18-MAVZU. ESTETIKANING ZAMONAVIY MUAMMOLARI
271
sohasida ko'proq aks etadi, degan javob berishgani ham fikrlarimizni isbotlaydi. Biroq, endilikda
estetik tarbiyaning shunday vositalari mavjudki, uning ma'naviy jarayonlarga ko'rsatayotgan
global ta'siriga befarq bo'lish aslo mumkin emas. Ana shunday ta'sirlardan
biri - bu elektron
axborot vositalardir. Bu borada “Yuksak ma'naviyat – yengilmas kuch” asarida qayd etib
o'tilganidek, “Bugungi kunda ular bir vaqtning o'zida ham axborot maydoni,
ham ijtimoiy-
siyosiy, ma'naviy-ma'rifiy minbar, shu bilan birga, insonga madaniy,
badiiy-estetik oziq
beradigan va hordiq chiqaradigan makon vazifasini bajarmoqda.” Aytish mumkinki, axborot va
kommunikatsiya texnologiyasi bugungi kunda insoniy va iqtisodiy taraqqiyotning muhim
vositasiga aylanishi natijasida odamlarning turmush tarzini, o'zaro
aloqasini xatto tashqi
ko'rinishini ham tubdan o'zgarishiga olib keldi. Statistik ma'lumotlarga ko'ra, 50 millionli
auditoriyani radio 38 yilda, televidenie 13 yilda, internet esa bor-yo'g'i 4 yilda egallab olar ekan.
Shunisi hayratlanarliki, 1998 yilda internetdan 143 million kishi foydalangan bo'lsa, 2001 yilda
ularning soni 700 millionga yetgan. Bugungi kunga kelib esa internetdan foydalanayotganlar 1,5
mlrddan oshib ketdi. Bu borada uyali telefon xizmatini aytmasa ham bo'ladi... Biroq, elektron
axborot vositalari qanday xususiyatga egaki, uning ta'sir doirasi bunchalik tez yoyilmoqda? Bu
borada mutaxassislarning fikriga ko'ra, avvalo: - narxining arzonligi; - asosiy mahsulot – bilim,
axborot,
moda va imidj; - yangi iqtisodiyot - u axborotga ega bo'lishni xoxlaydigan odamlarga
imtiyoz bag'ishlaydi; - chinakam global xarakterga ega ekanligi. Ahamiyat berilsa,
yuqorida
ko'rsatib o'tilgan xususiyatlarning barchasi yoshlarning manfaatiga, tuyg'ulariga va
dunyoqarishiga mos keladi. Bu xususiyatning barchasi birgina internetda jamlaganligiga e'tibor
beradigan bo'lsak, yoshlarning estetik tarbiyasidagi o'zgarishga bo'ladigan ta'sir san'at va
adabiyotdanda ko'lamliroq ekanligiga shubha qilmasa ham bo'ladi.
Dostları ilə paylaş: