Septik endokardit simptomatologiyasi Abdullah Abdusalamov



Yüklə 3,56 Mb.
səhifə2/3
tarix16.12.2023
ölçüsü3,56 Mb.
#181621
1   2   3
Infeksiyon Endokardit

Infeksion endokarditning rivojlanish bosqichlari tanadagi a’zolar tizimining qay darajada shikastlanishi bilan bog‘liq. Agar xastalik sababi virulent – patogen infeksiya bo‘lsa, endokarditning o‘tkir kechishi kuzatiladi. Bunda bemorlar qaltiraydi, kuchli terlash holati ro‘y beradi, tana harorati juda ham baland bo‘ladi. Bunda yurak va ichki a’zolar shikastlanib, 1-2 oy davomida zo‘rayib boruvchi yurak-tomir hamda nafas yetishmovchiligi, jigar, taloq va buyrak faoliyati izdan chiqishi yoki bosh miya tomirlarida trombo emboliya holati ro‘y beradi. Bunday holatlarda bemorning hayoti xavf ostida qoladi.

Kasallikning o‘rtacha o‘tkir kechishida esa umumiy holsizlikcharchoq, ishtaha pasayishi, ozish, bosh og‘rig‘i, terlash va ish qobiliyatining pasayishi kuzatiladi. Bemorlarning taxminan uchdan bir qismida infeksion endokardit ko‘pincha anginazotiljam, yiringli otit, siydik yo‘llari infeksiyasi, bola oldirish (abort qildirish) yoki tug‘ruqdan keyin rivojlanishi mumkin. Ayrimlarda bu xastalik gemorragik belgilar (masalan oshqozon-ichak yoki burundan qon ketishi) bilan boshlansa, boshqa bir xil kishilarda esa septik gepatit, o‘pka abssessi, tromboembolik bo‘yin venalarining shishishi bilan kuzatiladi. Kasallikning boshlang‘ich davrlarida bemor terisi rangpar, kulrang, kechki davrlarda esa “sutli qahva” rangida bo‘lishi mumkin.

Infeksion endokarditda mayda tomirlar devori shikastlanishi sababli ko‘z qovoqlarida, qattiq va yumshoq tanglayda, bo‘yinda, ko‘krak, bilak va qo‘l-oyoq kaftlarida ko‘kimtir dog‘lar paydo bo‘ladi va ularda qontalashlar kuzatiladi. Ba’zi bemorlarning bo‘g‘imlarida og‘riq turadi, ya’ni mayda yoki yirik bo‘g‘imlarida artrit rivojlanadi. Umuman olganda infeksion endokarditning asosiy belgisi yurak shikastlanishi bo‘lib, bu xol ko‘krak sohasida stenokardiya yoki miokard infarktiga o‘xshash og‘riq bilan ifodalanadi.

Infeksion endokarditning dastlabki bosqichlari turli bemorlarda turlicha boshlanadi. Masalan: Kasallikning asta-sekin boshlanishida bo‘shashish, o‘zini yomon his etish, bosh va bo‘g‘imlarda og‘riq turishi holatlari ro‘y beradi. Bu vaqtda infeksion endokarditni ayrim kasalliklar (ya’ni revmatizm, aorta qopqoqlari yetishmovchiligi, perikardit, poliserozit, bo‘g‘im kasalligi singarilar) dan farqlash lozim. Endokardit o‘tkir yuqumli kasallikka o‘xshash holatda boshlanganda bemor kuchli terlaydi, titraydi va tana harorati baland ko‘tariladi. Shunday paytda infeksion endokarditni gripp, terlama, bezgak kabi yuqumli xastaliklardan ajrata bilish muhim. Xastalik tromboembolik asorat bilan (ko‘pincha miya, taloq, buyrakda) boshlanganda uni buyrak tosh kasalligi bilan adashtirmaslik kerak. Infeksion endokardit o‘tkir glomerulonefrit, tizimli qizil yugurik, bezgak, brutsellyoz, zahmli aortit belgilari bilan yuzaga kelishi yoki kamqonlik va taloq kattalashishi bilan kechadigan “gematologik niqobli” bo‘lishi ham mumkin. Shunday holatlarda bu kasallikni qon tizimining boshqa ko‘plab xastaliklaridan farqlab olish zarur.


Yüklə 3,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin