Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmu
EVDEMONIZM – (yunon. eudania–rohat–farog‘at, baxt–saodat) –axloq –odobning
gedonizmga yaqin uslubiy tamoyili. E. antik dunyo axloqiy nazariyalarida to‘liq ravishda
namoyon bo‘lgan. (Demokrit, Sokrat, Aristotel). Baxtga intilishni e. axloq–odobning mezoni va
inson axloqiy xatti–harakatining asosi deb hisoblaydi, shaxsiy baxtga intilish – individualistik e.
ijtimoiy baxtga intilish – sotsial e. dey.adi.
XVIII asr fransuz materialistlari (Gelvetsiy, Didro) qarashlarida ham e.g‘oyalari mavjud
edi. Ular inson baxti – har qanday jamiyatning va har qanday foydali inson faoliyatining tub
maqsadidir, deb chiqqan edilar. Evdemonistik etika o‘z faolligi va insonparvarligi bilan
xristianlik etikasidan beqiyos yuqori turadi, chunki u oxiratda emas, balki erda baxtga erishishga
da’vat etadi.
Evdemonistlar inson ham ma’naviy, ham jismoniy sog‘lomlikka intilsa, o‘zining va
o‘zgalarning barcha ezgu xususiyatlarining shakllanishiga yordam bersa hamda bu bilan
zamondoshlar va kelajak avlod obro‘–e’tiboriga sazovor bo‘lsa bunday insonni baxtli va komil
deb e’tirof etganlar.
Baxt ob’ektiv prinsip bo‘lishi mumkinmi, alohida individlarga ularning xohish istaklari,
qiziqishlari, ehtiyojlari va insoniy jamiyatlari turli xil bo‘lishiga qaramasdan har biriga axloqiy
mutanosiblik berish imkoniyatiga egami, degan savollar ularni qiziqtiradi. E. bu savollarga ijobiy
javob beradi va baxtni xulq-atvorning axloqiy prinsipi darajasigacha ko‘taradi.
E.ning muhimligi faqatgina xulqni asoslash usuli hamda xulqni to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqaga
qo‘yishda va baxtga bog‘liqligida emas. Xulqning o‘zi birinchi navbatda tashqi muhitdan qabul
qilingan hissiyotlar bilan bog‘lanuvchi qadriyat, shuningdek lazzatni xis qilish, qalbiy komfort,
fikr va harakatlarning ezgulikka doir obraziga hamrohlik qiluvchi tushuncha sifatida alohida
tushuniladi.
E.ning ijtimoiy xususiyatlarini Bentam ishlab chiqqan. Alohida individning barcha ezgu
faoliyati qanchalik ko‘p kishilarni baxtli qilishi darajasi bilan ahamiyat kasb etadi. Sotsial e.ning
mohiyati jamiyatdagi barcha kishilar baxtiga intilish bilan izohlanadi. Davlat va uning barcha
institutlari, ularning tadbirlari va qonunlari mana shu buyuk maqsad yo‘lidagi vosita, xolos.
Ijtimoiy e. oxir–oqibat, utilitarizmga olib keladi.