Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Muhokama uchun savollar


Olamning paydo bo‘lishi va evolyusiyasi



Yüklə 15,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə168/452
tarix28.11.2023
ölçüsü15,64 Mb.
#167693
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   452
Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmu

Olamning paydo bo‘lishi va evolyusiyasi. 
Notirik tabiat o‘z shakllari va holatlarining son-
sanoqsizligi va rang-barangligi bilan aqlni lol qoldiradi. U turli jismlar, predmetlar, zarralar, gazlar, 


4-MAVZU. BORLIQ – FALSAFANING FUNDAMENTAL KATEGORIYASI 
57 
maydonlar, xossalar, hodisalar ko‘rinishida amal qilar ekan, muttasil harakat va o‘zgarishlar 
jarayonini boshdan kechiradi. Dunyoning paydo bo‘lishi va evolyusiyasi haqidagi hozirgi ilmiy 
tasavvurlar so‘nggi 400 yil ichida vujudga keldi, galaktikalar va ularning to‘dalari, makro va 
mikrodunyoning hayratomuz rang-barangligi haqida odamlar XX asrdagina xabar topdilar. Olamning 
cheksiz bo‘shlig‘i qarshisida bizning dunyo haqidagi tasavvurlarimiz hozir ham dengizdan bir tomchi 
bo‘lib tuyuladi. Lekin, shunga qaramay, bugungi kunda biz bilgan va tushungan narsalar butun Olam 
va uning ayrim qismlari evolyusiyasi va muttasil o‘zgaruvchanligi haqida ancha asosli xulosa 
chiqarish imkonini beradi. Boshqacha aytganda, dunyo u yoki bu bosqichda ma’lum narsalar vujudga 
kelib, o‘z borlig‘ini kasb etadigan va qachondir yo‘q bo‘ladigan, ya’ni o‘zining avvalgi borlig‘ini 
yo‘qotib, modda va energiyaning saqlanish qonuniga binoan boshqa narsaga aylanadigan muttasil 
davom etuvchi jarayondir. Notirik tabiatning hozirda mavjud bo‘lgan butun rang-barangligi o‘z 
asosiga ega, ya’ni u qachondir vujudga kelgan. Bu fikrni kengayib borayotgan Olam haqidagi hozirgi 
ilmiy tasavvurlar ham tasdiqlaydi. Biroq, olimlar fikriga ko‘ra, biz yashayotgan Olam tarixi 
boshlanishiga asos bo‘lgan «Katta portlash» nazariyasi dunyoning mohiyati va uning tuzilishi 
xususida yangi va yangi masalalarni kun tartibiga qo‘ymoqda. Tabiiy fanlarning ma’lumotlari 
taxminan 15 milliard yil muqaddam 
ayrim osmon jismlari mavjud bo‘lmagani, bizning
Olam deyarli 
bir jinsli kengayib borayotgan plazmadan tashkil topganidan
dalolat beradi
. Endilikda bir-biridan 
uzoqlashayotgan galaktikalar tarkibiga kiruvchi yulduzlar, sayyoralar, asteroidlar va boshqa ko‘plab 
kosmik jismlar mavjud bo‘lib, bu galaktikalarning to‘dalarida vaqti-vaqti bilan fanga ma’lum 
bo‘lmagan sabablarga ko‘ra ulkan tadrijiy va inqilobiy o‘zgarishlar yuz beradi. 
Yer tarixi. 
Ilmiy tasavvurlarga ko‘ra, biz yashayotgan sayyora taxminan 4,5 milliard yil muqaddam 
Quyosh tizimida sochilib yotgan gazsimon-changsimon moddadan paydo bo‘lgan, muayyan moddiy 
jism sifatida o‘z borlig‘ini kasb etgan,oradan yana bir milliard yilcha vaqt o‘tgach, Erning geologik 
tarixi boshlangan. Hozirgi zamon fani aniqlagan eng qadimgi tog‘ jinslarining yoshi shundan dalolat 
beradi. Shunday qilib, Yer jonsiz tabiatining moddiy dunyosi o‘zining aniq geologik yil hisobiga ega 
va uning borlig‘i sayyoramizning umumiy evolyusion jarayonlari bilan bog‘liq. Erning tabiiy kosmik 
jism sifatidagi evolyusiyasini esa nafaqat tog‘ jinslari yoki qit’alar tarixi, balki minerallar, foydali 
qazilmalar, keyinroq esa, oliy shakllar darajasigacha rivojlangan jonli mavjudodlarning paydo 
bo‘lishi ham tasdiqlaydi. 

Yüklə 15,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   452




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin