7-MAVZU: TARIXIY JARAYONDA JAMIYATNING MADANIY VA MA’NAVIY QADRIYATLARI. JAMIYAT VA TARIX FALSAFASI 101
7-MAVZU: TARIXIY JARAYONDA JAMIYATNING MADANIY VA MA’NAVIY QADRIYATLARI. JAMIYAT VA TARIX FALSAFASI REJA: 1.
Jamiyat rivojlanuvchi tizim sifatida.
2.
Sivilizatsiya tushunchasining tahlili va turli yondashuvlar tasnifi.
3.
“Madaniyat” tushunchasi, uning mohiyati, strukturasi va funksiyalari Sharq va G‘arb
madaniyatlarining o‘zaro bir-biriga ta’siri.
4.
Qadriyat tushunchasining tavsifi va mohiyati.
Tayanch tushunchalar: Jamiyat, fuqarolik jamiyati, ijtimoiy falsafa, madaniy-tarixiy tiplar,
ijtimoiy-madaniy tizimlar, ijtimoiy makon, sivilizatsiya, madaniyat, qadriyat tushunchasi,
madaniy-tarixiy relyativizm, qadriyatlarning sotsiologik konsepsiyasi, qadriyat kategoriyasining
mazmuni, qadriyatning funksional ahamiyati, qadriyatning shaxsga doir mazmuni, baholash,
ehtiyojlar va qadriyatlar, moddiy qadriyatlar, ijtimoiy-siyosiy qadriyatlar, ma’naviy qadriyatlar.
Jamiyat tushunchasi . Jamiyat fanga ma’lum tizimlar orasida eng murakkabi bo‘lib, uni
o‘rganish jiddiy qiyinchiliklar tug‘diradi. Jamiyat hayoti juda faol bo‘lib, har bir xalq o‘zining
alohida, betakror tarixiga ega. Jamiyat hayotining barcha jarayonlari bir-biri bilan shu darajada
uzviy bog‘liqki, ba’zan turli vaziyatlarda belgilovchi va belgilanuvchi jarayonlar o‘rin
almashadi. Tarixiy jarayonda tasodiflar va sub’ektiv omil ayniqsa, muhim rol o‘ynaydi.
Muayyan fanlardan farqli o‘laroq, falsafaning vazifasi tarixiy jarayonning umumiy jihatlarini
o‘rganishdan iborat. Falsafa, muayyan hodisalarning sabablari nimada, degan savolga javob
topish vazifasini o‘z oldiga qo‘ymasa-da, tarix fanining metodologik asoslarini yaratadi, mazkur
sabablarni aniqlashga nisbatan qanday yondashish kerak, degan savolga javob beradi. U
dunyoqarashga doir o‘z mo‘ljallariga tayanadi, ijtimoiy va gumanitar fanlarning kategoriyalar
apparatini ishlab chiqishda ishtirok etadi. O‘z kategoriyalarining ijtimoiy mazmunini yoritar
ekan, falsafa shunga asoslanib, muayyan-tarixiy jarayonlarni tahlil qilishni amalga oshiradi.
Tarix falsafasining muammolaridan biri bu tarixiy jarayonning birligi muammosi va tarixni
davriylashtirish tamoyillarini belgilashdir. Falsafaning vazifasi jamiyat hayotining asosiy
negizlarini, uning tizim tashkil etadigan omillarini aniqlashdan iborat. Tarix falsafasida
dunyoqarashga doir mo‘ljallarining rang-barangligi bilan ajralib turadigan ko‘plab oqimlar va
yo‘nalishlar mavjud bo‘lgan. Shu sababli har bir faylasuf, odatda, o‘z mo‘ljallariga amal qiladi,
nafaqat dunyoni, balki jamiyatni ham o‘ziga xos tarzda tushuntiradi.