Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmu
3-MAVZU. FALSAFIY TAFAKKUR TARAQQIYOTI BOSQICHLARI: G‘ARB FALSAFASI 47
Yangi zamon falsafasining yana bir oqimi pragmatizm AQSHda keng tarqalgan. Umuman
olganda, «pragmatizm» foydali faoliyatga undovchi, «foydaga» qanday qilib yerishish yo‘llari va
usullari haqida mulohaza yurituvchi ta’limotdir. Bunda «foyda» tushunchasi «tajriba», «haqiqat»
tushunchalari bilan aynanlashtiriladi.
Pragmatizm ta’limotining yirik namoyandalari CH. Pirs, U. Djems, J. Dyui va
boshqalardir. Ularning ta’limotida olamning o‘zgaruvchanligi o‘z ifodasini topgan. Ular tajribani
turli tasodif va kutilmagan vaziyatlarni o‘zida mujassamlashtirgan, ongimizdan tezkor qarorlarni
qabul qilishni talab etuvchi hodisalar majmui sifatida ta’riflaydilar.
Insonning xatosiz faoliyat ko‘rsatishi uchun uning xatti-harakatlarini boshqarib turuvchi
vosita — intellektdir. J. Dyui fikricha, intellekt insonni o‘rab turgan olamdan nusxa oladi, hamda
unga muhitga moslashishga yordam byeradi. Pragmatizm falsafasining maqsadi insonga olamda
o‘z o‘rnini topishga yordam byerishdan iborat. Dyui tajriba natijasining «foydali» tomoniga
e’tiborini qaratadi. Djems fikricha, haqiqat foydali bo‘lgan narsa yoki hodisadir.
Pragmatizm AQSH ijtimoiy-madaniy hayotining qadriyatlarini ifoda etib, u yerdagi
ishbilarmonlar, menedjyerlar, siyosatchilar va davlat arboblari o‘rtasida keng tarqalgan.
Amyerikaliklar bu ta’limotning nazariyotchilarini halqning dunyoqarashi o‘zgarishida, hozirgi
amyerikacha hayot tamoyillarini keng ommaga singdirishda katta xizmat qilgan faylasuflar
sifatida qadrlaydilar. Masalan, J. Dyuini «Amyerikaning Arastusi» deya hurmat bilan tilga
oladilar.
Jamiyat taraqqiyotiga oid g‘oyalar tahlili falsafada antik davrlardan, Suqrot va Aflotun
zamonlaridan boshlab shakllana boshlagan. Bu g‘oyalarning rivojida XVII-XVIII asrlarda
yashagan italiyalik faylasuf Dj. Viko, XVIII asrda yashagan I.G. Gyerdyer va ayniqsa, nemis
falsafasining yirik namoyondasi Xegel katta hissa qo‘shganlar. Jamiyat taraqqiyoti to‘g‘risidagi
ta’limotlar orasida tadrijiy taraqqiyot va inqilobiy sakrashlar yo‘lidan borishni ilgari suradigan
ta’limotlar talaygina. Ko‘pchilik tadrijiy yo‘lni ma’qul ko‘radi va biz yuqorida tilga olgan
faylasuflarning aksariyati ana shunday qarash tarafdori.
Keyinchalik sobiq ittifoqda hukmron mafkuraga aylangan bu ta’limot dastlab K. Marks va
F. Engels yozgan «Kommunistik partiya manifesti»da bayon qilingan. Uning nazariy asoslari
K. Marksning «Kapital», F. Engelsning «Anti-Dyuring» va «Tabiat dialektikasi» asarlarida
ta’riflab byerilgan bo‘lib, ijtimoiy hayotda salbiy oqibatlarga olib keldi. U borliq tushunchasini
matyeriya bilan aynanlashtirgan, ruhni butunlay inkor qilgan, matyerializm va ateizmni
mutlaqlashtirgan.
Adabiyotlar 1.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. – T.:“O’zbekiston”, 2014. 24 b
2.
“O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi
to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-
sonli Farmoni.
3.
Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz.
– Toshkent: “O’zbekiston” NMIU, 2017. – 488 b.
4.
Mirziyoyev Sh.M. Yerkin va farovon, demokratik O’zbekiston davlatini birgalikda
barpo etamiz. – Toshkent: “O’zbekiston” NMIU, 2017. – 56 b.
5.
Karimov I.A. Asarlar to‘plami. 1-24 jildlar.- T.: O’zbekiston 1996-2016.
6.
Karimov I. A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. 2 nashr –T.:Ma’naviyat, 2016
176-b.