Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmu
Tafakkurning asosiy shakllari . Tafakkur jarayonining oqilona mazmuni tarixiy rivojlanish
jarayonida yaratilgan mantiqiy shakllar qobig‘iga o‘raladi. Tafakkur o‘zining asosiy shakllari –
tushunchalar, mulohazalar va xulosalar ko‘rinishida yuzaga kelgan, rivojlanmoqda va amalga
oshirilmoqda.
Tushuncha –
narsalar va hodisalarning umumiy, muhim xossa va aloqalari aks etuvchi fikr. Tushuncha – tafakkur, tushunish faoliyatining mahsuli. Ular
nafaqat narsalar va hodisalarning
umumiy jihatlarini aks ettiradi, balki
ularni bir-biridan ajratadi, ular o‘rtasida mavjud farqlarga
qarab ularni
guruhlaydi, tasniflaydi. Bundan tashqari, biz biror narsa haqida tushunchaga ega
ekanligimizni ta’kidlar ekanmiz, bunda mazkur ob’ektning mohiyatini tushunishimizni nazarda
tutamiz. Masalan, «inson» tushunchasi nafaqat muhim umumiy, ya’ni barcha odamlarga xos
bo‘lgan jihatni, balki har qanday odamning boshqa har qanday narsalardan farqini ham aks
ettiradi, mazkur odamning mohiyatini tushunish esa, umuman insonning mohiyati, ya’ni inson
haqidagi tushunchaning mazmunini bilishni nazarda tutadi: «Inson – aql, so‘zlashish va mehnat
qilish qobiliyatiga ega bo‘lgan bioijtimoiy mavjudot». Sezgi, idrok va tasavvurlardan farqli
o‘laroq, tushunchalar ko‘rgazmalilik yoki hissiylikdan xolidir. Idrok daraxtlarni, tushuncha –
umuman daraxtni aks ettiradi. Tushunchaning mazmunini ko‘pincha aniq obraz ko‘rinishida
tasavvur qilish mumkin emas. Inson, masalan, yaxshi odamni tasavvur qilishi mumkin, biroq u
yaxshilik, yomonlik, go‘zallik, qonun, yorug‘lik tezligi, sabab, qiymat kabi tushunchalar va
jarayonlarni sezgi obrazi ko‘rinishida tasavvur qila olmaydi. Har qanday fanning barcha
tushunchalari haqida shu fikrni aytish mumkin. Ularning ob’ektiv ta’rifi ko‘rgazmalilik
chegaralaridan tashqarida bilvosita aniqlanadi.
Tushuncha muhim jihatlar va xossalarni aniqlaydi va ularni o‘zida mujassamlashtiradi:
tushuncha mohiyatning fikrda ifodalangan obrazidir. SHuning uchun ham oz sonli tushunchalar
son-sanoqsiz narsalar – xossalar va munosabatlarni qamrab oladi. Tushunchalar turli davrlarda
mazmunan har xil bo‘lgan. Ular ayni bir inson rivojlanishining turli darajalarida har xildir.
Haqiqiy ilmiy tafakkur madaniyati biron-bir tushunchani aniq ta’rifsiz qoldirmaslikni o‘zi uchun
qoida deb biladi. Buyuk mutafakkir Suqrot tushunchalarni mantiqiy jihatdan aniq ta’riflash
haqiqiy bilimning bosh shartidir, degan edi. Tushunchalar inson ongida ma’lum bog‘lanishda,
4
Эйнштейн А. Физика в жизни моего поколения. –М.: 1963 г. с. 89.