Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Muhokama uchun savollar



Yüklə 15,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə252/452
tarix28.11.2023
ölçüsü15,64 Mb.
#167693
1   ...   248   249   250   251   252   253   254   255   ...   452
Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmu

Baholash
. Aksiologiyaning asosiy kategoriyalari qatoriga qadriyat bilan bir qatorda hajman juda 
keng tushuncha – «baholash» ham kiradi. Baholash – buyumning inson faoliyati, uning 
ehtiyojlarini qondirish uchun ahamiyatini anglab etish vositasi. Baholash sub’ektning o‘z hayoti 
va faoliyati uchun hodisalarning ijtimoiy ahamiyatini aniqlashidir. U insonga hodisalar 
dunyosida mo‘ljal olish imkonini beradi, uning faoliyatini yo‘lga soladi. Baholash universaldir: u 


7-MAVZU: TARIXIY JARAYONDA JAMIYATNING MADANIY VA MA’NAVIY QADRIYATLARI. 
JAMIYAT VA TARIX FALSAFASI
 
110 
sezgilar va aql-idrok darajasida, emotsiyalar va tuyg‘ular, tasavvurlar, idroklar, mulohazalar, 
mayllar, istaklar, intilishlar, afzalliklar va albatta, faoliyat ko‘rinishida ro‘yobga chiqib, inson 
hayot faoliyatining barcha turlariga ta’sir ko‘rsatadi. 
Baholashning mohiyatini teranroq anglab etish uchun uni «qadriyat» bilan solishtirish o‘rinli 
bo‘ladi. Baholash va qadriyat – bir-biri bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan tushunchalar, lekin ularning 
o‘rtasida jiddiy farq ham mavjud. Xo‘sh, bu farq nimalarda ko‘rinadi? 
Birinchidan, qadriyat biz baho berayotgan narsa, ya’ni baholash predmeti bo‘lsa, baholash – bu 
baho berish jarayoni, ya’ni aqliy faoliyat bo‘lib, uning natijasi o‘laroq borliqning muayyan 
predmeti biz uchun qanday qimmatga ega ekanligi aniqlanadi. Predmetni yoki uning xossasini 
foydali, yoqimli, yaxshi, chiroyli deb topib, biz baholashni amalga oshiramiz.
Ikkinchidan, faqat ijobiy ahamiyat kasb etuvchi qadriyatlardan farqli o‘laroq («salbiy 
qadriyatlar» bo‘lishi mumkin emas), berilgan baho ijobiy bo‘lishi ham, salbiy bo‘lishi ham 
mumkin. Biz muayyan predmetni yoki uning xossasini foydali emas, balki zararli deb, 
topishimiz, muayyan xatti-harakatni yomon, axloqqa zid deb, baholashimiz, ko‘rilgan filmni 
mantiqsiz deb, qoralashimiz mumkin. Bunday fikrlarning barchasi baholash hisoblanadi. 
Uchinchidan, qadriyat amaliy munosabat mahsuli sifatida ob’ektiv hisoblanadi. Baholash esa, 
sub’ektivdir. U ob’ektiv qadriyatning sifatigagina emas, balki baholovchi sub’ektning ijtimoiy va 
individual fazilatlariga ham bog‘liqdir. Ayni shu sababli, ayni bir hodisa ayni bir davrda 
yashayotgan odamlar tomonidan turlicha baholanishi mumkin. 

Yüklə 15,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   248   249   250   251   252   253   254   255   ...   452




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin