Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmu
16-MAVZU. ESTETIKA: ESTETIKANING PREDMETI, MAQSADI VA VAZIFALARI 235
Estetika fani san’atdan bahramand bo‘luvchilar – tomoshabin, kitobxon, tinglovchi uchun
ham katta ahamiyat kasb etadi. Ular san’at haqida qancha ko‘p bilsalar, san’at mohiyati va
burch-vazifalari haqida qanchalik chuqur va haqqoniy tasavvurlarga ega bo‘lsalar, ularda san’at
bilan doimiy muloqotda bo‘lishga intilish kayfiyati shunchalik kuchli bo‘ladi. Estetika fani
san’at haqida faqat bilimlar beribgina qolmay, san’atga qiziqqanlarda badiiy ijodga nisbatan
hurmat uyg‘otadi, badiiy ijod inson faoliyatining eng murakkab turi, eng ko‘p aqliy va jismoniy
kuch talab qiladigan soha ekanligidan boxabar qiladi.
Estetik nazariya san’atkorlar, ijodkorlar bilan bir qatorda bu sohani boshqaradigan
hodimlar uchun ham zarurdir. San’atga rahbarlik qilishda sodir bo‘lgan o‘zboshimchalik,
beboshlik, hokimi mutlaqlik ko‘p jihatdan uning o‘ziga xos qonunlarini bilmaslik oqibatidir.
Estetik nazariyaga suyanib ish ko‘rish – badiiy jarayonlarga samarali ta’sir o‘tkazish va
san’atning erkin rivojlanishini ta’minlash garovidir. Qotib qolgan aqidalardan xalos etilgan va
hayot chig‘irig‘idan o‘tgan estetik nazariya san’atga ma’muriy-buyruqbozlik usuli orqali
rahbarlik qilishga amalda qarama-qarshi tura oladi.
Estetik nazariya jamiyat hayotining barcha jabhalariga kirib boradi va ularni ma’naviy
boyitadi, ijtimoiy- ma’naviy ishlab chiqarishning muhim omili sifatida yoshlarning, xususan
bo‘lajak huquqshunoslarning estetik madaniyatini shakllantiradi. Ayni mahalda u jamiyat estetik
ongining tarkibiy qismiga aylanadi, jamiyat umumiy taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shadi.
Shunday qilib, estetika fanining predmeti va vazifalarini ko‘rib chiqqanimizdan so‘ng
mazkur xulosalarga kelishimiz mumkin: estetika fanining jamiyat hayotida tutgan o‘rni quyidagi
vazifalari bilan belgilanadi:
1.
tasviriy vazifasi;
2.
normativ vazifasi;
3.
ijodiy vazifasi;
4.
ma’lumot berish (bilish) vazifasi;
5.
didaktik (tarbiyaviy) vazifasi;
6.
dunyoqarash vazifasi.
SHunday qilib, estetika fani va o‘quv darsi voqelikni estetik mushohada qilish va badiiy
ijod jarayonlari uzviy mutanosibligini namoyon qiladi va ifodalaydi. Boshqacha qilib aytganda,
estetika – bu nafosat olami, san’ati va badiiy ijod jarayonlari qonuniyatlarini his-tuyg‘u, sezgi-
idrok vositalari orqali o‘rganadigan va o‘rgatadigan fandir.