Ontologiya borliq haqidagi falsafiy ta’limot Reja: 1



Yüklə 122,5 Kb.
səhifə1/3
tarix24.10.2023
ölçüsü122,5 Kb.
#160859
  1   2   3
BORLIQ ONTOLOGIYA 2


ontologiya - borliq haqidagi falsafiy ta’limot
Reja:
1. Borliq muammosining falsafiy mazmuni. Borliq kategoriyasi.
2. Borliqning asosiy shakllari.
3. Falsafada substansiya muammosi.
4. Materiya va uning mavjudlik shakllari.

1.Borliq muammosining falsafiy mazmuni. Borliq kategoriyasi. Falsafa o’rganadigan qaysi bir masalani olmaylik, u borliq muammosi bilan bog’liq ekanligini ko’ramiz. Haqiqatan ham borliq, unga munosabat masalasi falsafiy qarashlarda markaziy o’rinni tashkil qiladi . Bu bejiz emas albatta, chunki borliq muammosi falsafadagi har qanday dunyoqarash va metodologik muammolarining asosi hisoblanadi. Darhaqiqat, turli dunyoqarashlar o’rtasidagi baxslar borliq muammosi atrofida yuzaga kelayotgan tortishuvlarga, y’ani borliq azaldan mavjudmi, yoki u mutloq ruh tomonidan yaratilganmi, degan masalaga borib taqaladi. Xo’sh, borliq o’zi nima?
Nima uchun borliq tushunchasi falsafa paydo bo’lganidan beri faylasuflar e’tiborini o’ziga jalb qilib keladi? Bu savollarga javob berish uchun biz borliqning inson va insonlar hayoti bilan bog’liq real ildizlarini yoritishimiz lozim .
Ma’lumki, qadim-qadim davrlardan beri kishilar o’zlarini qurshab turgan tabiat va jamiyat, inson va umuman insoniyat haqida, xususan, o’zlari haqida ham o’ylay boshlaganlar. Ular tabiat va jamiyat, o’z hayotlarida sodir bo’lib turgan turli-tuman o’zgarishlarni kuzatganlar, bu narsalar ular ko’z o’ngida ob’ektiv reallik sifatida gavdalangan: ya’ni ular bor, mavjud, lekin vaqt o’tishi bilan yo’q bo’ladi, ya’ni mavjud bo’lmay qoladi; aksincha, ba’zi yo’q narsalar paydo bo’ladi. Shular asosida kishilarda mavjudlik va yo’qlik haqida qarashlar paydo bo’la boshlagan.
Kishilar o’zlarining ham dunyoga kelishi (paydo bo’lishi), yashashi va nihoyat, yo’qlikka aylanishi kabi jarayonlarni kuzatganlar, ular haqida ham o’ylay boshlaganlar. Shular asosida keyinchalik dinlarda “bu dunyo” va “ u dunyo”, ya’ni kishilarning real hayotlari kechadigan dunyo to’g’risida tasavvurlar paydo bo’la boshlagan.
Kishilar o’zlarining kundalik tajribalar asosida fikr yuritib, o’zlari yashayotgan dunyoning aynan hozir mavjudligiga, uning o’zlaridan oldin ham mavjud bo’lganligiga, o’zlaridan keyin ham mavjud bo’lishiga, o’zlarining esa o’tkinchi, vaqtincha yashab, so’ng dunyodan o’tib ketishlariga ishonch hosil qila boshlaganlar. Bu ishonchlari asosida ularning “borliq” va “yo’qlik” haqidagi qarashlari paydo bo’ladi.
Dunyoning mavjudligi, ya’ni borligi to’g’risidagi bahs yuritgan faylasuflar bu masalaga turlicha yondashganlar; ularning ba’zilari, dunyo avval ham bo’lgan, hozir ham mavjud, bundan keyin ham mavjud bo’ladi, deyishsa; boshqalari, dunyo avval mavjud bo’lmagan, u xudo yoki ruh tomonidan yaratilgan; dunyodagi hamma narsalarni, xususan, insonni ham, xudo yoki ruh yaratgan, shundan buyon ular mavjud, deyishgan. Uchinchi xil mutafakkirlar esa, dunyo yaralishiga xudo faqat sababchi bo’lgan, xolos, u shundan buyon o’zi mavjud, o’zi rivojlandi, degan qarashni ilgari surishgan.
Fan va amaliyot taraqqiyoti natijasida dunyoning yaratilganligi, uning fazo va vaqtda chegaralanganligi, cheklanganligi to’g’risidagi oldingi qarashlar asta-sekin
dunyoning yaratilmaganligi, cheksiz va chegarasizligi, shu bilan birga, uning bir butunligi, doimiyligi, abadiyligi to’g’risidagi qarashlar bilan almashinib borgan. Bu
borada kishilar o’zlarining o’tkinchi , vaqtinchalik hayotlari bilan cheksiz va abadiy mavjud bo’lgan dunyoni, o’z davri kishilarining hayoti va ishlari bilan o’zlaricha bo’lgan va o’zlaridan keyin keladigan avlodlarning hayot va faoliyatlari haqidagi qarashlari taqoslash orqali fikr qilish natijasida ularda doimiylar va o’tkinchilik haqida tushuncha va qarashlar paydo bo’lgan.
Dunyoning abadiyligi yoki o’tkinchiligi, uning makon va zamonda cheklangan yoki cheksizligi to’g’risidagi qarashlar insoniyat tarixida dastlab afsonalar va diniy qarashlar, keyinchalik falsafa va boshqa fanlarda ifodalanib, muhokama qilinib kelingan. Bu muhokamalarning hammasi pirovard oqibatda borliq muammosiga borib taqalavergan. Ularning barchasining mantiqiy xulosasi shuki, dunyo doimiy, abadiydir. Ammo shu abadiy dunyodagi barcha narsalar, turli-tuman jonsiz va jonli organizmlar, insonlar va ularning faoliyati hatto, bir butun jamiyat ham, shubhasiz, vaqtincha, o’tkinchidir. Demak , borliq abadiy, ammo undagi barcha narsalar o’zgarishda va rivojlanishda; bir xolatdan ikkinchi xolatga, bir turdan ikkinchi turga o’tishda, chunki ular bordan yo’q, yo’qdan bor bo’lmaydi.
