4-MAVZU. BORLIQ – FALSAFANING FUNDAMENTAL KATEGORIYASI 61
shakllangan ikki muhim va bir-biridan butunlay farq qiladigan yo‘nalish – substansional va relyasion
yo‘nalishlarni farqlash mumkin.
Substansional yo‘nalishda makon va vaqt materiya va ongga bog‘liq bo‘lmagan mustaqil mohiyatlar sifatida amal qiladi. Substansional konsepsiya asoschilari Demokrit (makon muammosi bo‘yicha) va
Platon (vaqtga nisbatan yondashuvlarda) Demokrit atomlar harakatlanuvchi bo‘shliq amalda
mavjudligi haqidagi yondashuvni ilgari surgan. Uning fikricha, bo‘shliqsiz atomlar
harakatlanish
imkoniyatidan mahrumdir. Demokrit va Epikur makonni atomlardan iborat joy, deb tasavvur qilgan
va uni bo‘shliq bilan tenglashtirgan. Makon mutlaq, bir jinsli va harakatsiz bo‘ladi, vaqt esa bir tekis
oqadi, deb
hisoblangan.
Makon ob’ektiv, bir xil va cheksiz. U atomlar joylashadigan joy. Vaqt (zamon)ni abadiyat bilan tenglashtirish mumkin, u o‘tmishdan kelajak sari bir maromda kechuvchi sof davomlilikdan iborat. Vaqt – voqealar yuz beruvchi joy. Makonning uch o‘lchovligi . Makonning uch o‘lchovliligi hanuzgacha ilmiy-nazariy jihatdan aniq
isbotlanmagan. Makon va vaqtning cheksizligi hamda tuganmasligi, makonning uch o‘lchovliligi,
vaqtning bir yo‘nalishligi, orqaga qaytmasligi makon va vaqtning asosiy xossalari sifatida qaralishi
lozim.Biz makroskopik tajribada ko‘radigan ob’ektlar uch o‘lchovli ko‘lamlilikka –
uch o‘lchovdagi o‘lchamlilikka ega.
Xulosalar. Hozirgi zamon olimlari materiya harakatining texnik, kibernetik va informatsion
shakllari to‘g‘risida so‘z yuritmoqdalar. Bu masalalar ko‘p jihatdan bahs lidir. Ammo shu narsa
shubhasizki, ob’ektiv borliqni yanada chuqurroq o‘rganish na faqat mavjud tasniflarning
mufassallashuvi va takomillashuviga, balki materiya harakatining yangi shakllari to‘g‘risidagi
g‘oyalar va nazariyalar paydo bo‘lishiga ham olib keladi. Zero, har bir shakl butun olam universal
rivojlanish jarayonining imkoniyatlaridan birini ro‘yobga chiqarishga xizmat qiladi.
Adabiyotlar 1.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. – T.:“O’zbekiston”, 2014. 24 b
2.
“O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi
to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli
Farmoni.
3.
Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. –
Toshkent: “O’zbekiston” NMIU, 2017. – 488 b.
4.
Mirziyoyev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik O’zbekiston davlatini birgalikda barpo
etamiz. – Toshkent: “O’zbekiston” NMIU, 2017. – 56 b.
5.
Karimov I.A. Asarlar to‘plami. 1-24 jildlar.- T.: O’zbekiston 1996-2016.
6.
Karimov I. A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. 2 nashr –T.:Ma’naviyat, 2016 176-b.
7.
Falsafa. Axmedova M. Tahriri ostida. – T.: O’FMJ, 2006. 339 b.
8.
Shermuxamedova N.A. Falsafa. – T.: Noshir, 2012. 1214 b.
9.
Falsafa asoslari. Q.Nazarov tahriri ostida. –T.: «SHarq», 2005 y.