Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Muhokama uchun savollar


-MAVZU. NIKOH VA OILANING AXLOQIY ASOSLARI, UNING YOSHLAR TARBIYASIDAGI



Yüklə 15,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə372/452
tarix28.11.2023
ölçüsü15,64 Mb.
#167693
1   ...   368   369   370   371   372   373   374   375   ...   452
Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmu

14-MAVZU. NIKOH VA OILANING AXLOQIY ASOSLARI, UNING YOSHLAR TARBIYASIDAGI 
O‘RNI 
216 
etadi. Bola axloqining shakllanishida, deydi u er-xotinning bir-biriga bo‘lgan munosabati, 
birbirini hurmat qilishlari ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Buning uchun oila a’zolarining har biriga 
ma’lum vazifalar yuklatilgan bo‘lishi, erkak kishining oilaga bosh bo‘lishi va zarur talablarni 
bajarishi, agarda biror narsani va’da qilgan bo‘lsa, va’dasining ustidan chiqishi lozimligini 
ta’kidlaydi. Bolaning mustaqil ovqatlanish davri boshlanishi bilan ota uning axloqiy tarbiyasiga 
kirishuvi zarurligini, maqsadga erishish uchun tarbiyada bolani ba’zan maqtash, ba’zan jazolash 
ham kerakligini aytadi. Ibn Sino yashagan davrda ayollar haqida yoki ularning manfaatlari nuqtai 
nazaridan ijobiy fikrlar aytish qanchalik qiyin bo‘lishiga qaramay, u ayollarning oila va 
jamiyatda tutgan o‘rniga katta ahamiyat beradi, ijodiy ishlarida oqila ayollarni ko‘klarga ko‘tarib 
maqtaydi. Uningcha, agar ayol aqlli bo‘lsa, o‘z erining ishonchli do‘sti va hayotda eng birinchi 
yordamchisi bo‘ladi, bevafo erxotinlar esa oilani halokatga olib boradi. Ibn Sino oilada to‘g‘ri 
tarbiyani olib borish, oila baxtining muhim asosi deb hisoblaydi. Uning fikricha, oilada otaning 
tabiatan yumshoq bo‘lishi bola tabiatini buzadi. Oilada bosh tarbiyachi otadir va otaning 
qattiqqo‘l bo‘lishi bolalar tarbiyasida muhimdir, chunki ota katta ta’sir kuchiga egadir. Muallif 
mazkur asarning “Ayollarning yaxshi sifatlari” bo‘limida onalarning oilada bosiq, dono, halol va 
kamtar bo‘lishlari hamda bola tarbiyasida otaga eng yaqin ko‘makdosh bo‘la olishlari oila 
mustahkamligini saqlashda katta yordam berishini ta’kidlaydi. Allomaning “Tib qonunlari” 
kitobida esa bola tarbiyasidagi onaning vazifalari alohida ko‘rsatib berilgan. Bola kamolotida 
onaning mumkin qadar sipo, vazmin va bosiq bo‘lishi kerakligi, undagi g‘azablanish, qayg‘urish, 
qo‘rqish kabi ruhiy kechinmalar bolaga zarar keltirishi ta’kidlangan. Ibn Sino oila boshlig‘i 
oldiga qator talablarni qo‘yadi. Oila boshlig‘i, deb yozadi u, ham nazariy, ham amaliy jihatdan 
oilada tarbiya masalalarini mukammal o‘zlashtirmog‘i lozim. Agar oila boshlig‘i tajribasiz 
bo‘lsa, u o‘z a’zolarini yaxshi tarbiyalay olmaydi, oxir oqibat u yaxshi ijobiy natijalarga erisha 
olmaydi, yomon tarbiya nafaqat ushbu oila, balki qo‘shnilarga, mahallako‘yga ham yomon ta’sir 
qilishi mumkin. Oilada bola tarbiyasi ota-onaning jamiyatda tutgan mavqeidan qat’i nazar, 
ularning birlamchi vazifasidir. Donishmand mehnat tarbiyasi borasida fikr yuritar ekan, 
jumladan quyidagilarni ta’kidlaydi: Har bir bolani biror hunarga o‘rgatmoq shart, yosh yigit 
biron hunarni o‘rgansa, uni hayotda tatbiq eta olsa va mustaqil hunar tufayli oilani 
ta’minlaydigan bo‘lsagina, otasi uni uylantirib qo‘ymog‘i lozim, deydi. Demak, allomaning oila 
qurish uchun zarur ijtimoiy va iqtisodiy etuklik haqidagi fikrlari, ayniqsa yosh oila va oila 
quruvchilar uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Sababi, oilaning mustahkamligi va baxtli bo‘lishi 
aynan oila quruvchilarning ham ijtimoiy, ham iqtisodiy jihatdan etukliklariga va ko‘proq, 
yigitning oila qurishga tayyorgarligiga bog‘liqdir. O‘ziga xos tafakkur sohibi bo‘lgan, so‘z 
mulkining sultoni, buyuk bobokalonimiz Alisher Navoiyning turmush madaniyati, odob-axloq, 
sevgi-muhabbat borasidagi qarashlari bu borada alohida o‘rin tutadi. Alloma o‘zining “Mahbub-
ul qulub” (ya’ni “Qalblarning mahbubasi” asarida biz uchun qimmatli bo‘lgan o‘gitlarini bayon 
etib, turmush va oilaviy hayotdagi turli vaziyatlardan chiqishga imkon beruvchi fazilatlar va 
ularni tarbiyalash masalalariga e’tibor qaratadi va ayol kishining oilada tutgan o‘rni xususida, 
jumladan shunday deydi: Yaxshi xotin – oilaning davlati va baxti. Uyning ozodaligi, uy 
egasining xotirjam va osoyishtaligi undan, husnli bo‘lsa, ko‘ngil yozig‘i, xushmuomala bo‘lsa, 
jon ozig‘idir. Oqila bo‘lsa, ro‘zg‘orda tartib-intizom bo‘ladi, asbob-anjomlar saranjom turadi. 
Kishi bu kabi jufti halol bilan qovushsa, agar bunday baxtga erishsa, g‘am va kulfatda sirdoshga, 
oshkor va pinhoniy dard-alamda hamnafas tan mahramiga ega bo‘ladi. Turmushda boshingga har 



Yüklə 15,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   368   369   370   371   372   373   374   375   ...   452




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin