Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmu
3-MAVZU. FALSAFIY TAFAKKUR TARAQQIYOTI BOSQICHLARI: G‘ARB FALSAFASI 44
inqilobi mevalaridan bahramand bo‘lganlar. Faqat ulargina umumiy fuqarolik va siyosiy
yerkinlikka yerishganlar. Hegelning ta’kidlashicha, aqlga muvofiq davlatchilikni o‘rnatgan faqat
gyerman xalqigina umumjahon — tarixiy jarayonning haqiqiy timsolidir.
Hegel umumiy falsafiy sistemasi ham, uning yaratgan metodi ham boshqa
kamchiliklardan, ichki qarama-qarshiliklardan holi emas edi. Chunki uning falsafiy ta’limotida
bilimning ob’ektiv asosi mutlaq ruhdir, maqsadi esa shu mutlaq ruhning o‘z-o‘zini anglashidir,
oxirgi bosqich o‘z-o‘zini anglash bilan yakunlanadi. Hegel falsafasi mana shu masalani amalga
oshirishga qaratilgan. Shunday qilib Hegelning sistemasi va metodi o‘rtasidagi qarama-qarshilik
cheklanganlik va cheksizlik o‘rtasidagi qarama-qarshilikdir.
XIX asrning oxiridan boshlab g‘arb mamlakatlarida Hegel falsafasi atrofida turli falsafiy
maktablar va oqimlar vujudga keladi. Bu falsafiy maktablar ichida ma’lum nufuz va ta’sirga ega
bo‘lgan oqim «yosh hegelchilar» oqimi edi. Bu oqimning o‘sha davrdagi asosiy namoyandalari
orasida aka-uka Bruno va Edgar Bauyerlar alohida ajralib turar edi.
Dastlab mana shu oqimga mansub bo‘lgan K. Marks (1818-1883) va F. Engels (1820-
1895) keyinchalik materialistik jihat va ateistik tamoyillar ustuvor bo‘lgan, qarama-
qarshiliklarning kurashi tamoyili mutlaqlashtirilgan o‘z ta’limotini ishlab chiqdilar. Uning asosiy
nazariyalarini hayotga tatbiq qilishga da’vat qildilar. Ularning ta’limoti marksizm falsafasi degan
nom oldi. Keyinchalik bu falsafa sotsialistik lager deb atalgan mamlakatlarda davlatning
mafkuraviy doktrinasiga aylandi, «ilmiy kommunizm» g‘oyalari asosida insoniyat tarixining
tabiiy jarayonini proletariat diktaturasi deb atalgan davlat va hokimiyat yuritish usuli orqali
zo‘rlik bilan o‘zgartirish ta’limotini ko‘pchilik ommaga, siyosiy partiyalarga, mafkuraga
singdirishga harakat qildi.
Yangicha falsafiy tafakkurga asos solgan olimlar orasida ko‘pchilik nemis olimi Artur
Shopengauer (1788 — 1860) qarashlarini tilga oladi. Shopengauer olamdagi barcha mavjud
narsalarni irodaning namoyon bo‘lishi, irodani esa ongsiz ko‘r-ko‘rona intilish tarzida tushunadi.
Maxluqotlarning instinktlari, xatti-harakatlari — irodaning namoyon bo‘lishidir. Inson faoliyati
ham aqldan begona bo‘lgan irodaning natijasidir. Shuning uchun inson mohiyati irrotsional
asosga ega. Aql esa tasodifiydir. Inson hayoti doimo aylanib turgan iroda g‘ildiragiga bog‘liqdir.
Shopengauer ta’limotini davom ettirgan nemis faylasufi Fridrix Nitsshe (1844-1900)
fikricha, «borliqning eng chuqur mohiyati hokimiyatga erishish uchun bo‘lgan irodadir.» Nitsshe
inson borlig‘ida maxluqlik va xoliqlikni birlashib ketganini asoslab byerishga harakat qildi.
Uning diyorimizda bundan ikki yarim ming yil muqaddam shakllangan zardushtiylik ta’limotini
o‘rganib yaratgan «Zardusht tavallosi» asarida kuchli shaxslarni tarbiyalash g‘oyasi ilgari
surilgan. U o‘z ortidan irodasiz kishilar ommasini yetaklashga qodir bo‘lgan irodasi kuchli
shaxslarni tarbiyalash tarafdori bo‘lgan. Nitsshening sivilizatsiya va madaniyatning so‘nishi va
barham topishi to‘g‘risidagi g‘oyasiga asoslanib, 1918 yilda G. Shpenglyer «YYevropaning
so‘nishi» degan asarini yozadi.
O‘tgan asr oxiri olimlari ijtimoiy inqiroz va ma’naviy turg‘unlikdan chiqishning yo‘lini
Farbda klassik falsafiy myerosga murojaat etishda va uni qayta tiklashda ko‘rdilar. Shu zaylda
«Orqaga Kantga» shiori ostida neokantchilik, «Orqaga Hegelga» shiori ostida esa neohegelchilik
paydo bo‘ldi.
Neotomizm — XX asrdagi eng yirik diniy-falsafiy oqim bo‘lib, u o‘rta asrlardagi (XIII asr)
Foma Akvinskiyning ta’limotini qaytadan tikladi. U (neo — yangi, tomizm — «foma»,
transkripsiyada «toma» bo‘lib o‘zgargan) Foma Akvinskiyning yangi, zamonaviy ta’limoti