Borliq muammosining butun ildizi, ma’nosi va mazmuni shundaki, bir butunlik sifatidagi borliqning doimiy mavjudligi va uni tashkil etgan narsalarning: tabiat, insonlar, jamiyat va ularning faoliyatlarining o’tkinchiligi ziddiyatli birlikni tashkil qiladi. Bundan shu narsa ma’lum bo’ladiki, borliq muammosini falsafada o’rganish dunyo “hozir, shu yerda mavjud” degan qarashdan boshlanib, bu qarashlarbir butun dunyoning cheksiz va doimiy mavjudligi, uning ham, vaqtinchaligi va o’tkinchiligi to’g’risidagi qarashlarga tomon rivojlanib borgan, bu borliq to’g’risidagi falsafiy muammoning birinchi tomonidir.
Borliq muammosining falsafiy tahlili shuni ko’rsatadiki, dunyo bir butun, abadiy mavjud, lekin uni tashkil etgan narsalar o’z mavjudligi jihatidan har xil, o’tkinchidir, bir butunlik sifatidagi dunyo undagi mavjud narsalardan ajralmasdir. Bir jihatdan, bir butun dunyo bilan uni tashkil etgan narsalar, hodisalar va mavjudotlar o’rtasida farq bo’lsa; ikkinchi jihatdan, dunyo o’zini tashkil qilgan narsalar, mavjudotlar bilan ajralmas birlikdagi butunlikni hosil qiladi. Bundan borliq to’g’risidagi falsafiy muammoning dunyoning birligi masalasi bilan bog’liq bo’lgan ikkinchi tomoni kelib chiqadi.
Kishilar o’zlari faoliyat ko’rsatadigan dunyoda yashar ekanlar, o’z faoliyatlarida doimiylikni o’tkinchi narsalar bilan bog’lashga , bir butun dunyo bilan undagi har xil narsalar va hodisalar o’rtasidagi ob’ektiv munosabatlarni bilishga kirishadilar. Ular o’zlari ham dunyodagi turli-tuman narsalardan va ularda amal qiladigan qonuniyatlardan foydalangan holda turli-tuman narsa va hodisalarni yangidan yaratib, ulardan o’z hayotlarida foydalanadilar.
Shu bilan birga, kishilar o’z kundalik amaliy, ijtimoiy faoliyatlarida dunyodagi narsa va hodisalar bilan, o’zlarini qurshab turgan tabiat va jamiyat bilan ham muayyan munosabatlarda bo’lib, dunyodagi mavjud narsa va hodisalarning ba’zilari
ular ongidan, xohish-irodasidan tashqarida, ularga bog’liq bo’lmagan holda mavjud
ekanligiga, boshqa narsa va hodisalar esa ularga, ular ongiga, xohish va irodalariga bog’liq holda mavjud bo’lishiga ishonch hosil qilib borganlar. Ular bu jarayonlarda tabiat bilan jamiyat, o’zlari bilan o’zgalar, inson bilan tabiat, inson bilan jamiyat, inson bilan uning ongi, inson bilan inson, moddiy narsalar bilan ma’naviy narsalar, tana bilan jon (ruh) o’rtasida umumiy birlik, aloqadorliklarni aniqlash bilan birga, ular o’rtasida muhim farqlar borligini ham bilib borganlar. Bora-bora ular insonlarning o’zida ham tana bilan ruh (jon), tabiiylik bilan ijtimoiylik bir-biridan ajralmagan holda mavjudligini, birligini ham bila borganlar. Lekin kishilarning borliq muammosini falsafiy anglashi ularning dunyoning birligini ilmiy tushunishi emas, balki uning zaruriy asoslarini izlashdan iborat bo’ladi. Chunki dunyoning borligi uning birligi uchun zarur shart bo’lsa-da, dunyoning birligi uning borligida emas edi. Dunyoning haqiqiy birligi uning moddiyligidadir, uning mohiyatidadir.
Shuni aytish kerakki, borliq tushunchasi bunda moddiylikdan tashqari ma’naviylikni ham o’z ichiga oladi. Bu jihatdan inson ongi ham, barcha ongli va ongsiz faoliyatlar va ong mahsulotlari, ma’naviy-ruhiy hodisalar ham borliq tushunchasi tarkibiga kiradi. Chunki, ong anglangan borliqdan boshqa narsa bo’lishi mumkin emas, kishilarning turmushi esa ular hayotining real jarayonlaridir. Bu borliq to’g’risidagi falsafiy muammoning uchinchi tomonini tashkil etadi.
Demak, borliq keng ma’noda eng umumiy tushuncha sifatida bir butun dunyo va undagi narsa va hodisalardan tortib, inson hayoti, ongi, kishilar faoliyatining barcha ob’ektiv va sub’ektiv sharoitlari, hatto jamiyatda sodir bo’ladigan butun jarayonlardan iborat hamma realliklarni o’z ichiga oladi. Borliq tushunchasi falsafiy jihatdan juda keng ma’noda bir butun reallik sifatida tushuniladi. Shu sababli unga, yuqorida aytilganilardan tashqari, inson hali o’zlashtirib, bilib ulgurmagan narsalar, tabiat hodisalari ham, tabiat boyliklaridan foydalangan holda insoniyat yaratgan barcha narsa va hodisalar, jarayonlar ham, kishilarlarning ijtimoiy hayotlari ham, ularning o’zlari, fikrlari, g’oyalari, qarashlari; ular yashaydigan joylar, ular mehnat qiladigan korxonalar, o’qiydigan va ishlaydigan tashkilotlar ham, jamiyatdagi barcha ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, mafkuraviy, xullas, ma’naviy munosabatlar ham kiradi. Binobarin, har bir kishining hayot faolliyati uning o’zi uchun ham, atrofdagi kishilar uchun ham ma’lum reallik hisoblanadi. Shu bilan birga, har bir kishi o’z tanasi, o’z ruhiga, o’z o’tmishi, bugungi va kelajagiga ham, boshqa kishilarga va umuman, butin jamiyatga ham ma’lum reallik sifatida munosabatda bo’ladi.
Kishilar, o’z faoliyatlarida tabiiy boyliklar bilan bir qatorda ma’naviy boyliklar ham yaratadilar. Falsafada bu moddiy va ma’naviy boyliklar ham alohida o’ziga xos reallik xarekteriga ega bo’lgan borliq sifatida qaraladi. Demak, moddiy narsa va hodisalar bilan bir qatorda, ma’naviy hodisalar ham borliq tushunchasi tarkibiga kiradi.
Umuman, borliq muammosini tadqiq etishda falsafa kishilarning amaliy, ma’naviy-axloqiy, siyosiy, huquqiy, diniy va shular kabi faoliyatlariga va bilimlariga asoslanadi. Bunda borliq kategoriyasi u bilan uzviy bog’liq bo’lgan “mavjudlik”, “reallik” va boshqa shular kabi bir qator falsafiy kategoriyalar yordamida o’rganiladi. Falsafa borliq tushunchasini eng umumiy tushuncha sifatida o’ziga boshlang’ich kategoriya qilib qabul qiladi.
Lekin borliq kategoriyasini falsafaga bunday boshlang’ich kategoriya qilib kiritishga e’tiroz bildiruvchilar ham mavjud. Ular borliq kategoriyasi narsalarning konkret xossasini ifodalamasligi sababli uni falsafadan chiqarib tashlash kerak, degan g’oyani ilgari suradi. Bu e’tirozning noto’g’rili shundaki, falsafiy kategoriyalar narsalarning konkret belgilarni emas, aksincha, dunyodagi eng umumiy aloqadorliklarni, eng umumiy tomonni, ya’ni hamma moddiy va ma’naviy predmet va hodisalarning realligini ifodalaydi. Ba’zilar esa, borliq, avvalo, mavjudlik orqali ifodalanar ekan, borliq kategoriyalarini ishlatishga ehtiyoj yo’q, chunki “borliq” tushunchasi bilan “mavjudlik” tushunchasi aynan bir narsadir, deyishadi. Gap shundaki, borliq falsafiy kategoriya sifatida faqat mavjudlinigina ifodalab qolmasdan, balki mavjudlikka nisbatan umumiyroq va kengroq mazmunga ega bo’lgan reallikni bildiradi.
Demak, falsafada borliq kategoriyasi dunyo, tabiat, inson, jamiyat, inson ongi, uning individuallashgan va moddiylashgan ko’rinishlarning shunchaki mavjudligini emas, balki ulardagi umumiyroq xarekterga ega bo’lgan reallikka xos eng umumiyroq aloqadorlikni ifodalaydi. Binobarin, dunyo, undagi narsa va hodisalar o’zlarining barcha xususiyatlari va xossalari bilan birlikda mavjud bo’lib, ular o’z realliklari bilan umumiy birlikka egadir, ular o’rtasidagi umumiy aloqadorlik borliq kategoriyasida ifodalanadi.
Borliq tushunchasi falsafiy kategoriya sifatida bilishning yuqori bosqichi-abstrakt tafakkurdagina xos bo’lib, fikrlash jarayonida kishilar, bu tushuncha orqali dunyodagi alohida narsalar, voqea va hodisalar, jarayonlar o’rtasidagi eng umumiy tomon - ularning realligi haqida fikr yuritadilar.
Borliq kategoriyasi va oz’iga xos xususiyatlaridan hamda uning falsafada tutgan o’rnidan kelib chiqib, to’g’ri fikr yuritish bilan bir qator sohalarda xatolarga yo’l qo’yishimizni oldini oladi. Masalan, borliqni narsalarga yoki fikrning mavjudligiga o’xshatish unchalik to’gri bo’lmaganidak, uni faqat moddiy narslarga nisbatan qo’llash yoki aksincha, uni faqat ma’naviy narsalar: sof fikr, g’oyalar, faqat ong va uning mahsullariga nisbatan ishlatish ham xatodir.
Borliq kategoriyasi falsafiy kategoriyalar ichida boshlang’ich kategoriya bo’lib, o’tmishdagi va hozirgi davrdagi juda ko’p faylasufar o’z qarashlarini bu kategoriya orqali ifodalashadi. Shu tufayli falsafada borliq to’g’risida alohida ta’limot mavjudligi haqidagi masala atrofida qizg’in munozaralar davom etib kelmoqda. Falsafiy adabiyotlarda borliq haqidagi ta’limot ontologiya, deb atalib, o’zining kategorial statusiga egadir, degan fikr keng qo’llanilmoqda.


