Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmu
16-MAVZU. ESTETIKA: ESTETIKANING PREDMETI, MAQSADI VA VAZIFALARI 237
ajratib ko‘rsatsa bo‘ladi. Birinchisi – Vizantiya, ikkinchisi – G‘arbiy Yevropa, uchinchisi –
sharqiy hudud – Qadimgi Rus. Vizantiyada estetik qarashlar xristian madaniyatida badiiy
tasvirlarning roli haqidagi bahs-munozaralarida shakllanib borgan.
G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida bu davrda san’at asarlarida badiiy ijodning real
dunyoga e’tibori kuchayishini ko‘rish mumkin.
Qadimgi Rus badiiy ongida erkinlik, oddiylik namoyon bo‘ladi.
Insonning dunyoga e’tiborining kuchayishi, go‘zallikni hissiy idrok etishdan zavqlanishi
Uyg‘onish davrining yangi madaniy paradigmasi vujudga kelishi uchun asos bo‘ldi.
G‘arb Uyg‘onish davrida estetik qarashlar yangicha ijtimoiy munosabatlarning ta’siri
ostida rivojlana bordi. Insonparvarlik g‘oyalari tarqalib borgani sari, ilm-fan, adabiyot va san’at
muvaffaqiyatlarga erishib borgani sari estetik qarashlar va g‘oyalar ham rivojlanib bordi.
Bu davr estetikasining muhim xususiyati – uning insonparvarlik ruhi bilan sug‘orilganligi
va badiiy amaliyot bilan bog‘liq ekanligi.
Uyg‘onish davri mutafakkirlari Leonardo da Vinchi, Rafael Santi, Mikelanjelo, Dyurer,
Servantes, Shekspir estetik tafakkur taraqqiyotiga katta hissa qo‘shdilar. Ular shu bilan birga
buyuk san’at asarlari yaratdilar. Buyuk musavvir Leonardo da Vinchi dunyoni bilishda
san’atning ahamiyatini ta’kidlab o‘tadi. U o‘zining estetik qarashlari bayon etilgan risolalaridan
birida ko‘rsatib o‘tishicha, san’at narsalarning o‘ziga xos sifatlarini, ularning go‘zalligini izlab
topadi va ommalashtiradi. San’at voqelikning in’ikosi, ijodiy qayta takrorlash jarayonidir.
Klassitsizm estetikasi ham estetik tafakkur taraqqiyotida o‘z o‘rniga ega bo‘ldi.
Bualoning “Nazm san’ati” risolasi klassitsizm estetikasi mohiyatini ochib beradi. Unga ko‘ra
barcha ijodkorlar klassitsizm ishlab chiqqan aqida qoidalariga bo‘ysunishi shart bo‘lgan.
Ijodkorning erkinligi cheklangan. Klassitsizm estetikasi badiiy ijod bilan shug‘ullanuvchilarni
qoidalar bilan belgilab qo‘yilgan qolipdan chiqmaslikka, oldindan tanlab qo‘yilgan va
mavhumlash-tirilgan mavzu chegarasidan o‘tmaslikka mahkum etadi. Klassitsizm vakillari
yuksak san’at aslida takomil va go‘zal bo‘lgan, ijobiy estetik qiymatga ega bo‘lgan hodisalarni
o‘z asarlarida aks ettirishi kerak deb hisoblaydilar. Klassitsizm uslubida juda ko‘p asarlar
yaratilgan bo‘lib, ular jahon san’ati namunalaridandir. Lekin san’at taraqqiyotini faqat chiroyli
va yuksak mavzu tomon yo‘nalti-rish uning ko‘lamini cheklab qo‘ydi.
Estetik fikrlar keyinchalik nemis klassik falsafasida ri-vojlantirildi. Ayniqsa, I.Kant va
Gegel o‘z falsafiy sistemalari doirasida, estetik munosabat, did, ulug‘vorlik, go‘zallik masalalari-
da birmuncha qimmatli fikrlarni ilgari surdilar.
Masalan, Kant fikriga ko‘ra, did birgina odamga xos bo‘lgan tug‘ma qobiliyatdir, u shu
qadar yakka hodisadirki, uni inkor etib bo‘lmaydi.
Kant, shuningdek, ulug‘vorlik nazariyasini rivojlantirdi. U ulug‘vorlik va go‘zallikning
barcha o‘xshash va farqli tomonlarini ko‘rsatib berdi.