4-MAVZU. BORLIQ – FALSAFANING FUNDAMENTAL KATEGORIYASI
50
bo‘lgan, universal va o‘zgarmas sifatida amal qiladigan va shu sababli har qanday mulohazaning
tayanch nuqtasi bo‘lib xizmat qilishi mumkin bo‘lgan nimagadir tayanishi lozim. Fikr qaratilgan
narsa mavjudligi (yoki mavjud emasligi)ning ayni shu dalili har qanday tilning ilk jumlalaridayoq
tom ma’noda universal fe’l (yoki uning modifikatsiyalari) bilan aks ettiriladi: o‘zbek tilida –
«bo‘lmoq», «bor», ingliz tilida – «is», nemis tilida – «ist»va hokazo.
Shunday qilib, «borliq» va «yo‘qlik» kategoriyalarining o‘ziga xosligi, betakrorligi va universal
ahamiyati shundan iboratki, ularning falsafiy ma’nosi tavsiflanadigan turli tillarda ular fe’ldan,
aniqroq aytgan da, «bo‘lmoq» fe’lidan (yoki uning inkoridan) hosil bo‘lgan tushunchalar hisob lanadi
va narsaning o‘zini emas, balki uning mavjudligi yoki yo‘qligini ko‘r satadi. Masalan, stol bor,
yomg‘ir yo‘q, oqlik bor, aks yo‘q, miya bor, g‘oyalar yo‘q va hokazo.Borliq tabiiy tillarda otlar,
ravishlar yoki ravishdoshlar bilan ifodalanadigan, ya’ni bilishda uning ob’ekti yoki sub’ekti sifatida
amal qiladigan tushunchalar bilan tenglashtirilishi mumkin emas. Ayni zamonda bu ob’ektlaryoki
sub’ektlarning birortasi ham uning borligi yoki yo‘qligini qayd etmasdan fikrlanishi mumkin emas.
Dostları ilə paylaş: