Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Muhokama uchun savollar


-MAVZU: TARIXIY JARAYONDA JAMIYATNING MADANIY VA MA’NAVIY QADRIYATLARI



Yüklə 15,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə249/452
tarix28.11.2023
ölçüsü15,64 Mb.
#167693
1   ...   245   246   247   248   249   250   251   252   ...   452
Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmu

7-MAVZU: TARIXIY JARAYONDA JAMIYATNING MADANIY VA MA’NAVIY QADRIYATLARI. 
JAMIYAT VA TARIX FALSAFASI
 
107 
mustaqillik talab etiladi; 3) sivilizatsiyaning muvaffaqiyatlari madaniy-tarixiy tipning turli 
elementlariga bog‘liq bo‘ladi; 4) sivilizatsiyaning shakllanish jarayoni uzoq davom etadi, 
ularning ravnaq topish davri esa, qisqadir; 5) sivilizatsiyalar alohida va berk sharoitda 
rivojlanadi, lekin bu ular bir-biriga ta’sir ko‘rsatmaydi, degan ma’noni anglatmaydi. 
Danilevskiyning qarashlarini nemis mutafakkiri Osvald SHpengler (1880–1936) rivojlantirgan. 
U ham ijtimoiy taraqqiyotning bir chiziqli evropotsentristik sxemasiga tanqidiy yondashgan. 
SHpengler falsafasida madaniyat asosiy kategoriya hisoblanadi. Faylasuf madaniyat deganda 
o‘ziga o‘xshash boshqa «organizmlar»dan ajralib turadigan alohida «organizm»ni tushungan. 
Bundan yagona umuminsoniy madaniyat yo‘q va bo‘lishi mumkin emas degan xulosa kelib 
chiqqan. Shu sababli Shpengler jahon tarixining yaxlitligi va yagonaligini, unda «o‘zgarmas va 
umumiy» jihatlar mavjudligini rad etgan. U insoniyat tarixida sakkiz madaniyat: Misr, Hind, 
Bobil, Xitoy, Yunon-rim, Sharq, G‘arbiy Yevropa va Mayya madaniyatlarini farqlagan. 
Shpengler fikriga ko‘ra, har bir madaniy organizm ma’lum hayot muddati (taxminan ming yil) 
mobaynida mavjud bo‘ladi, shundan so‘ng u sivilizatsiyaga aylanadi va halok bo‘ladi. Har bir 
madaniyat o‘z teran mazmuniga ega bo‘ladi va tarixiy jarayonda bir xil ahamiyat kasb etadi. 
Shpengler tarixning mazmuni madaniyatlar taqdiri, ruhi va tilini anglab etishdan iborat, deb 
hisoblaydi. 
Lokal sivilizatsiyalar nazariyasining yana bir tarafdori, ingliz tarixchisi va sotsiologi Arnold 
Toynbi (1889–1975)dir. U Danilevskiy va Shpenglerning tarixning siklliligi haqidagi fikr-
mulohazalarini rivojlantirib, uni ayrim, o‘ziga xos va nisbatan berk sivilizatsiyalar tarixlarining 
yig‘indisi sifatida tushungan (dastlab, u, 23 sivilizatsiyani farqlagan, keyinchalik esa, ularni 13 
tagacha qisqartirgan). Toynbi sivilizatsiyalarga «evolyusion tipdagi faol tuzilmalar» sifatida 
yondashib, har bir sivilizatsiyada tarixiy mavjudlikning asosiy bosqichlari: vujudga kelish, 
rivojlanish, tanazzulga uchrash va zavol topishni farqlagan. Bu asosiy bosqichlardan o‘tgach, 
sivilizatsiya, odatda, halok bo‘ladi va uning o‘rnini boshqa sivilizatsiya egallaydi. 
Toynbi, bu sivilizatsiyalarda oldinma-ketin yuz beruvchi ijtimoiy jarayonlarni o‘xshash, deb 
hisoblab, shunga asoslangan holda, yaqin kelajakda, dunyo miqyosida yuz beradigan voqealarni 
bashorat qilish imkonini beruvchi, ijtimoiy rivojlanish takroriyligining ayrim formal empirik 
qonunlarini keltirib chiqarishga harakat qilgan. U jahon tarixining mazmuni diniy evolyusiya 
hamda insoniyatning ma’naviy jihatdan kamol topishi bilan belgilanadi, deb hisoblagan. 
SHunday qilib, sivilizatsion yondashuv nuqtai nazaridan tarixiy jarayon hujumkor xususiyati 
«yuqori – quyi» ko‘rsatkichlari bilan emas, balki har bir sivilizatsiya o‘z rivojlanish va o‘z 
taqdirini o‘zi belgilash jarayonida insoniyat filogenetik yo‘lining barcha asosiy bosqichlaridan 
o‘tishi va o‘z tarixi va betakror individualligiga ega bo‘lgan noyob ijtimoiy tuzilma sifatida 
qaralishi bilan belgilanadigan izchil nochiziq jarayon sifatida namoyon bo‘ladi. 
Formatsion va sivilizatsion yondashuvlarni taqqoslash quyidagi xulosalarga kelish imkonini 
beradi: 1) formatsion yondashuv tahlil jarayonida butun jamiyatni qamrab olishga harakat qiladi 
va asosiy e’tiborni uning dinamikasiga qaratadi; sivilizatsion yondashuv esa, jamiyatning bir 
qismini (ayrim sivilizatsiyani) o‘rganadi, jamiyatni esa, statik, deb e’tirof etadi; 2) formatsion 
yondashuv jamiyat hayotining iqtisodiy omillariga alohida e’tibor beradi; sivilizatsion 
yondashuv asosiy e’tiborni ma’naviy omillarga qaratadi. 
Tarix falsafasi rivojlanishining hozirgi bosqichida tarixning shunday bir talqini vujudga keladiki, 
unda mualliflar bu muqobil yondashuvlarning ijobiy g‘oyalaridan foydalanishga va ularning 
kamchiliklari o‘rnini to‘ldirishga harakat qiladilar. Mazkur yondashuv «monadaga doir 
yondashuv», degan nom olgan. Monadaga doir yondashuvning o‘ziga xos jihati shundan 
iboratki, u jahon tarixiy jarayoniga ko‘p sonli tarixiy individlar (sotsiumlar)dan iborat bo‘lgan 
yaxlitlik sifatida qaraydi. Bunda monadaga doir yondashuvning formatsion elementi tarixiy 
rivojlanishning ayni bir bosqichini boshdan kechirayotgan turli mamlakatlar uchun umumiy 
bo‘lgan jihatlarga, sivilizatsion element esa, ijtimoiy organizmlarning xususiyatlariga, ularning 
betakrorligiga e’tiborni qaratadi. Shunday qilib, monadaga doir yondashuv doirasida formatsion 
yondashuvning 
umumlashtiruvchi 
imkoniyatlari 
va 
sivilizatsion 
yondashuvning 



Yüklə 15,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   245   246   247   248   249   250   251   252   ...   452




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin