Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Muhokama uchun savollar



Yüklə 15,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə237/452
tarix28.11.2023
ölçüsü15,64 Mb.
#167693
1   ...   233   234   235   236   237   238   239   240   ...   452
Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmu

Eklektika. 
Eklektika hech qanday bilim faoliyati bilan bog‘lanmagan, bir-biriga zid dalillarga 
asoslanadi va olamni buzib yolg‘on aks ettiradi
. U bilim
 
tizimi rivojidagi yo‘nalish, u hech 
qanday yagona nazariy asosga ega emas va ba’zida ob’ektni o‘rganishning ziddiyatli jihatlarini 
xarakterlovchi bilim elementlaridir.Metodologik usul sifatida eklektika birinchi marta qadimgi 
yunon falsafasida paydo bo‘ldi va iqtiboslarga asoslangan o‘rta acp sxolastik bahslarida,yangi 
davr XV–VIII asrlar falsafiy bahslarida keng foydalanildi. U hozirgi
 
davrda ham reklama va 
tashviqotda, ommaviy kommunikatsiya tizimida qo‘llanilib,inson psixikasidagi an’analar, 
ko‘nikmalar, intilishlarni bo‘rttiradi. Bunday
 
usulning bema’niligini Suqrot va Aristoteldan 
boshlab, hozirgi davr mutafakkirlarigacha tanqid qiladilar. Ammo bu undan foydalanilmaslikni 
anglatmaydi. Eklektika olam, narsa va hodisalarning bir butunligini, umumiy asoslarini 
parchalab tashlash uslubiga tayanadi. 
Sinergetika. 
Hozirgi zamon fanida sinergetika metodi keng qo‘llanilmokda.Sinergetika so‘zi 
yunoncha («sinergena») bo‘lib, kelishuv, hamkorlik, o‘zaro ta’sir kabi ma’nolarni anglatadi. 
German Xakenning fikricha, sinergetika ko‘p qismlardan iborat bo‘lgan, o‘zaro murakkab 
aloqadorlikdagi komponentlar tizimini o‘rganadi. Xaken fikricha, 
sinergetika hamkorliqdagi 
harakat bo‘lib, butunning tizim sifatida aks etuvchi qismlarining kelishilgan faoliyati
ma’nosida 
talqin qilinadi
. Xullas, sinergetika – olamning o‘z-o‘zini tashkil etishi, makon va vaqtda narsa va 
voqealarning azaliy ketma-ketligi, o‘zaro aloqadorligi, ularning muayyan tizimlardan iborat 
sababiy bog‘lanishlar asosida mavjudligini e’tirof etishga asoslangan ilmiy qarashlar majmuidir. 
Bu ta’limotni dialektika asosida shakllangan va uni to‘ldiradigan ilmiy qarashlar majmuasi, 
deydiganlar ham bor. Ularga qarshi o‘laroq, dialektika endi kerak emas, uni sinergetika bilan 
almashtirish lozim, deb hisoblovchilar ham yo‘q emas. 
Sinergetikada bifurkatsiya, fluktuatsiya, 
tartibsizlik, dissipatsiya, g‘alatiat traktorlar, chiziqsizlik singari tushunchalar mashhur
. Ulardan 
tizimlar barcha turlarining, jumladan, old organizmik, organizmik, ijtimoiy, etnik, ma’naviy va 
boshqa tizimlarning xulq-atvorini tushuntirish uchun foydalaniladi. 

Yüklə 15,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   233   234   235   236   237   238   239   240   ...   452




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin