Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmu
3-MAVZU. FALSAFIY TAFAKKUR TARAQQIYOTI BOSQICHLARI: G‘ARB FALSAFASI 42
ma’rifatli xalqqa aylantirish uchun o‘z asarlarida ana shu qadriyatlarga yerishishning yo‘llari va
usullarini ko‘satib byerganlar.
Ular tomonidan yaratilgan ko‘p tomlik «Ensiklopediya» o‘sha zamonning ma’naviy
muammolarini ma’rifatli yo‘l bilan hal qilish usullari va imkoniyatlari ko‘rsatib byerilgan
«YYevropa qomusi» darajasiga ko‘tarilgan edi. Bu kitobni yaratishda boshqa ko‘pgina
ma’rifatparvar fransuz olim va mutaxassislari ham qatnashgan bo‘lib, o‘zining ahamiyati,
muammolarining umuminsoniy nuqtai nazaridan echilishi, xalqchilligi va tilining fransuz millati
hayot tarziga yaqinligi bilan ensiklopediya XVIII asr Yevropasining tengi yo‘q kitobi edi. Aynan
ana shu kitob mualliflari o‘zlarining boshqa asarlari va faoliyatlari bilan 1789-1884 yillardagi
Fransuz inqilobi qabul qilgan «Inson va grajdanlar huquqlar dekloratsiyasi»da ilgari surilgan
umuminsoniy qadriyatlarni jamiiyat taraqqiyotining eng ustivor ma’naviy mezonlariga
aylantirdilar.
Nemis falsafasi. XVIII asrning oxiri va XIX asrning boshlarida Germaniya boshqa
g’arbiy YYevropa mamlakatlariga nisbatan iqtisodiy va siyosiy jihatdan qoloq edi. Ammo
fransuz inqilobining kuchli ta’siri ostida shunday falsafiy ta’limot vujudga keldiki, uning
shakllanishida tabiatshunoslik va ijtimoiy fanlarning rivoji asosiy o‘rinni egalladi. Fizika va
ximiya fanlari yutuqlarga yerishdi, tabiatni o‘rganishga katta e’tibor byerila boshlandi.
Matematika fanida yangi ixtirolar qilindi. Bu ixtiro va yutuqlar hamda insoniyat jamiyatining
rivoji haqidagi nazariyalar borliqni o‘rganishning uslubi va nazariyasi bo‘lib xizmat qiladigan
rivojlanish haqidagi g‘oyalarni ishlab chiqishni tarixiy bir zaruriyat qilib qo‘ydi. Mana shunday
tarixiy sharoitlar taqazosi bilan XVIII asrning II yarmi va XIX asr boshlarida nemis falsafasi
vujudga keldi.
Nemis falsafasining asoschilaridan biri Immanuil Kant (1724-1804) faqat mashhur
faylasufgina bo‘lib qolmasdan, yirik tabiatshunos olim hamdir. Kant tomonidan yaratilgan gaz
holatidagi ulkan tumanlikdan quyosh sistemasining kelib chiqishi haqidagi nazariya hozirgi davrda
ham astronomiya sohasidagi eng muhim ta’limotlardan biridir. Kantning tabiiy-ilmiy qarashlari tabiat
hodisalarini metafizik ruhda tushuntiruvchi ta’limotlarga zarba byerdi. Kant o‘z davri
tabiatshunosligi yerishgan yutuqlarni faqat Koinot tuzilishi masalasiga emas, shu bilan birga Koinot
genezisi va rivojlanishi masalalariga ham tatbiq qildi. Kantning inson irqlarining tabiiy kelib chiqishi
haqidagi nazariyasi ham muhim ahamiyatga ega.
Kant ta’limoti bo‘yicha, falsafaning eng muhim muammolari bo‘lmish — borliq, axloq,
degan masalalarini tahlil qilish uchun eng avvalo, inson bilimining imkoniyatlari va
chegaralarini aniqlamoq kerak. Bizning bilimlarimiz narsaning hodisasini, ya’ni bizga qanday
holatda namoyon bo‘la olishini (fenomen) bila oladi. Ular bizning tajribamiz mazmunini tashkil
qiladi. «Narsa o‘zida»ning bizning sezgi a’zolarimizga ta’siri natijasida sezgilar xaosi vujudga
keladi. Bu xaos bizning aqlimiz quvvati bilan tartibga solinadi va bir butunga aylantiriladi. Biz
tabiat qonunlari deb bilgan narsalar aslida aql tomonidan hodisalar dunyosiga kiritilgan aloqadir.
Boshqacha qilib aytganda, bizning aqlimiz tabiatga qonunlar kiritadi. Lekin hodisalar dunyosiga
inson ongiga bog‘liq bo‘lmagan narsalarning mohiyati, ya’ni «narsa o‘zida» mos keladi. Ularni
mutlaq bilish mumkin emas. «Narsa o‘zida» biz uchun faqat aql bilan bilish mumkin bo‘lgan,
lekin tajribadan kelib chiqmaydigan mohiyatdir. Kant inson aqlining cheksiz qudratiga
ishonchsiz qaraydi. Inson bilimining nisbatan cheklanganligiga u ma’lum axloqiy ma’no byeradi.
Uningcha, agar inson mutlaq bilimga ega bo‘lsa, unda axloqiy burchni bajarishi uchun kurash
ham, intilish ham bo‘lmasdi.