Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmu
3-MAVZU. FALSAFIY TAFAKKUR TARAQQIYOTI BOSQICHLARI: G‘ARB FALSAFASI 34
hamda ularni qattiq tanqid qilgan, ammo, shunday bo‘lsa-da, ularga bo‘ysungan. Shu ma’noda,
Suqrot o‘zini aybdor deb topgan sud hukmiga itoat etgan va o‘zini uning ixtiyoriga topshirgan.
«Aflotun mening do‘stim, ammo qonun do‘stlikdan ustun turadi» degan hikmatli ibora o‘sha
davr ma’naviyatining yaqqol ifodasidir.
Suqrot o‘z ta’limotini og‘zaki ravishda ko‘cha-ko‘yda, maydonlarda, xiyobonlarda
shogirdlari va izdoshlari bilan birga shakllantirgan va xalq ongiga singdirishga harakat qilgan,
lekin bironta ham asar yozmagan. Uning falsafiy, axloqiy ta’limotlari mohiyatini shogirdlari
Ksenofant, Aristofan va Aflotunlarning asarlaridan bilib olishimiz mumkin. Ksenofant «Suqrot
haqida esdaliklar» asarida o‘z ustozi haqida iliq so‘zlar aytib, uni olijanob, axloq-odob borasida
haqqoniy fikr yuritgan inson sifatida ta’riflagan. Yoshlarning axloqini buzgan deb unga siyosiy
ayb qo‘yish — tuhmat ekanini alohida ta’kidlagan. Aflotun esa uni chuqur mulohazali, insonni
ulug‘lovchi donishmand, deya ta’riflagan, uning falsafiy qarashlarini o‘z asarlarida Suqrot
nomidan bayon etgan. Suqrotning fikricha, falsafaning markazida axloq masalalari turmog‘i
lozim. Jamiyatning ravnaqi, tinchlik va osoyishtaligi, farovon hayoti axloq va odobning ahvoliga
bog‘liq. Bu masalalar Sharq falsafasida ham katta o‘rin tutganli bois xalqimiz, buyuk
allomalarimiz Suqrot nomini benihoya hurmat bilan tilga olgan, uning axloq-odob haqidagi
pand-nasihatlariga amal qilgan.
Suqrotning shogirdi Aflotun (asli — Platon) jahon falsafasi tarixida o‘chmas iz qoldirgan
buyuk allomadir. U nafaqat faylasuf olim, balki san’atkor, shoir va dramaturg bo‘lgan, o‘z
g‘oyalarini dialoglar tarzida bayon qilgan. Aflotun 428 yil 21 mayda Delos orolida tug‘ilgan.
O‘zidan keyin 35 dan ziyod dialog shaklidagi asarlar yozib qoldirgan. Arastuning u haqdagi
ma’lumotlarini birdan-bir to‘g‘ri dalil deb qarash mumkin. Chunki Arastu Aflotunning eng yaqin
do‘sti va shogirdi bo‘lgan.
Aflotun «G’oyalar dunyosi va soyalar dunyosi» ta’limotining asoschisidir. Uningcha,
g‘oya haqiqiy borliq, biz biladigan va yashaydigan dunyo esa uning soyasidir. Haqiqiy o‘zgarish
va taraqqiyot g‘oyalar dunyosiga xos, soyalar dunyosidagi harakat esa uning aksidir. G’oyalar
dunyosining qonuniyatlarini hamma ham bilolmaydi. Ularni biladigan zotlar nihoyatda kam
uchraydi, ular ulkan aql egasi bo‘ladi va tarixda chuqur nom qoldiradi. Aksariyat kishilar esa,
soyalar dunyosi bilan kifoyalanadi.
Aflotunning jamiyat va davlat to‘g‘risidagi ta’limoti uning dunyoqarashida markaziy
o‘rinlardan birini tashkil etadi. U faqat antik davr falsafasi — ontologiya va gnoseologiyaning
klassigi bo‘lib qolmay, mumtoz antik siyosiy nazariya va pedagogikaning bilimdoni ham bo‘lgan.
Aflotun ijtimoiy-siyosiy masalalarga doir «Davlat», «Qonunlar», «Siyosat» va «Kritiy» nomli asarlar
yozib qoldirgan. «Davlat» asarida jamiyat haqida, uning ideal siyosiy tuzumi to‘g‘risidagi
qarashlarini markaziy ta’limoti — g‘oyalar nazariyasi bilan uzviy bog‘liq holda ilgari surgan. Uning
fikricha, davlatning to‘rtta shakli mavjud: teokratiya; oligarxiya; demokratiya; tiraniya. Aflotunning
ideal davlat to‘g‘risidagi orzulari negizida adolat g‘oyasi yotadi. Aflotun aytganidek, jamiyat barcha
a’zolarining odil jamiyatdagi qonunlarga bo‘ysunishi ijtimoiy taraqqiyotning asosiy garovidir.
Aflotunning shogirdi va safdoshi Arastu (384 — 322 yillar) (asli — Aristotel) qadimgi
Yunonistonning buyuk faylasufi, o‘zining betakror, jahonni lol qoldirgan ilmiy myerosi bilan
mashhurdir. O‘n etti yoshida o‘z ilmini oshirish maqsadida Afinaga kelib, Aflotun asos solgan
akademiyaga o‘qishga kirgan va 20 yil davomida (Aflotunning o‘limiga qadar) shu yerda tahsil
olgan. Keyinchalik Makedoniya podshosi Filippning II taklifiga binoan, uning o‘g‘li Aleksandrga 3
yil muntazam ustozlik qilgan. Binobarin, keyinchalik dunyoni zabt etib, jahongirlik maqomiga