Fanlararo tadqiqot metodlari –
asosan fan sohalari tutashgan joyda amal qiladigan (metodologiyaning turli darajasi elementlarini birlashtirish natijasida yuzaga kelgan) bir qancha sintetik va integrativ usullar majmui. Mazkur metodlar kompleks ilmiy dasturlarni
amalga oshirishda keng
qo‘llaniladi.
Falsafa metodlari .
Falsafa metodlarining asoslari bevosita amaliy faoliyat bilan bog‘liq. Turli
konkret vazifalarni hal qilishning zaruriy shartlaridan biri universal xususiyatga ega bo‘lgan
umumiy falsafiy metodlarga
murojaat qilishdir. Bu metodlar haqiqatni anglashda umumiy yo‘lni
ko‘rsatadi.
Mazkur metodlarga falsafaning qonun va kategoriyalari, kuzatish va tajriba,
taqqoslash, analiz, sintez, induksiya, deduksiya va hokazolar taalluqli. Agar
maxsus metodlar
ob’ektning qonuniyatlarini o‘rganishning xususiy usullari
sifatida namoyon bo‘lsa, falsafiy
metodlar shu ob’ektlarda namoyon bo‘ladigan,
alohida xususiyatlardagi harakat, taraqqiyotning
eng umumiy qonuniyatlarini
o‘rganadi. Aynan shu o‘rinda tajriba hal qiluvchi ahamiyatga ega.
Har bir metod
ob’ektning alohida tomonini bilishga imkoniyat yaratadi. Falsafaning eng
qadimgi
keng tarqalgan metodlardan biri dialektika bo‘lsa, ikkinchisi metafizikadir. Biroq falsafa
metodlari bular bilan cheklanmaydi. Bugungi kunda uning sofistika, eklektika, analitik, (hozirgi
zamon analitik falsafasi), intuitiv, fenomenologik, sinergetik, germenevtik (tushunish) va boshqa
turlari ham mavjud. Endilikda turli metodlarni birlashtirish jarayoni ham ro‘y bermoqda
(masalan, Gadamer germenevtikani ratsional dialektika bilan birlashtirishga harakat qiladi).
«Dialektika» (yunon. «dialektike» – «bahs», «suhbat») tabiat, jamiyat va bilish taraqqiyoti qonuniyatlari hamda ularning asosida shakllanadigan umumiy tafakkur uslubi va amaliy faoliyat haqidagi ta’limotdir. U grek tilida
bahs va suhbatlashish san’ati, degan ma’noni
anglatadi. Antik dunyo faylasuflari uni haqiqatga erishish yo‘li va usuli sifatida talqin etganlar.
Hozirgi
davrga kelib, dialektika olamdagi narsa va hodisalar doimo o‘zgarishda, o‘zaro
aloqadorlik va bog‘liqlikda, taraqqiyot va rivojlanishda, deb tushunishga asoslanadi. Unga ko‘ra,
olamda o‘z o‘rniga va joyiga, yashash vaqti va harakat yunalishiga ega bo‘lgan barcha narsalar
va voqealar bir-birlari bilan bog‘liq va aloqador tarzda, bir-birlarini taqozo etadigan, doimiy va
takrorlanib turadigan bog‘lanishlar orqali namoyon bo‘ladi.
Falsafa tarixida dialektika to‘g‘risida xilma-xil qarashlar bo‘lgan. Antik davr dialektikasi sodda
va stixiyali bo‘lib, asosan, hayotiy tajribaga asoslangan. O‘sha davrda «Dialektika» so‘zini
birinchi bo‘lib, Suqrot (er.av. 469–399 y.) o‘z falsafiy faoliyatida qo‘llagan. Suqrot dialektikani
mayevtika (harflarni yaratish san’ati) bilan taqqoslagan. Zotan, mulohaza qilish shunday
dialektik usuldirki, uning natijasida raqib nutqidagi ichki ziddiyatlar ochiladi yoki fikrlash