Materiya harakatining uch shakli: asosiy, xususiy va kompleks shakllari mavjud degan
boshqacha yondashuv ham bo‘lib, u dunyoni butun rang-barangligini
ifodalaydi.
Asosiy shakllarga fizik, kimyoviy, biologik va ijtimoiy shakllar kiradi . Ular materiya harakatining eng keng shakllaridir.
Ayrim mualliflar materiya harakatining yagona fizik shakli mavjudligiga shubha bildiradilar. Ammo
bu fikrga qo‘shilib bo‘lmaydi. Barcha fizik ob’ektlar ikki eng umumiy fizik xossa – massa va
energiyaga ega. Fizik narsalar dunyosiga keng qamrovli umumiy energiya ning saqlanish qonuni
xosdir.
Materiya harakatining xususiy shakllari asosiy shakllar tarkibiga kiradi. Masalan, fizik
materiya bo‘shliq, maydonlar, elementar zarralar, yadrolar, atomlar, molekulalar, makrojismlar,
yulduzlar, galaktikalar, metagalaktikani o‘z ichiga oladi.
Materiya harakatining kompleks shakllariga (astronomik metagalaktika – galaktika – yulduzlar –
sayyoralar), geologik (planetar jism sharoitidagi materiya harakatining fizik va kimyoviy shakllaridan
iborat), geografik (litosfera, gidrosfera va atmosfera doirasidagi materiya harakatining fizik,
kimyoviy, biologik 1470 TD.va ijtimoiy shakllarini o‘z ichiga oladi) shakllar kiradi. Materiya
harakati kompleks shakllarining muhim xususiyatlaridan biri shundan iboratki, ularda pirovard
natijada materiyaning quyi shakli –fizik materiya etakchilik qiladi; geologik jarayonlar fizik kuchlar,
chunonchi,gravitatsiya, bosim, issiqlik bilan tavsiflanadi, geografik qonunlar fizik va kimyoviy
shartlar hamda Er yuqori qatlamlarining o‘zaro nisbatlari bilan belgilanadi.
Makon va vaqt falsafa tarixida . Bizni qurshagan dunyo mazmuni, borliqning umumiy xossasi
bo‘lgan borliq haqida so‘z yuritar ekanmiz, makon va vaqt tushunchalarini chetlab o‘tishimiz
mumkin emas. Zero, har qanday jism, narsa, hodisa doim borliqning boshqa predmetlari va hodisalari
bilan yonma-yon keladi, ko‘lamlilik xususiyatiga ega bo‘ladi. SHuningdek, ular o‘z ichki va tashqi
holatlarini bir-biriga nisbatan o‘zgartiradi va bu turli hollarda har xil tezlik, marom, sur’at va
davomlilik bilan yuz beradi. Alohida holda, ayrim yagona deb qaraladigan bu ko‘rsatkichlar majmui
bizga vaqt haqida tasavvur beradi. Makon va vaqt o‘z rang-barangligida cheksiz borliqning shakllari
sifatida amal qiladi.Makon va vaqt mohiyati haqida odamlar o‘z rivojlanishining dastlabki
bosqichlaridayoq fikr yuritganlar va o‘tmishning aksariyat mutafakkirlari ularning tabiatini
aniqlashga harakat qilganlar. Bu, avvalo, inson amaliyoti va bilishining rivojlanishi bilan bog‘liq
bo‘lgan. Zero, ular kengayib va takomillashib, mazkur kategoriyalarni yanada aniqroq va teranroq
tushunishni talab qilgan. Xususan, antik davrdayoq falsafadan ko‘lamli shakl lar va ularni o‘lchash
usullari haqidagi fan sifatida ajralib chiqqan geometriya dastlabki aniq fanlardan biriga aylandi.
Vaqtga astronomik kuzatishlar hamda koinotning boqiyligi va inson hayotining tezoqarligi haqidagi
mulohazalar nuqtai nazaridan ham alohida e’tibor qaratilgan. Keyinchalik «makon» va «vaqt»
kategoriyalariga qiziqish hech qachon susaymagan. Ular bilan bog‘liq ko‘p sonli masalalar yuzaga
kelgan. Ularning eng muhimlaridan biri quyidagicha yangraydi: makon va vaqt mustaqil
mohiyatlarmi yoki ular faqat nimagadir bog‘liq holda keladimi? SHu munosabat bilan falsafa tarixida