Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmu
3-MAVZU. FALSAFIY TAFAKKUR TARAQQIYOTI BOSQICHLARI: G‘ARB FALSAFASI 38
summalar»ning birinchi qismi xudoning mavjudligi va borlig‘i masalasida bahs yuritadi.
Ikkinchi qismi «xudoga qarab harakat» haqida hikoya qiladi.
Akvinskiy ta’limoticha, dunyo erarxik narvondan iboratdir. Uning eng quyi qismida yer va 4
elementdan iborat bo‘lgan hamma narsalar mavjuddir. Odam ruhi xudo va moddiy dunyo o‘rtasidagi
joyni egallaydi. Dunyoviy jamiyat tepasida esa, papa boshchiligidagi ilohiy davlat turadi. Yerdan
uzoqlashgan sari u ilohiylashib boradi. Sayyoramiz dunyosinning tepasida farishtalar dunyosi
mavjuddir. Butun koinot tuzilishi uch shaxsni birlashtirgan yagona xudo tomonidan boshqarilib
turadi. Akvinskiy ta’limotidan keyinchalik «tomizm» oqimi shakllandi va u «neotomizm» tarzida
g‘arbda hozir ham saqlanib qolgan.
O‘sha davrning mashhur faylasuflaridan biri Vilyam Okkamdir (1309-1349). Uning
fikricha, ilohiyot aqidalari ratsional (aql) yo‘l bilan isbotlanishi mumkin emas. Ular faqat
Muqaddas kitob nufuzi tufayligina qabul qilinishi mumkin. Bu qarash e’tiqod va tafakkurni bir-
biridan ajratardi, ularni omuxta qilishni qoralardi. Okkam, shuningdek, univyersaliylarning
ob’ektiv mavjudligini inkor qiladi. Uningcha, univyersaliylar tafakkur tushunchalari uchun faqat
ismdirlar. Bu tushunchalarni odam o‘z ongida yaratgan. Uningcha, alohida odam insonga
nisbatan realroq va muhimroqdir.
Rodjyer Bekon (1214-1292) ham Okkam mansub bo‘lgan oqim vakillaridandir. U o‘z
hayotini ilmiy tajribalarga bag‘ishlagan. Ular yordamida u tajribaviy fanga asos soldi. Bunday
metodni XYII asrda Frensis Bekon ishlab chiqdi. Haqiqatni topishda tabiatni tajribaviy o‘rganish
metodini qo‘llash nominalistlar qarashlariga to‘liq mos kelardi. Nominalistlar va realistlar
o‘rtasidagi qarama-qarshilik o‘rta asr sxolastikasining muhim muammolaridan biri edi. Butun o‘rta
asrlarda sxolastikaning bu ikki oqimi o‘rtasida kurash ketgan. Sxolastikaning avjga chiqqan davri
— 1150 va 1300 yillarda — Foma Akviniyskiyning mo‘‘tadil realizmi nominalizm ustidan g‘alaba
qozondi. Lekin 1300 yildan keyin chyerkov ilohiyotchilari tafakkurida nominalizm yuqori
mavqeni egallay boshladi. Bu ko‘p jihatdan uyg‘onish davri falsafasiga ta’sir ko‘rsatdi.
SHuningdek, haqiqatga yerishishning tajribaviy metodini (ratsionalizm) vujudga kelishida katta
xizmat qildi.
Yevropa falsafasining rivojida univyersitetlar muhim o‘rin tutadi. Ular bilim va
ma’rifatning o‘chog‘i sifatida 1200 yillarda vujudga keldi. 1400 yillarga kelib, Yevropada 23 ta
univyersitet mavjud bo‘lgan. Univyersitet dasturining juda katta qismini sxolastika bilan
shug‘ullanish tashkil etar edi. Univyersitetlarning vujudga kelishining sababi mashhur
olimlarning faoliyatidir. XII asrda Ityeriy Rim huquqining buyuk tadqiqotchisi sifatida mashhur
bo‘ladi va talabalar uni eshitish uchun Bolonya shahriga oqib kela boshlaydilar. Natijada
Bolonya shahri univyersiteti muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsata boshlaydi. Abelyarning o‘qituvchi
sifatidagi shuhrati ko‘p jihatdan Parij univyersitetining vujudga kelishiga sabab bo‘ldi.
Univyersitetlar, shuningdek, talabalarning chiqishlari natijasida ham vujudga kelgan. Masalan,
XII asrda Angliya va Fransiya qirollari orasidagi nizo oqibatida, Angliya talabalariga yaxshi
munosabat bildirilmaganligi ularning Parijdan Angliyaning Oksford shahriga ko‘chib o‘tishlariga
sabab bo‘ldi. Buning natijasida mashhur Oksford univyersiteti tashkil topdi. Kembridj
univyersiteti esa Oksford universiteti talabalarining qo‘zg‘olon ko‘tarishi va 1209 yilda ularning
Oksforddan Kembridjga ko‘chib o‘tishlari natijasida vujudga keldi.
Uyg‘onish davri falsafasi. Bu insoniyat tarixida yuz bergan eng buyuk ilg‘or taraqqiyot
davrlaridan biri edi. Uyg‘onish davrida hayotning hamma tarmog‘ida muhim, ilg‘or, hatto aytish
mumkinki, inqilobiy o‘zgarishlar yuz berayotgan edi.