Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmu
10-MAVZU. MANTIQ ILMINING PREDMETI, ASOSIY QONUNLARI. TUSHUNCHA TAFAKKUR SHAKLI SIFATIDA 136
bo‘ladigan va shuning uchun ham inson bevosita seza oladigan belgilari haqida
ma’lumotlar olinadi.
Hissiy bilishning barcha shakllariga xos bo‘lgan xususiyatlari qatoriga quyidagilar
kiradi:
Birinchidan, hissiy bilish ob’ektning (predmetning yoki uning birorta
xususiyatining) sub’ektga (individga, to‘g‘rirog‘i, uning sezgi organlariga)
bevosita ta’sir etishini taqozo etadi. Tasavvur ham bundan istisno emas. Unda
obrazi qayta hosil etilayotgan (yoki yaratilayotgan) predmet emas, u bilan bog‘liq
bo‘lgan boshqa predmet–signal ta’sir etadi.
Ikkinchidan, hissiy bilish shakllari: sezgi, idrok va tasavvur predmetning tashqi
xususiyatlari va munosabatlarini aks ettiradi.
Uchinchidan, hissiy bilish shakli predmetning yaqqol obrazidan iborat.
To‘rtinchidan, hissiy bilish konkret individlar tomonidan amalga oshirilganligi
uchun ham har bir alohida holda konkret insonning sezish qobiliyati bilan bog‘liq
tarzda o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘ladi.
Beshinchidan, hissiy bilish bilishning dastlabki va zaruriy bosqichi hisoblanadi.
Usiz bilish mavjud bo‘la olmaydi. CHunki inson tashqi olam bilan o‘zining sezgi
organlari orqali bog‘langan. Bilishning keyingi bosqichi, boshqa barcha shakllari
sezgilarimiz bergan ma’lumotlarga tayanadi.
Bundan kelib chiqadigan xulosa shuki, hissiy bilish tafakkur bilan uzviy bog‘liq.
Xususan, nazariy bilimlarning chinligi oxir-oqibatda empirik talqin qilish yo‘li
bilan, ya’ni tajribada bunday bilimlarning ob’ektini qayd etish orqali asoslanadi.
O‘z navbatida, hissiy bilish, umuman olganda, aql tomonidan boshqarilib turadi,
bilish oldida turgan vazifalarni bajarishga yo‘naltiriladi, ijodiy fantaziya
elementlari bilan boyitiladi. Masalan, guvohlarning bergan ko‘rsatmalari asosida
jinoyatchining portreti (kompyuter yordamida fotoroboti yaratiladi yaqqol his
qilinadi va qidiriladi.
Lekin, shunga qaramasdan, hissiy bilish o‘z imkoniyatlari chegarasiga ega. U bizga
alohida olingan predmetlar (yoki predmetlar to‘plami), ularning tashqi belgilari
haqida ma’lumot beradi. Unda mavjud predmetlar o‘rtasidagi aloqadorlik
(masalan, muz bilan havoning harorati o‘rtasidagi bog‘lanish) o‘rganilmaydi,
predmetlarning umumiy va individual, muhim va nomuhim, zaruriy va tasodifiy
xususiyatlari farq qilinmaydi.
Predmet va hodisalarning mohiyatini tushunishga tafakkur yordamida erishiladi.
Tafakkur bilishning yuqori-ratsional (lotincha ratio – aql) bilish bosqichi bo‘lib,
unda predmet va hodisalarning umumiy, muhim xususiyatlari aniqlanadi, ular
o‘rtasidagi ichki, zaruriy aloqalar, ya’ni qonuniy bog‘lanishlar aks ettiriladi.
Tafakkur quyidagi asosiy xususiyatlarga ega:
Tafakkurda voqelik mavhumlashgan va umumlashgan holda in’ikos qilinadi.
Hissiy bilishdan farqli o‘laroq, tafakkur bizga predmetning nomuhim, ikkinchi
darajali (bu odatda bilish oldida turgan vazifa bilan belgilanadi) belgilaridan fikran
chetlashgan, mavhumlashgan holda, e’tiborimizni uning umumiy, muhim,
takrorlanib turuvchi xususiyatlariga va munosabatlariga qaratishimizga imkon