2.Borliqning asosiy shakllari.
Borliq o’zining shakllariga ko’ra xilma –xildir. Xo’sh, bu shakllar qanday ko’rinishda mavjud?
Avvalambor, bizni qurshab turgan yaxlit, bir butun dunyo, eng umumiy borliq bo’lib , u ko’pdan-ko’p real mavjud narsalardir.
Bu narsa va hodisalarning har biri o’ziga xos, boshqlardan mavjud bo’lmagan tomonlar, xususiyatlarga ham ega. Lekin inson o’z faoliyatlarida ularni bilish jarayonida borliqning bu turli ko’rinishlaridan kelib chiqib umumlashtirishga, guruhlashtirishga, muayyan yaxlit tizimlarga birlashtirishga kirishadi. Shuni aytish kerakki, bunda inson yakka, ayrim narsa va hodisalarni ularni nisbatan kattaroq butunlikka birlashtirib, har bir yakka, ayrimlikning mavjudlik xususiyatiga e’tibor bergan holda, ularning borliq ko’rinishi, usuli va mavjud sharoitlarida o’xshashliklardan kelib chiqib, ularni turli guruhlarga, turlarga ajratadi. Dunyodagi turli narsa va hodisalarni ular borligining ko’rinishiga ko’ra, turli shakllarga ajratish va birlashtirish kishilarning kundalik hayotidagi oddiy jarayonlardir, chunonchi ular o’z amaliy faoliyatlarida o’zlari anglamagan yoki anglagan holda, borliqning turli shakllari o’rtasidagi umumiylik va farqlarga, albatta, e’tibor beradilar. Borliq shakllarini bilishda ularni farqlash, ajratish kishilarning amaliy faoliyatlarida, dunyoni tushunishida muhim ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun falsafiy muammolarni o’rganish borliq kategoriyasining mazmunini o’rganishdan, borliqning asosiy shakllarini tahlil qilishdan boshlanadi.
Shuni aytish kerakki, falsafada, borliqning shakllari muammosiga turlicha yondashishlar mavjud, masalan, materializm o’z e’tiborini moddiy borliqqa qaratib uni birlamchi, belgilovchi, deb hisoblaydi. Idealizm esa, odatda, borliqning ma’naviy borliq shakllarini birlamchi, belgilovchi, deb e’tirof etadi.
Hozirgi falsafiy adabiyotlarda faylasuflar borliq shakllarini dastlab bir-biridan farq qiluvchi va ayni vaqtda bir-biri bilan o’zaro aloqadorlikda bo’lgan quyidagi turlarga ajratmoqdalar:

