Madaniy faoliyat. Madaniyat – inson dunyosi, faqat unga xos faoliyat usuli bo‘lib, uni amalga oshirish jarayonida odamzod o‘zi yaratayotgan narsalarga ruh baxsh etadi, tabiatni, o‘zi yashaydigan muhitni insoniylashtiradi .
Madaniy faoliyat ongli va qadriyatlarga qaratilgandir.
Unda me’yorlarga rioya
qilish va ularda nisbatan mustaqillik, maqsadga muvofiqlik va
noutilitarlik
o‘zining uyg‘un ifodasini topadi. Madaniy faoliyat umuminsoniy ideallar va
qadriyatlarni etnik yoki mintaqaviy shaklda aks ettiradi. Madaniyat jabhasida
inson faoliyati
uning ehtiyojlari bilan belgilanadi, lekin faqat ularga bog‘liq
bo‘lmaydi. Unda maqsadga erishish
uchun zarur bo‘lgan elementlar ham, ortiqcha
unsurlar ham mavjud. Ortiqchalik tushunchasi,
madaniyat hodisalarida, ularning
ma’naviy mazmunini amalda gavdalantirish uchun talab
etiladigan vositalarning zarur darajasidan ortiqroq elementlar mavjudligini anglatadi.
Madaniyatda utilitar maqsadga muvofiqlik mezoni bilan o‘lchash mumkin bo‘lmagan
muhim
qadriyatlar yaratiladi. Garchi madaniyat biologik, fizik, ijtimoiy, texnik-iqtisodiy va boshqa
shunga o‘xshash omillarga ta’sirchan bo‘lsa-da, ular madaniyatda o‘zining variativ – ko‘p
ma’noli ifodasini topadi. Bu madaniyatda erkinlik hamda butunlay yangi predmetlilikni yaratish
imkoniyatlari mavjudligidan dalolat beradi.
Madaniyat funksiyalari. Ijtimoiy hodisa sifatida madaniyat ko‘p sonli funksiyalarni bajaradi.
U insonning bilish faoliyatini o‘z ichiga oladi, ijtimoiy tajribani avlodlarga qoldirish va boshqa xalqlar madaniyatini o‘zlashtirish vositasi sifatida informativ funksiyani bajaradi .
Madaniyatning rivojlanishi u boshqa madaniyatlar bilan aloqa qilishini taqozo etadi.
Madaniyat normativ funksiyani ham bajaradi: u muayyan sivilizatsiyada shakllangan me’yorlarni amalga joriy etadi, shuningdek, o‘z me’yorlari va qadriyatlarini yaratib, ularni inson hayoti va faoliyatining barcha jabhalariga tatbiq etadi.