Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmu
Sivilizatsiyalarning tiplari. Noevropacha sivilizatsiyalar ancha kata guruhni tashkil etadi
(A.Toynbi tasnifiga ko‘ra, bunday sivilizatsiyalar 21 ta). Bu sivilizatsiyalarning aksariyati
betakror tarzda o‘ziga xos va ayni vaqtda, umumiy tipologik jihatlarga ega. Bular evropacha
sivilizatsiyadan ancha oldin vujudga kelgan an’anaviy sivilizatsiyalardir. An’anaviy jamiyat juda
sust rivojlanadi va mavjud hayot tarzini asrlar va hatto ming yilliklar osha saqlashga qodir.
Noevropacha sivilizatsiyalarning xo‘jalik faoliyati qishloq xo‘jalikhunarmandchilik ishlab
chiqarishi va texnologiyasining hukmronligiga asoslanadi. An’anaviy sivilizatsiyaning ma’naviy
sohasida diniy-mifologik tasavvurlar hukm suradi, ilmiy bilimlarning dastlabki shakllari asosan
mavjud faoliyat turlari uchun retseptura vazifasini bajaradi. Noevropacha sivilizatsiyalar
evolyusiyasi siklliligi va o‘ziga xos institutlar va normalarga ega bo‘lgan davlat vaqti-vaqti bilan
dam kuchayib, dam zaiflashib turishi bilan tavsiflanadi. Bunday jamiyat halokati sivilizatsiya
tipini o‘zgartirmaydi, u ijtimoiy vorisiylik mexanizmlari yordamida avloddan-avlodga o‘tadi.
Evropacha sivilizatsiya ijtimoiy va madaniy rivojlanishning alohida tipii bo‘lib, u Evropada
taxminan XV–XVII asrlarda shakllangan. Uning o‘tmishdoshlari antik dunyo madaniyatlari va
Evropa xristiancha an’anasidir. Uyg‘onish davrida bu ikki an’ana sintezi texnogen
sivilizatsiyaning teran o‘ziga xosligini va uning texnika va texnologiya jadal sur’atlarda
rivojlanishini, odamlar o‘rtasidagi ijtimoiy aloqalar tubdan o‘zgarishini ta’minlagan
madaniyatini shakllantirdi. Uning zamirida huquqiy davlatning vujudga kelishi, shaxs o‘z
tashabbuskorligi, faolligi va mustaqilligi bilan oliy qadriyat sifatida ijtimoiy hayot markazidan
o‘rin olishi yotadi. Odamlar o‘rtasida muloqotning faollashuvi va samarali kommunikatsiya
vositalari paydo bo‘lishi texnogen sivili- zatsiyaning o‘ziga xos xususiyatlaridan biridir.
Madaniyatda ilmiy oqilonalikalohida o‘ziga xos qadriyat sifatida hukm suradi. Inson tabiatni faol
va oqilona tarzda o‘zgartirishiga imkoniyat yaratgan qonunlarning kashf etilishi fanning
3
А.де Токвиль. Избранные произведение. –М.: 2003 г. с. 45.
4
Karimov I.А. O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari
- Xavfsizlik va barqaror taraqqiyot yo‘lida. T. 6. – T.: O‘zbekiston, 1998. – 151-b.
5
Karimov I.А
. Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q. –T.: «Sharq», 1998 y. 21-b.