shug‘ullangan.
Sofistlar yangi kasblarning mohir ustalari, ya’ni o‘qituvchilar, diplomatlar, notiqlar, sud
mahkamalarida ishlovchi mutaxassislardan iborat bo‘lib, haqiqat, osoyishtalik, adolat o‘rnatishga
xizmat qilgan. ularning ta’limoti Suqrot falsafasiga ham ma’lum darajada ta’sir ko‘rsatgan.
Suqrot (yeramizdan oldingi 469-399 yillar.) (asli — Sokrat) — qadimgi Yunon faylasufi.
«Afinaning ijtimoiy hayotida faol ishtirok etgan, yoshlar tarbiyasi bilan shug‘ullangan, hurfikrli
inson, kambag‘aldan chiqqan, tosh yo‘nuvchining o‘g‘li, o‘ta bilimdon kishi sifatida mashhur
bo‘lgan. Uning hayoti fojiali tugagani to‘g‘risidagi misol falsafiy afsonaga aylanib ketgan. O‘z
davrida Afinadagi hukmron tuzum tartib-qoidalariga qarshi chiqib, yangi fikrlarni ilgari surgani
uchun ruhoniylar uni dahriylikda hamda yoshlarni axloqan buzishda ayblaganlar. Unga
shunchaki ayb emas, siyosiy ayb qo‘yilgan. Garchand qutilish imkoni bo‘lsa-da, qonun va
jamiyat tartiblarini nihoyatda qattiq hurmat qilganligi bois, u jazodan qochishni istamagan va bir
qadah zahar ichib o‘lgan. Suqrot va uning tarafdorlari jamiyat qonunlariga, ular qanday
bo‘lishidan qat’i nazar, so‘zsiz itoat etishni targ‘ib etganlari g‘oyatda ibratlidir. Holbuki, Suqrot
va uning shogirdlari Afinada amal qilgan qonunlarni noto‘g‘ri va adolatsiz deb hisoblagan