  1. Insondan, uning ongidan tashqarida ob’ektiv reallik sifatida mavjud bo’lgan narsalar, hodisalar. Jarayonlardan iborat moddiy borliq.

  2. Faqat inson, uning ongi bilan bog’liq sub’ektiv reallik sifatida mavjud bo’lgan fikrlar, g’oyalar, qarashlar tarzidagi ma’naviy borliq.

Borliqning bu turlari o’rtasidagi farq nisbiydir, chunki ular bir-birlariga o’tib turishadi. Shu bilan birga, ularning har biri o’z navbatida yana bir qancha shakllar ko’rinishlarga bo’linadi.
Insonni qurshab turgan tabiat, tabiatni tashkil qilgan turli narsa va hodisalar, barcha noorganik va organik moddalar olami, o’simliklar va hayvonot dunyosi, insoniyat, kishilarning o’zi va ularning o’zaro ijtimoiy munosabatlaridan tashkil topgan jamiyat - bularning barchasi moddiy borliq ko’rinishlaridir. Shunga ko’ra moddiy borliqni quyidagi konkret turlarga ajratish mumkin:

  1. Tabiiy borliq yoki tabiat borlig’i.

  2. Insoniy borliq yoki inson borlig’i.

  3. Ijtimoiy borliq yoki jamiyat moddiy borlig’i.

Moddiy borliqning bu turlarining har biri o’z tabiatlari jihatidan yana bir necha ko’rinishlarga bo’linadi. Ularni bunday ko’rinishlarga bo’lshning o’zi nisbiydir, chunki ularning hech biri sof holda emas, biri ikkinchisi bilan, ikkinchisi uchinchisi bilan va hakozo aralashib ketgandir.
Ma’naviy borliq inson ongi bilan bog’liq barcha ma’naviy hodisalar: fikrlar, g’oyalar, qarashlar, ijtimoiy ong shakllari, inson va jamiyatning bir butun ma’naviy-madaniy hayotidir. Shu jihatdan ma’naviy borliqning quyidagi ikki ko’rinishi farq qiladi:

  1. Individuallashgan ma’naviy borliq.

  2. Ob’ektivlashgan ma’naviy borliq.

Borliqning bu yuqorida ko’rib o’tagn turlari va shakllari, ularga xos xususiyatlarni tushunib olish uchun ularning har biri ustida alohida-alohida to’xtalib o’tmoq maqsadga muofiqdir.

  1. Tabiiy borliq va uning ko’rinshlari.

Tabiiy borliq o’zaro bog’liq, lekin bir-biridan farq qiluvchi quyidagi ikki ko’rinishlardan iboartdir:
1. Tabiatdagi narsa va hodisalarning, jism va jarayonlarning asl tabiiy borlig’i.
2. Tabiatdagi narsa va hodisalar asosida inson tomonidan yaratilgan narsalarning tabiiy borlig’i.
Tabiiy borliqning birinchi ko’rinishi insongacha, insondan va uning ongidan tashqarida, unga bog’liq bo’lmagan holda mavjud bo’lgan narsa va hodisalar, jarayon va xolatlarni o’z ichiga olgan tabiatdir. Bu ba’zi adabiyotlarda “birlamchi tabiat” deb ham ataladi. “Birlamchi” tabiat moddiy borliqning shakli sifatida insongacha mavjud bo’lgan, insondan va uning ongidan tashqarida, unga bog’liq bo’lmagan holda mavjud bo’lgan narsa va hodisalar, jarayon va xolatlarni o’z ichiga olgan tabiatdir. Bu ba’zi adabiyotlarda “birlamchi tabiat” deb ham ataladi. “Birlamchi” tabiat moddiy borliqning shakli sifatida insongacha mavjud bo’lgan, insondan va uning ongidan tashqarida, unga bog’liq bo’lmagan holda mavjud bo’lgani uchun ham, alohida reallik ko’rinishidagi borliq hisoblanadi. Tabiiy borliqning bu shakli inson faoliyatining dastlabki shakli sifatida insongacha ob’yektiv mavjud bo’lgan tabiatdagi narsalar, hodisalar va jarayonlarga xosdir.
Birlamchi tabiat borliqning alohida o’ziga xos real shakli sifatida, avvalo, u insongacha, undan tashqarida, unga bog’liq bo’lmagan holda mavjud, deb ta’riflanar ekan, bu ta’rif quyidagilardan kelib chiqadi;
Birinchidan, inson tabiat to’g’risidagi fikr yuritar ekan, uning insongacha, oldin ham real mavjud bo’lganini, inson va uning ongi tabiat taraqqiyoti va jamiyatning paydo bo’lishi bilan paydo bo’lgandan keyin ham, abadiy va azaliy bo’lishi to’g’risidagi fikrlar ko’pdan-ko’p faktlar, tajriba va ilmiy dalillar asosida, qolaversa, qachonlardir yashagan, hozir yashayotgan kishilarning shaxsiy-amaliy tajribalari, hayotiy kuzatishlari va nazariy xulosalari tomonidan isbotlanganligidir.
Ikkinchidan, ‘birlamchi tabiat” insondan tashqarida va unga bog’liq bo’lmagan holda mavjud bo’lib, inson esa uning mahsuli ekanligi, inson usiz yashay va faoliyat ko’rsata olmasligi, hatto “birlamchi” tabiatsiz biron bir narsa yarata olmasligidir. “Birlamchi” tabiat tashkil etuvchi narsa va hodisalar bo’ektiv reallik sifatida, insonga bo’gliq bo’lmagan o’z qonunlari asosida o’zgaradi, taraqqiy etadi, o’z-o’zini yaratadi. Bu “Birlamchi tabiat” makonda cheksiz, zamonda abadiydir, u hamma yerda doimo mavjud. Inson shu “birlamchi tabiat” materiallari asosida amaliy faoliyat va ongi bilan “ikkilamchi” tabiatni yaratadi.
“Ikkilamchi” tabiatning vujudga kelishi insonga, “birlamchi tabiat”ga, undagi narsa, hodisalar va jarayonlarga, ularning qonuniyatlarini insonning bilishiga bog’liqdir. “Ikkilamchi tabiat” o’z mavjudlik shaklari va reallik sharoitlariga ko’ra, uning yuzaga kelishi, yashashi jihatidan o’zining yuzaga kelishida asos bo’lgan “birlamchi tabiat”ga o’xshaydi. Lekin shu bilan birga, “ikkilamchi tabiat’ o’zining vujudga kelishi, yashashida inson mehnati va bilimi bilan bog’liqligi jihatdan “birlamchi tabiat”dan farq ham qiladi. Aniq qilib aytsak, “ikkilamchi tabiat” inson paydo bo’lganidan keyin inson tomonidan yaratiladi, shu jihatdan u inson tomonidan yaratiladi, shu jihatdan inson faoliyati va ongining mahsulidir. “Ikkilamchi tabiat” narsa va hodisalar ijtimoiy hayotda inson ehtiyojlarini qondirish zaruriyati, ijtimoiy turmushda biron bir funksiyani bajarish zaruriyati tufayli yaratiladi. Maslan, bizning asosiy yozuv qurolimiz bo’lgan ruchkani olaylik. Ruchka o’z materialiga ko’ra “birlamchi tabiat’ resurslariga oid. Uni qayta ishlab, unga o’z mehnati va ongini sarflab, inson uni “ikkilamchi tabiat”ga aylantirib, o’zining yozuv qurolini yaratgan.
Umuman, “ikkilamchi tabiat” narsa va hodisalari “birlamchi tabiat” materiallari, inson mehnati, ongi, bilimi hamda shular asosida yaratilgan narsa va hodisalarning ijtimoiy funksiyalarning ajralmas birligidan iboratdir.
“Birlamchi” va “ikkilamchi’ tabiatlar borligi haqidagi fikrlarimizni quyidagicha yakunlash mumkin: ular o’zaro aloqadorlikda bo’lib, bir tomondan, bir biri bilan umumiylikka, o’xshashlikka, birlikka ega bo’lsa, ikkinchi tomondan. bir-biriga nisbatan ma’lum farqlarga ega.
“Birlamchi tabiat” makonda cheksiz, zamonda abadiy va doimiy borliq bo’lsa. “ikkilamchi tabiat” inson mavjudligi bilan, uning faoliyati va ongi bilan, bir butun jamiyat bilan bog’liq holda mavjud bo’ladi. U fazo va vaqtda ibtidoga va intihoga ega.
“Birlamchi tabiat” inson unda yashab, uni bilib borayotgan bitmas-tuganmas cheksiz dunyo bo’lsa: “ikkilamchi tabiat” esa inson tabiat qonunlarini bilib olishi tufayli, ular asosida yaratgan narsa va hodisalar, jarayonlar dunyosidir.
“Ikkilamchi tabiat”, bir tomondan, “birlamchi tabiat” kabi, ob’ektiv, real borliq bo’lib, u inson ongidan tashqarida mavjud bo’lsa, ikkinchi tomondan, u insonga bog’liq hamdir, chunki unda kishilarning maqsadlari, g’oyalari, bilim va mehnatlari mujassamlashgan bo’ladi. “Ikkilamchi tabiat”, “birlamchi tabiat” va kishilik borlig’ini bog’lovchi, ular chegarasidagi borliq bo’lib, tabiiy borliqning o’ziga xos shakli sifatida “birlamchi tabiat” borlig’iga nisbatan ham, inson borlig’iga nisbatan ham nisbiy mustaqil borliqdir.
Borliqning o’ziga xos shakllaridan yana biri – bu inson borlig’idir.

  1. Inson borlig’i.

Inson borlig’i kishi borlig’i va butun insoniyat borlig’i ko’rinishida mavjud bo’lishi jihatdan o’ziga xosdir. Biroq bu inson borlig’ida tabiat va jamiyatdagi hamma narsalar uchun umumiy bo’lgan tomonlar, xususiyatlar ham mavjutdir. Bu jihatdan inson borlig’i o’z tabiatiga, mohiyatiga ko’ra eng murakkab borliq shaklidir, u hamma borliq shakllarining ma’lum tomonlarining dialektik birligini namoyon etadi.
Inson borlig’ida, avvalo, insonning tabiat taqqiyotining mahsuli sifatida tabiiy borliqning har ikki shakliga oid tomonlar bilan birga, ijtimoiy va ma’naviy borliqning ham barcha shaklalriga o’z tomonlarining yig’indisi mujassamlangandir.
Falsafiy nuqtai nazardan qaraganda, inson, dastavval, tabiatning eng oliy tirik mavjudotidir. Inson mavjudligining asosini inson tanasidagi hayot tashkil etadi. Insonning tanasi bunda tabiiy jism sifatida boshqa tabiiy jismlar bilan bir xil, ular ega bo’lgan barcha xususiyatlarga egadir, ya’ni u ham paydo bo’lish, o’sish, rivojlanish, ulg’ayish, bir xolatdan boshqa xolatga o’tish va shu kabi xususiyatlarga ega. Bu tanada ham, birinchi navbatda, hayot jarayoni, ya’ni oqsil tanachalarining yashash usuli-moddalar almashish jarayoni kechishi lozim.
Inson tanasi bunda tabiatdagi barcha notirik va tirik jismlarda amal qiladigan qonunlarga bo’ysunadi. Lekin bu insonning jonli tanasining o’zi hali inson borlig’ini tashkil qilmaydi. Chunki, inson borlig’i, avvalo, alohida kishining individual borlig’i va bir butun insoniyat borlig’i shakllarida mavjud bo’ladi.
Alohida kishining individual borlig’i esa dastlab tana va ruhning birligidan iborat bo’lib, u shu alohida kishining individual hayoti va faoliyati, uning moddiy va ma’naviy ehtiyojlari, yashashi, his-tuyg’u va fikrlari, maqsad va istaklari, umid va orzulari, o’z–o’zini anglashi, dunyoni bilishi, individual ongi va tafakkuri, narsalarga, kishilarga, tabiat va jamiyatga alohida munosabatlarining jamini o’zida qamrab oladi.
Bir butun insoniyatning borlig’i esa kishilik jamiyatning butun hayoti: uning o’tmishi, hozirgi va kelajagiga oid moddiy va ma’naviy turmushi, ishlab chiqarishi, ijtimoiy munosabatlari, ijtimoiy ong va hakozolaridan iboratdir.
Inson borlig’i bu jihatdan ham tabiat, ham jamiyat va ruhiyat qonunlariga bo’ysunadi.
Inson borlig’i bu jihatdan ham tabiat, ham jamiyat va ruhiyat qonunlariga bo’ysunadi.
Inson borlig’i har biri o’zicha nisbiy mustaqil bo’lgan inson mavjudligining jihatlari quyidagilar bilan xarakterlanadi:
Inson, dastavval, his qiluvchi va fikrlovchi jonli tanga ega bo’lgan alohida real tabiiy individ sifatida mavjuddir. Shu bilan birga, inson, tirik tabiatning homo sapins turiga oid, uning evolyutsioyasi tufayli kelib chiqqan alohida, o’ziga xos noyob bir mavjudot hamdir. Insonning bu noyobligini uning ruhiy dunyosi tashkil qiladi. Lekin, inson, ayni vaqtda, ijtimoiy-tarixiy taraqqiyotining mahsuli bo’lgan ijtimoiy mavjudot hamdir. Bular inson mavjudligining o’lchovi sifatida inson borlig’ining boshlang’ich xarakterli belgilaridir.
Inson borlig’i borliqning bir butun birligida qanday ahamiyatga ega va unda qanday o’rin tutadi? - degan masala faylasuflarni doimo qiziqtirib keladi. Oddiy qaraganda, inson, uning hayoti poyonsiz va cheksiz dunyoda arzimas bir narsa, qisqa, oddiy lavhaga o’xshab tuyuladi. Aslida esa bunday emas. Inson dunyoda faqat mavjud bo’lib qolmasdan, balki u o’z-o’zini anglaydi, o’zi yashayotgan dunyoni biladi, va unga ta’sir qiladi, dunyoni va o’zini o’zlashtirib, o’zgartirib boradi; ma’naviy ijodiyotlarga ishtirok etadi. Inson bunda, avvalo, o’z borlig’ini bilish uchun, o’z borlig’i uchun qayg’uradi. U bir butun borliq tizimida o’zining ziddiyatli rolini anglab olishi, o’z borlig’ini va dunyo borlig’i oldida o’z ma’suliyati, javobgarligini sezishi, xis qilishi muhimdir. Inson uchun yana ham muhimroq narsa-bu har bir kishining o’zi va butun insoniyat taqdiri uchun inson zoti va insoniyat sivilizatsiyasi oldidagi mas’ulliyatini to’g’ri anglashidir. Bunda kishining ma’naviy yuksakligi va aqli rasoligi muhim rol o’ynaydi. Chunki har bir alohida kishining hayoti, faoliyati, uning o’zi uchun ham real hayot, real faoliyatdir. Bundagi har bir kishining o’z tanasi , o’z ruhiyati, o’tmishi, hozirgi va kelajagiga nisbatan alohida reallik; alohida kishining individual ongi, his-tuyg’ulari va fikrlari ham o’z –o’ziga, boshqa kishilar, bir butun insoniyat ongiga, his-tuyg’u va fikrlariga nisbatan ham real borliqdir. Shuning uchun ham kishi ongida uning atrofidagi butun borliq bilan birga, uning o’zining individual borlig’i ham o’z-o’zini anglash sifatida aks etgan bo’ladi. Kishi ongini nafaqat tabiiy narsalar, shu bilan birga, barcah ma’naviy-g’oyaviy narsalar ham uning amaliy va nazariy faoliyatlarida o’zlashtirilib, haqiqiy o’ziga xos reallikni kasb etadi. Bu o’z tabiatiga ko’ra ma’naviy borliq, deyiladi.

