Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmu
Ehtiyojlar va qadriyatlar. Insonga nima muhim? Muhimliklar dunyosi qadriyatlar dunyosi
bilan ayniymi? Inson faoliyatining birinchi manbai va harakatlantiruvchi kuchi ehtiyojlardir.
Inson ehtiyojlari uning hayotini,xususan jismoniy, aqliy, ma’naviy, ishlab chiqarishga doir,
oilaviy hayotni saqlash yoki o‘zgartirish zaruriyatining ifodasi sifatida vujudga keladi. Ijobiy
yoki salbiy aloqalar va munosabatlarning butun rang-barangligi tegishli ehtiyojlarni u yoki bu
tarzda vujudga keltiradi. Inson bu ehtiyojlarni anglashi yoki anglamasligi yoinki noto‘g‘ri
anglashi mumkin. Ammo, har qanday sharoitda ehtiyojlar insonni faoliyatga da’vat etadi. Bu
faoliyat samarali yoki samarasiz, puxta o‘ylangan yoki spontan va tartibsiz bo‘lishi mumkin.
Ehtiyojlar tashqi muhit predmetlari va sharoitlariga yoki ichki, ma’naviy uyg‘unlikka erishishga
muhtojlik sifatida anglanadi. Ular tashqi dunyo bilan muayyan munosabatlarda namoyon bo‘lib,
ob’ektlarni, o‘zlari yo‘naltirilgan mavjud borliqni ham, o‘z manbai sanalgan sub’ektning muhim
xususiyatlarini ham tavsiflaydi. SHaxs faolligining teran asosi sanalgan ehtiyojlar inson
faoliyatini ularni ro‘yobga chiqarishga yo‘naltiruvchi mo‘ljallar, mayllar va manfaatlarda o‘z
rivojini topadi. Aynan ehtiyojlar inson ongining nisbiy mezoni, uning mayllari, manfaatlari,
didlari va ideallarining poydevori hisoblanadi. Inson ehtiyojlari o‘zgaruvchan, harakatchan,
o‘zaro bog‘langan va bir-birining o‘rnini bosishga qodir. Ularning ayrimlari vujudga keladi,
ba’zilari yo‘q bo‘ladi, ayrimlari aktuallashadi, ba’zilari ikkinchi darajali ahamiyat kasb etadi.
Inson ehtiyojlari sifat jihatidan cheksiz va kengayishga qodir, zero, ularning shakllanishi
individlarning bir-biri va jamiyat bilan ijtimoiy aloqalarining ko‘p sonliligi va intensivligini aks
ettiradi. Ijtimoiy hayotning, ijtimoiy munosabatlar majmuining murakkablashuvi va
differensiatsiyalanishi, moddiy va ma’naviy hayotning o‘z me’yorlari va qadriyatlari bilan
rivojlanishi, inson ma’naviy hayotining jo‘shqinligi – bularning barchasi uning ehtiyojlari
o‘zgarishi va rivojlanishini belgilaydi. Garchi, qadriyatlar ehtiyojlar bilan bevosita bog‘liq
bo‘lsa-da, lekin ular bilan uzviy emas. Ehtiyojlar harakatchan, qadriyatlar nisbatan barqarordir;
ehtiyojlar ierarxiyaviy bo‘lib, ularning ierarxiyasi muntazam ravishda o‘zgaradi, qadriyatlar esa
nisbatan o‘zgarmas va individ tomonidan uning ijtimoiylashuvi jarayonida o‘zlashtiriladi. Bu
hayotning har qanday sohasida yuz bergan yangiliklarga nisbatan ancha keng tarqalgan
muxolifatni izohlaydi. Masalan, rim imperatorlari xristian dinining qimmatini tan olgunlariga
qadar xristianlar asrlar mobaynida quvg‘in qilinganlar. Belorusiyalik mashhur rassom Mark
SHagalning o‘ziga xos ijodi, garchi butun dunyoda yuksak baholangan bo‘lsa-da, o‘z vatanida
hanuzgacha tan olinmagan va uncha ma’lum emas. Sezann ijodi rassomning o‘limidan keyingina
tan olingan, uning tiriklik paytida esa mazkur buyuk musavvirning asarlari Parijdagi zamonaviy