7-MAVZU: TARIXIY JARAYONDA JAMIYATNING MADANIY VA MA’NAVIY QADRIYATLARI. JAMIYAT VA TARIX FALSAFASI 105
Ijtimoiy-madaniy jarayonda davlat hayoti qadriyatlari muhim ahamiyat kasb etadi: ideokratik,
teokratik yoki siyosiy davlat boshqa-boshqa madaniy mo‘ljallarga tayanadi. Davlat o‘z negizini
mustahkamlaydigan me’yorlarning ustunligini ta’minlaydi va o‘ziga tahdid solishi mumkin
bo‘lgan me’yorlarni siqib chiqaradi. O‘z navbatida, madaniyat ham ijtimoiy tajribani saralash,
uni ramziy tizimlarda mustahkamlashni amalga oshiradi.
Madaniyatning yana bir muhim funksiyasi insonni kamol toptirish hisoblanadi: individ madaniyatni o‘zlashtirish jarayonida shaxsga aylanadi . Madaniyat normativ tartibga solinadigan
faoliyat sanalgani bois, u qadriyatlarni
yaratish sohasi sifatida namoyon bo‘ladi. Madaniyat
hodisalari ijtimoiy
o‘zgarishlarni boshqaradi, ularni ijtimoiy muhim maqsadlarni amalga
oshirishga yo‘naltiradi.
Madaniyat qadriyatlari mazkur hamjamiyatda ijtimoiy mo‘ljal berish va tartibga solish funksiyasini bajaradi. Madaniyat ijtimoiy
munosabatlar tizimiga xizmatlar
ko‘rsatadi, bu erda yuz beruvchi o‘zgarishlar va
siljishlarni belgilaydi va tayyorlaydi, inson xulq-
atvorini tartibga solishni ta’minlovchi maxsus mexanizmlarni yaratadi. Bu, to‘g‘ridan-to‘g‘ri,
bevosita tartibga solish bo‘lishi mumkin (huquq, axloq, taqiq). Bu, jamiyatning, u yoki
bu
qadriyatlari va talablarini aks ettiruvchi ba’zi bir harakatlarni bajarishni buyurish orqali amalga
oshiriladigan bilvosita tartibga solish bo‘lishi ham
mumkin.
Tarixning mazmunini aniqlash borasidagi izlanishlar . Ma’lumki, har qanday ijtimoiy
hodisaning mohiyatini va uning, jamiyatning rivojlanish jarayonidagi o‘rnini, faqat u butun
jamiyatning rivojlanish jarayoniga bog‘lab, ya’ni umumiy tarixiy jarayon doirasida o‘rganilgan
taqdirdagina tushunish mumkin. Bundan muqarrar tarzda butun insoniyat tarixiga tegishli
bo‘lgan savollar kelib chiqadi: tarixiy rivojlanishning biron-bir maqsadi mavjudmi; jahon tarixi
qaysi yo‘nalishda harakatlanadi; tarix biron-bir muayyan mazmunga egami? Bu savollarning
barchasiga falsafaning «Tarix falsafasi» degan nom olgan bo‘limi javob beradi.