    1. Ma’naviy borliq.

Ma’naviy borliq aslida inson borlig’ining bir ko’rinishi bo’lib, u individual va ijtimoiy ong jarayonlarini o’z ichiga oluvchi ma’naviylik, ma’naviy qadriaytlar va ma’naviy boyliklardan iboratdir.
Tarixda sodir bo’lgan va bo’ladigan voqea-hodisalar, inson va insonlarning kelajagi, kishilarning hayoti va taqdiri ko’p jihatdan ma’naviylik, ma’naviy boyliklar bilan bog’liqligi barchaga ayondir. Shu nuqtai nazardan ma’naviylikni borliqning o’ziga xos bir shakli sifatida alohida o’rganish maqsadga muvofiqdir.
Ma’naviylik inson va insoniyatning nodir fazilati bo’lib, u inson ruhiyati bilan chambarchas bog’liqdir. Ma’naviylik - bu ko’p qirrali ong va ongsizlik jarayonlarini o’z ichiga oluvchi insonning kundalik hayot tajribalari, uning tabiat, atrofdagi kishilar va jamiyat bilan bo’lgan munosabatlarida hosil qilgan malakalari, ko’nikmalari, uning shaxs sifatida shakllanishi davomida egallangan axloqiy, siyosiy, huquqiy, diniy, falsafiy qarashlari, shuningdek, fanlarni o’rganish asosida olgan bilimlari, badiiy, texnik va ilmiy ijodlarining yig’indisidan hisoblanadi.
Ma’naviylikni, ya’ni ma’naviy borliqni uning mavjudlik shakllaridan kelib chiqib, ikki turga bo’lib o’rganish mimkin. Ulardan birinchisi - individ ongi va ruhiyati bilan bog’liq bo’lsa, ikkinchisi - individ ongi va ruhiyatidan tashqari, ularga bog’liq bo’lmagan ob’ektivlashgan ma’naviy borliqdir.
Individlashgan ma’naviy borliqning tashuvchisi bu individ ongi va ruhiyatidir. Ular individ - alohida kishi miyasining xossalari bo’lib, inson borlig’ining ajralmas qismidir. Konkret kishining xis tuyg’ulari, ichki kechinmalari, orzu istaklari, xotirasi, taasurotlari, fikrlari, xayollari, qarashlari, g’oyalari, individ ong osti va ongsizlik jarayonlari individuallashgan ma’naviy borliqning elementidir. Individuallashgan ma’naviy borliqning o’ziga xos xususiyati shundaki, unda sodir bo’ladigan jarayonlarning mavjudligi bevosita tashqaridan turib sezish, kuzatish, bilish mumkin emas.
Ularni ilg’ash, his qilishdan birdan bir yo’li-individning ( konkret kishining ) o’z ongida, o’z ruhiyatida yuz berayotgan jarayonlar to’g’risida o’z-o’ziga hisob berishidir. Fan sohasida hali kishi miyasida sodir bo’ladigan ong faoliyati va ruhiy jarayonlarni butunlay to’laligicha bilish, qayta tiklash yoki qayd qilib qo’yishga hozircha erishganimiz yo’q. Biz shu paytgacha, odatda, ularning sub’ektiv taasuroti biz uchun qoldirgan tabiiy yoki ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan ayrim qismlari, ko’rinishlarini ajratib olib, qayd qilib kelamiz, xolos.
Individuallashgan ma’naviy borliqning o’ziga xos xususiyatlarini yana shundaki, unga xos jarayonlar individning dunyoga kelishi bilan paydo bo’ladi va olamdan o’tishi bilan birga yo’qoladi.
Individuallashgan ma’naviy borliqning xususiyatlarini asosan psixologiya fani o’rganadi. Ma’naviy borliqning bu ko’rinishi hozirgacha ong haqidagi fanlarda, xususan, falsafada nisbatan kam tadqiq qilingan, tadqiq qilingan bo’lsa ham, unga ko’proq bilvosita yondashib, kishi ongidagi jarayonlarni uning xatti-harakatlaridan kelib chiqib izohlaganlar.
Xullas, individuallashgan ma’naviy borliqning alohida borliq sifatida o’rganilar ekan, inson borlig’idan, umuman, bir butun olam borlig’idan alohida ajratib qaramaslik kerak. Chunki, bir butun olamsiz inson bo’lmaganidek, insonsiz ong ham, individsiz individuallashagn borliq ham bo’lmaydi, u individning individual ruhiy-ijtimoiy hayoti faoliyatida namayon bo’ladi.
Ma’naviy borliqning ikkinchi ko’rinishi - bu ob’ektivlashgan ma’naviy borliqdir. Bu borliqda individ ongida paydo bo’lgan g’oyalar, qarashlar, fikrlar undan tashqariga chiqib ob’ektivlashadi, reallashadi, moddiylashadi. Natijada, ular individual ongdan tashqarida yashay boshlaydi. Ob’etivlashgan ma’naviy borliqning o’ziga xos xususiyati shundaki, u sub’ekt ongidan-individual ongdan chiqib, unga bog’liq bo’lmagan holda ob’ektivlahsgandan so’ng, tabiiy va sun’iy tillar materiallarida, ijtimoiy ong va uni shakllarida, masalan, muayyan san’at asarlari va madaniyat obidalarida ifodalangan g’oyalar, qarashlar, nazariya va ta’limot shakllarida tarixiy taraqqiyot davomida rivojnalib, takomillashib boradi va asrlar osha insoniyatga xizmat qilib, saqlanib turadi. Ob’ektivlashgan ma’naviy borliqninh bir ko’rinishi bu til (nutq)dir. Til (nutq)da ong faoliyatining bir qismi reallashadi, individual ongdan tashqariga chiqib, ob’ektlashadi. Chunki, til reallashgan ongdir. Tilda ong mahsuli- fikr moddiylashadi: u tovushlar va so’zlarda, gaplar va bayon qilingan nutqda ifodalanadi. Dastlab individual ongda paydo bo’lgan g’oyalar va fikrlar endi tovush va so’zlar, jumla va gaplar, matnlarda ongdan tashqaridagi reallik sifatida mavjud bo’ladi. Shu realliklar tufayli insoniyat madaniyatni yaratadi, shu realliklar tufayli moddiy va ma’naviy madaniyat boyliklari vujudga keladi va avloddan-avlodga o’tib, ularga xizmat qilib, insonni ma’naviy jihatdan boyitib boradi.
Insoniyat yaratgan barcha moddiy va ma’naviy madaniyat yodgorliklari, kitoblar, formulalar, loyihalar, modellar, ranglar, kuylar, notalar, raqslar - hamma-hammasi individual ma’naviylikning ob’ektivlashgan, moddiylashgan ko’rinishi, ob’ektivlashgan ma’naviy borliqdir. Bu ob’ektivlashgan ma’naviy borliqning mavjud bo’lishida xotira alohida rol o’ynaydi. Hozirgi fan va texnika taraqqiyoti davrida xotirada saqlash va undan foydalanishda elektron mashinalar “xotirasi” muhim ahamiyat kasb etmoqda. Biz oldin ashula teksti va muzikalarimizni gramplastinkalarga, keyinchalik magnitafon lentalariga, hozir esa videomagnitafon lentalariga yozib qo’yib istagan paytda qo’yib ham, eshitib, ham ko’rishimiz mumkin.
Demak, ob’ektivlashgan ma’naviy borliq ham insoniyatning ma’naviy-moddiy hayotida, madaniyat, fan, san’at, adabiyotning paydo bo’lishi, sivilizatsiyaning rivojlanishida juda katta rol o’ynaydi.
g) Ijtimoiy borliq
Borliqning yana bir shakli - bu ijtimoiy borliqdir. Ijtimoiy borliq individual, yakka shaxs va jamiyat borlig’ining birligidan iborat borliqdir. Ijtimoiy borliq deyilganda, individual yakka shaxs va jamiyat hayotining hamma tomonlari emas, balki ularning faqat moddiy hayoti tushuniladi. Jamiyat moddiy hayoti esa kishilarning o’z hayotlari jarayonida ularning oralariga bog’liq bo’lmagan ishlab chiqarish munosabatlaridan, bu ishlab chiqarish munosabatlarining jamini o’z ichiga olgan jamiyatning iqtisodiy tizimi, real bazasidan iborat bo’ladi. Jamiyatni ilmiy tushunishga ko’ra, ijtimoiy borliq, ya’ni moddiy hayotni ishlab chiqarish usuli jamiyat hayotining sotsial, siyosiy va ruhiy jarayonlariga sababchi bo’ladi. Demak, ijtimoiy borliq deganda falsafada bir butun jamiyatning moddiy hayotini, moddiy ne’matlar ishlab chiqarishi hamda ishlab chiqarish jarayonlarida kishilar kirishadigan moddiy munosabatlarni tushunamiz. Ijtimoiy borliq ijtimoiy ong bilan chambarchas bog’liqdir, ular bir butun jamiyat hayotining ikki - moddiy va ma’naviy tomonlarini tashkil qiladi.
Shuni aytish kerakki, borliq muammosini falsafiy tadqiq qilish uning substansiya muammosi bilan bog’liq ekanligini ko’rsatadi.

Yüklə 122,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin