Ontologiya borliq haqidagi falsafiy ta’limot Reja: 1


Falsafada substansiya muammosi



Yüklə 122,5 Kb.
səhifə2/3
tarix24.10.2023
ölçüsü122,5 Kb.
#160859
1   2   3
BORLIQ ONTOLOGIYA 2

3. Falsafada substansiya muammosi.
Substansiya deyilganda falsafada dastlabki vaqtlarda borliq, tabiat, jamiyat, inson va bit butun dunyodagi barcha narsa hamda hodisalarning asosini tashkil etadigan moddiy yoki ruhiy birlamchi narsa tushunilgan.
Qadimgi davr materialist faylasuflar suvni, havoni, olovni, atomlarni, ya’ni moddalarning biron turini substansiya, deb tushuntirganlar. O’rta asr Sharq falsafasi namayondalari: al-Kindiy, ar-Roziy, Forobiy, Ibn Sino, Ibn Rushd o’z falsafiy qarshlarida substansiya hamma narsaning moddiy asosi, ularning mohiyati, deb qaraganlar.
Ayrim faylasuflar substansiya, deb butun mavjudlikning asosi bo’lgan mutlaq g’oyani, ruhni yoki sub’ekt ongni va shu kabilarni tushunishadi. Masalan, qadimgi yunon mutaffakkirlaridan Pifagor substansiya, deb sonlarni tushunadi. Platon esa g’oyani, g’oyalarni substansiya deb qaraydi. Nemis klassik falsafasining vakili I.Kant substansiyani “u shunday bir doimiy narsaki, faqat unga nisbatangina hamma vaqtli hodisalarni aniqlash mumkin”-deydi. I.Kant fikricha, substansiya-tajriba ma’lumotlarini sintezlashtiruvchi tafakkurning aprior shaklidir.
Hegel esa “mutloq g’oya”, “mutloq ruh”ni substansiya, deb qarab, uni narsalarning muhim, o’zgaruvchan, rivojlanuvchi tomonlarining yaxlitligidir, mazkur tomonlarda bu yaxlitlik ularning mutloq inkor etilishi, ya’ni, mutloq quvvat va shu bilan birga, har qanday mazmunning boyligi sifatida ochiladi”,- deydi. U substansiyani “mutlaq g’oyaning rivojlanish jarayonida muhim bosqich”, “har qanday haqiqiy taraqqiyotning negizi”, deb ta’riflaydi. Hegelda substansiya ayni bir vaqtda ham rivojlanuvchi g’oya - ibtido, ham sub’ekt, ya’ni o’z-o’zini tug’diruvchi asos, ham shu rivojlanishning momenti sifatida qaraladi. Faylasuflarning yagona asos to’g’risidagi qarashlari monizm ta’limotini keltirib chiqargan.
Faylasuflar orasida dunyoning asosini bir narsa emas, balki ikki narsa: ham g’oya (ruh), ham materiya tashkil qiladi, deyuvchilar ham bo’lgan. Masalan, yangi zamon falsafasida fransuz faylasufi Rene Dekart substansiya muammosini qarab chiqar ekan, u dunyoning asosida ham materiya, ham g’oya yotadi, deydi. Bunday qarash dualizm, deb ataladi. Dualizm ta’limotininng tarafdorlari dunyoning asosida bir-biriga bog’liq bo’lmagan ham materiya, ham g’oya yotadi, ular o’rtasida hech bir umumiylik yo’q, deyishadi.
Substansiya muammosini hal qilishda monistik va dualistik qarashlardan farqli o’laroq plyuralistik qarashlar ham mavjud.
Plyuralizm ta’limoti nuqtai nazaricha, dunyoning asosini yakka bir narsa emas, balki ko’p narsalar tashkil qiladi. Dunyodagi butun mavjudotlar yagona bir ibtidoga ega bo’lmagan ko’pdan-ko’p, har xil asoslardan tashkil topgandir.
Ilmiy falsafiy ta’limotlar va hozirgi zamon fanlari erishgan yutuqlari ma’lumotlariga ko’ra, moddiy borliq doimiy harakatda bo’lgan materiyaning turli shakldagi ko’rinishidir.

Yüklə 122,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin