Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Muhokama uchun savollar


Falsafada materiya tushunchasining vujudga kelishi



Yüklə 15,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə171/452
tarix28.11.2023
ölçüsü15,64 Mb.
#167693
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   452
Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmu

Falsafada materiya tushunchasining vujudga kelishi. 
«
Materiya» atamasi lotincha «materia» so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, «modda» degan ma’noni 
anglatadi
. SHunga qaramay, falsafa tarixida «materiya» tushunchasining mazmuni, tabiatshunoslik 
va falsafaning rivojlanishiga muvofiq
 
necha marta o‘zgargan.Qadimgi yunon falsafasida 
materiyaning etimologik talqinidan keng foydalanilgan. «Materiya» tushunchasini asosiy falsafiy 
kategoriya sifatida ilk bor
 
Platon ishlatgan. U hyle atamasini muomalaga kiritgan va u bilan kattaligi 
va
 
shakl-shamoyili har xil jismlar paydo bo‘lishiga asos bo‘lib xizmat qiladigan
 
sifatlardan mahrum 
substrat (material)ni ifodalagan. Platon talqinida materiya shaklsiz va nomuayyan bo‘lib, har qanday 
geometrik shakl ko‘rinishini kasb
 
etishi mumkin bo‘lgan makon bilan tenglashtiriladi.

Falsafa tarixida harakat haqidagi tasavvurlar
. Harakatni dialektik tushunish kurtaklariga Geraklit 
asarlaridayoq duch kelamiz. U olovni barcha o‘zgarishlar substansiyasi sifatida tavsiflab, birinchi 
moddiy asos doimo o‘zi bilan birga, ayni vaqtda, doimiy o‘zgarish holatida bo‘lishi haqidagi fikrni 
sodda obrazli shaklda ifodalagan. Geraklit harakatni miqdor jihatidan joydan-joyga ko‘chish sifatida 
emas, balki uzlukli va uzluksiz, barqaror va o‘zgaruvchan narsa va jarayonlarning o‘zaro nisbati 
nuqtai nazaridan tushuntirishga harakat qilgan. Antik davrdayoq Geraklit, undan keyin Epikur har 
qanday harakat manbaini ichki jarayonlarning qarama-qarshiligidan topgan. Ayni shu antik davrda 
tushunchalar mantig‘ida harakat jarayonini mantiqiy dalillar yordamida tushunib etish bilan bog‘liq 
qiyinchiliklar qadimgi faylasuf Zenonni mashhur aporiyalarni ta’riflashiga turtki berdi. 
Aporiya – 
muhokamalardagi ziddiyat tufayli hal etib bo‘lmaydigan yoki hal etilishi mushkul
bo‘lgan holat, 
mantiqiy qiyinchilik, muammo. 
Zenonning «Axilles va toshbaqa», «Uchayotgan kamon o‘qi» kabi 
aporiyalari, hissiy tasavvurlarga zid o‘laroq, harakat materiyaning atributi ekanligiga shubhalanishga 
majbur qilgan. «Axilles va toshbaqa» aporiyasi mazmuniga ko‘ra, chopqir Axilles hayvonot 
olamining eng uquvsiz yuguruvchisi toshbaqani quvib boradi, deb faraz qilinadi. Bundan Zenon 
Axilles hech qachon toshbaqaga eta olmaydi, degan mantiqiy xulosa chiqaradi. Zenon bu aporiyasida 
quyidagicha fikr yuritadi: «Biror odam A nuqtadan V nuqtaga borishi lozim bo‘lsin. U V nuqtaga eta 
oladimi?» Zenon bu savolga yo‘q, deb javob qiladi. Chunki A nuqtadan V nuqtaga qarab yo‘l olgan 
odam, avvalo, shu masofaning teng yarmidan o‘tishi zarur. Bu masofaning teng yarmiga etishiuchun 
esa, shu yarim masofaning yana yarmini o‘tishi zarur. Yarim masofaning yarmiga etishi uchun esa, 
qolgan masofaning yarmidan o‘tishiga to‘g‘ri keladi. Xullas, oraliq masofa cheksiz miqdordagi yarim 
bo‘laklarga bo‘linib ketadi. Cheksiz yarim bo‘laklarni bosib o‘tish uchun esa cheksiz vaqt lozim. 



Yüklə 15,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   452




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin