Eklektika. Eklektika hech qanday bilim faoliyati bilan bog‘lanmagan, bir-biriga zid dalillarga asoslanadi va olamni buzib yolg‘on aks ettiradi . U bilim
tizimi rivojidagi yo‘nalish, u hech
qanday yagona nazariy asosga ega emas va ba’zida ob’ektni o‘rganishning ziddiyatli jihatlarini
xarakterlovchi bilim elementlaridir.Metodologik usul sifatida eklektika birinchi marta qadimgi
yunon falsafasida paydo bo‘ldi va iqtiboslarga asoslangan o‘rta acp sxolastik bahslarida,yangi
davr XV–VIII asrlar falsafiy bahslarida keng foydalanildi. U hozirgi
davrda ham reklama va
tashviqotda, ommaviy kommunikatsiya tizimida qo‘llanilib,inson psixikasidagi an’analar,
ko‘nikmalar, intilishlarni bo‘rttiradi. Bunday
usulning bema’niligini Suqrot va Aristoteldan
boshlab, hozirgi davr mutafakkirlarigacha tanqid qiladilar. Ammo bu undan foydalanilmaslikni
anglatmaydi. Eklektika olam, narsa va hodisalarning bir butunligini, umumiy asoslarini
parchalab tashlash uslubiga tayanadi.
Sinergetika. Hozirgi zamon fanida sinergetika metodi keng qo‘llanilmokda.Sinergetika so‘zi
yunoncha («sinergena») bo‘lib, kelishuv, hamkorlik, o‘zaro ta’sir kabi ma’nolarni anglatadi.
German Xakenning fikricha, sinergetika ko‘p qismlardan iborat bo‘lgan, o‘zaro murakkab
aloqadorlikdagi komponentlar tizimini o‘rganadi. Xaken fikricha,
sinergetika hamkorliqdagi harakat bo‘lib, butunning tizim sifatida aks etuvchi qismlarining kelishilgan faoliyati ma’nosida talqin qilinadi . Xullas, sinergetika – olamning o‘z-o‘zini tashkil etishi, makon va vaqtda narsa va
voqealarning azaliy ketma-ketligi, o‘zaro aloqadorligi, ularning muayyan tizimlardan iborat
sababiy bog‘lanishlar asosida mavjudligini e’tirof etishga asoslangan ilmiy qarashlar majmuidir.
Bu ta’limotni dialektika asosida shakllangan va uni to‘ldiradigan ilmiy qarashlar majmuasi,
deydiganlar ham bor. Ularga qarshi o‘laroq, dialektika endi kerak emas, uni sinergetika bilan
almashtirish lozim, deb hisoblovchilar ham yo‘q emas.
Sinergetikada bifurkatsiya, fluktuatsiya, tartibsizlik, dissipatsiya, g‘alatiat traktorlar, chiziqsizlik singari tushunchalar mashhur . Ulardan
tizimlar barcha turlarining, jumladan, old organizmik, organizmik, ijtimoiy, etnik, ma’naviy va
boshqa tizimlarning xulq-atvorini tushuntirish uchun foydalaniladi.