Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmu
Bifurkatsiya ikkilanish nuqtalarining mavjudligini hamda rivojlanish davomining har xilligini nazarda tutadi . (Masalan, bitta oila negizida yangi oila paydo bo‘ladi va yangi oila o‘zining
rivojlanish tamoyillariga
ega bo‘ladi). Ularning faoliyati natijalarini oldindan bashorat qilish
qiyin.
I.Prigojinning fikriga ko‘ra, bifurkatsiya jarayonlari tizimning murakkablashuvidan dalolat
beradi. N.Moiseevning fikricha, «ijtimoiy tizimning har
bir holati bifurkatsiya holatidir».
Kumatoid – suzayotgan ob’ektni anglatadi va ob’ektlarning tizimli xususiyatini aks ettiradi. U vujudga kelishi, hosil bo‘lishi, shuningdek, yo‘qolishi,parchalanishi mumkin. U o‘zining barcha
elementlarini birvarakay emas, balki
o‘ziga xos «hissiy-o‘ta hissiy» tarzda namoyon etadi.
Masalan, tizimli ob’ekt –o‘zbek xalqini ma’lum vaqt, makon bo‘lagida ifoda etish va
mahalliylashtirish
mumkin emas. Boshqacha qilib aytganda, ob’ektni yaxlit ifoda etish uchun
o‘zbek
xalqining barcha vakillarini yig‘ish mumkin emas. Shu bilan birga, mazkur ob’ekt soxta
emas, realdir. Uni kuzatish, o‘rganish mumkin. U butun sivilizatsion tarixiy jarayonning
yo‘nalishini ko‘p jihatdan belgilab beradi. Yana bir
misol – talabalar guruhi. U dam paydo
bo‘ladigan, dam ko‘zdan yo‘qoladigan suzuvchi ob’ekt sifatida o‘zaro aloqalarning deyarli
barcha tizimlarida namoyon bo‘ladi. Masalan, o‘quv mashg‘ulotlari tugaganidan keyin guruh
yaxlit ob’ekt
sifatida mavjud bo‘lmaydi, ammo institutsiyaviy belgilangan ma’lum vaziyatlar
(guruh raqami, talabalar soni, guruh tuzilishi, umumiy xususiyatlari)da u ob’ekt sifatida
namoyon bo‘ladi va o‘z-o‘zini identifikatsiya qiladi. Bundan tashqari,mazkur kumatoid guruh
a’zolari o‘rtasidagi do‘stlik, raqobat va boshqa munosabatlar bilan ham qo‘llab-quvvatlanadi.