«Metod» va «metodologiya» tushunchalari . «
Metod» (yunon. «metodos» –«usul») keng ma’noda yo‘l, ijodiy faoliyatning har qanday shakli kabi ma’nolarni anglatadi. Metodologiya tushunchasi ikki asosiy mazmunga ega – faoliyatda qo‘llaniladigan ma’lum usullar tizimi (fanda, siyosatda, san’atda va h.k.) tizim haqidagi ta’limot yoki metod nazariyasi. Fan metodlari –
ma’lum fan tarmog‘iga kiruvchi yoki fanlar tutashgan joyda vujudga kelgan muayyan fan sohasida qo‘llaniladigan usullar tizimi. Har bir
fundamental fan, mohiyat-e’tibori
bilan, o‘z predmetiga va o‘ziga xos tadqiqot
usullariga ega bo‘lgan sohalar majmuidir. Fanda,
ko‘p hollarda tanlangan metod
tadqiqotning taqdirini hal qiladi. Aynan bir daliliy materialni turli
metodlar asosida o‘rganish ziddiyatli xulosalarga olib kelishi mumkin. Ilmiy
bilishdagi to‘g‘ri
metodni xarakterlar ekan, F.Bekon uni, yo‘lovchining yo‘lini
yorituvchi chiroq bilan qiyoslaydi.
Noto‘g‘ri yo‘ldan bora turib, y yoki bu masalani
hal qilishda muvaffaqiyatga erishishga umid
qilish mumkin emas. 3epo, nafaqat
natija, balki unga eltuvchi yo‘l ham to‘g‘ri bo‘lmog‘i lozim.
Fan metodlarining guruhlarga bo‘linishi bir nechta asoslarga ega. Bilish
jarayonida uning roli
va o‘rni nuqtai nazaridan: formal, empirik, nazariy-tadqiqot, izohlash, shuningdek, boshqa
metodlarga ajratish mumkin. O‘z navbatida, bilishning sifat va son, bilvosita va bevosita original
hamda faoliyatli
metodlari ham mavjud. Metodlarni tanlash va turli metodik tadqiqot faoliyatida
qo‘llash o‘rganilayotgan hodisa tabiati va qo‘yilgan vazifalar bilan xarakterlanadi.