6-MAVZU. BILISH NAZARIYASI: ASOSIY MUAMMOLARI VA YO‘NALISHLARI 93
ruhiyati bir-birini belgilashning ko‘p sonli zanjirlariga ega bo‘lgan murakkab tizimidir. SHu
sababli, sezgining mazmuni nafaqat tashqi ta’sirlantiruvchi kuch, balki tafakkur, xotira,xayolning
holati bilan ham belgilanadi. Sezish va tafakkur mumkin bo‘lgan narsalar o‘zaro mushtarakdir.
Bilishning empirik va nazariy darajalarini farqlash mezonlari. Nazariy va empirik narsalar va hodisalar muammosi xususida juda ko‘p metodologik adabiyotlar
mavjud. Bilishning bu darajalarida XX asrning 30-yillarida pozitivizm ta’limotida fan tilini tahlil
qilish natijasida empirik va nazariy atamalar ma’nosidagi farqlar aniqlangan. Bu farq tadqiqot
vositalariga ham taalluqli. Biroq, bundan tashqari, tadqiqot predmetining xususiyati va uni
o‘rganish metodlarining har xilligini e’tiborga olib, ilmiy bilishning ikki darajasini ham farqlash
mumkin. Bu farqlarni mufassalroq ko‘rib chiqamiz. Nazariy va empirik tadqiqot vositalarining
o‘ziga xos xususiyatlari quyidagilarda namoyon bo‘ladi.
4.
Haqiqat – bilish nazariyasining bosh kategoriyasi. U borliqning bilishdagi ideal ifodasi,
chunki haqiqat ongdan, bilayotgan sub’ektdan tashqarida va undan qat’i nazar mavjuddir.
Haqiqat – bilimlarning ob’ektiv borliqqa muvofiq bo‘lgan mazmuni. U bilish jarayoni, bilish
in’ikosining natijasidir. Haqiqat ilmiy nazariyada mujassamlashgan anglab etilgan tasdiqlovchi
mulohazalar ko‘rinishida o‘z ifodasini topadi. Har qanday ilmiy nazariya rivojlantirilishi, ba’zan
boshqa, yanada haqiqiyroq nazariya bilan almashtirilishi lozim. SHu ma’noda haqiqat – bilish
rivojlanishining yakuni va omilidir.
Falsafa tarixida haqiqat (bilimlarning haqiqiyligi) muammosi qadimgi davrlardayoq
ta’riflangan. «Avesto»da haqiqat oliy sharofatdir deyiladi. Darhaqiqat insoniyat doimo haqiqatga
intilgan. Zero, haqiqat adolatga, sharofatga eltadigan buyuk qudrat. Aristotel fikricha haqiqat –
mulohazalar va amaldagi holat o‘rtasidagi muvofiqlikdir. Platon haqiqatni g‘oyalar dunyosiga
mos keluvchi g‘ayritabiiy mustaqil ideal mohiyat sifatida tushungan, inson bilimi jonning shu
g‘oyalar dunyosi bilan mushtarakligi darajasidagina haqiqiydir, deb hisoblagan. Foma Akvinskiy
haqiqat yolg‘on narsalarda emas, balki aqlda mavjud bo‘ladi, har bir narsa o‘zi bog‘liq bo‘lgan
aqlga munosabati darajasidagina haqiqiy deb nomlanishi mumkin, deb qayd etgan.
Beruniy fikricha, haqiqat bilimning voqelikka muvofiqligidir. Forobiy fikricha, haqiqatni bilish
aqlning kamolotiga bog‘liq. Bu aql inson qalbidadir, uning kamolotiga esa, faol aqlga qo‘shilish
orqali erishiladi. Faol aqlda borliqning eng oliy darajasi bo‘lgan. Birinchi sababdan boshlab to
oxirgi haqiqatning barcha sura shakllari mavjud. SHuningdek, Forobiy va uning izdoshlari
fikricha, haqiqat bir nechta bo‘lishi mumkin emas, haqiqat bitta, shu bois falsafa ham bir nechta
bo‘lishi mumkin emas. Forobiy haqiqatning o‘zgarmasligiga ishongan va falsafani haqiqatning
birdan bir ifodasi deb hisoblagan
5
.