Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmu
14-MAVZU. NIKOH VA OILANING AXLOQIY ASOSLARI, UNING YOSHLAR TARBIYASIDAGI O‘RNI 211
bilan qiz uchrashtiriladi, ikkalasi bir-birini ma’qul ko‘rsagina to‘y bo‘ladi. Juda ko‘p hollarda
bunday yoshlar o‘rtasida keyinchalik haqiqiy muhabbat shakllanadi. Abdulla Qodiriy «O‘tgan
kunlar» romanida tasvirlagan Otabek bilan Kumush o‘rtasidagi sevgini buning mumtoz
namunasi desa bo‘ladi. Nikoh o‘z mohiyatiga ko‘ra ahloqiy hodisa. Unda ehtiroslar axloqqa
bo‘ysundiriladi. Oddiy birga yashashda esa tabiiy extiyojni qondirish birinchi o‘rinda turadi.
Nikohda u ikkinchi darajali mavqe’ni egallaydi. Demak, nikoh - oilaning faqat huquqiy asosi
bo’lib, erkak bilan ayolning bir - biriga va bolalariga, ya’ni bir oilaga mansub kishilarning bir -
birlari oldida va jamiyat oldida huquq va majburiyatlarini, axloqiy va huquqiy ma’suliyatini
belgilaydigan oilaviy ittifoqidir. Demak, oila nikoh asosida vujudga keladi. Lekin oila va nikoh
aynan bir tushunchalar emas. Oila - nikoh va qon-qardoshlik bilan bog’langan kishilarning
tarixan shakllangan ittifoqidir, eng avvalo, er va xotin, ota - onalar bilan bolalar o’rtasidagi
munosabatlardir. Nikoh - oilaning faqat huquqiy asosi bo’lib, bir oilaga mansub kishilarning, eng
avvalo, er va xotinning va farzandlarning bir -birlari oldida huquq va majburiyatlarini, axloqiy va
huquqiy ma’suliyatini ifodalaydi.
Oila va nikoh tarixiy hodisa bo’lib, ular jamiyatning kelib chiqishi va taraqqiyotida azaldan
mavjud bo’lmagan. Oilaning kelib chiqishi hali batamom oydinlashtirilgan emas. Bu to’g’rida
turlicha nuqtai-nazarlar mavjud. Mutaxassislarning aksariyatining fikricha, oila va nikoh
munosabatlarining evolyutsiyasi quyidagicha yuz bergan: Ibtidoiy tuzumning avvalida (ilk va
so’nggi paleolit chegaralarida) umuman oila va nikoh bo’lmagan, u davrda promiskutet deb
nomlangan tartibsiz jinsiy aloqalar odati hukm surgan, ya’ni to’dadagi har bir ayol barcha
erkaklarniki va har bir erkak barcha ayollarniki hisoblangan. Keyin bu aloqalar o’rnini guruhiy
nikoh egallagan. Guruhiy nikohda bir urug’dagi hamma erkaklar boshqa urug’ning barcha
ayollariga er bo’lish huquqiga ega bo’lganlar. So’ngra esa mazkur jamiyat oilasining asosiy
shakli sifatida juft oila paydo bo’lgan. Juft nikohda esa er - xotin hisoblangan erkak va ayol o’z
urug’larida yashagan. Bu oila qarindoshlikni ham ota tomonidan (otalik davri), ham ona
tomonidan (onalik davri) hisoblab borgan, lekin bu oilalarda hali er - xotin nikohi barqaror,
alohida xo’jalikka ega emas edi. Bu davrda (bronza davri boshlanishi va temir davrida) tabiiy
faktor o’z vazifasini tugalladi, ya’ni jinsiy munosabatlar doirasida qon -qardoshlar istisno qilindi,
jinsiy munosabatlar faqat bir erkak va bir ayol munosabatlariga aylangan nikohda xotin er bilan
yashash uchun uning urug’iga ko’chib o’tgan. Monogam (yakka nikohlik) oila paydo bo’ldi.
Nihoyat individual oila bo’lib, bu kichik oilada nikoh er -xotinni hamda ularning bolalarini bir -
biri bilan mustahkam bog’laydi. Bu holat xususiy mulkchilik rivojlana boshlab ibtidoiy jamoa
tuzumi emirilayotgan davrga to’g’ri keladi. Oila shakllari nikoh xarakteriga qarab ham bir -
biridan farq qiladi: 1) Poligam (ko’p nikohlik) va monogam (bir nikohlik) oila; 2) hukmronlik
kimning qo’lida bo’lishiga qarab oila patriarxal (ota yoki aka-ukalarning biri tomonidan
boshqariladigan) matriarxal (ona tomonidan boshqariladigan), 3) demokratik (er - xotinning
tengligiga asoslangan) oilaga bo’linadi. Hozirgi jamiyat oilasi "demokratik" oilaning tipik
shaklidir.
Mashhur amerikalik faylasuf Jorj SaktaYana (1803-1952) ta’kidlaganidek: "Oila, bu —
tabiatning shoh asarlaridan biriga aylandi". Fransuz yozuvchisi V. M. Gyugo (1802- 1885): "Oila
- jamiyatning duru gavhari", — degan edi. Buyuk tatar olimi Rizouddin ibn Faxruddin (1848-
1917) "Oila" asarida Shunday degan edi: "Millatlar sharafini yuqori martabaga ko’taradigan
narsa millionlar ila sanalmoqda bo’lgan askarlaru dunyoda eng buyuk va zo’r bo’lgan kemalar