Muvofiqlikni tasdiqlash xalqaro savdoni rivojlanishida ko‘maklashish ahamiyatiga molikdir. Lekin, majburiy sertifikatlashtirish sertifikatlashtirishning texnik to‘siqlarida ma’lum bo‘lishi mumkin. Texnik to‘siqlarni bartaraf etish savdoda muvofiqlikni tasdiqlash bo‘yicha ishlar natijalarini o‘zaro tan olish to‘g‘risidagi kelishuvni osonlashtiradi, ya’ni mamlakatlar soniga bog‘liq holda, boshqa tomonlar faoliyati natijalarini bir tomonlama, ikki tomonlama va ko‘p tomonlama tan olish bo‘lishi mumkin.
Tan olish bo‘yicha kelishuv, ya’ni boshqa tomonlama taqdim qilingan muvofiqlikni baholash tizimlarida o‘rnatilgan funksional elementlarining bir nechtasi yoki bittasini qo‘llashdan olingan bir tomonli natijalarni qo‘llash asosida kelishuv deb yuritiladi.
Bu muvofiqlikni tasdiqlash natijalarini tan olishning mazmuni umumiy natijalarga aloqadorlik, nafaqat sinovga (sinov bo‘yicha kelishuv) yoki faqat nazoratga (nazorat bo‘yicha kelishuv) sifatida tan olish mumkin. Tan olish bo‘yicha kelishuv xalqaro, xududiy va milliy darajalarda yakunlanadi.
Bir tomonlama kelishuv bir tomon ishlarining natijalarini ko‘p tomonli qabul qilishdan iborat bo‘ladi.
Ikki tomonlama kelishuv mazmuni, o‘zaro tan olish bo‘yicha kelishuv bo‘lib, u har bir tomon ishlari natijalarini boshqa tomonlar qabul qilinishini qamrab oladi.
Ko‘p tomonlama kelishuv bu ishlar natijalarini ikki tomondan ko‘proq o‘zaro tan olish to‘g‘risidagi kelishishdir.
Oxirgisiga aloqador kelishuv, ya’ni standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va akkreditlashtirish bo‘yicha Yevroosiyo doirasida davlatlararo kengashi 1992 yilda MDH mamlakatlarining hukumatlari Kelishuv qabul qilishdi.
Tarifsiz to‘siqlar va ularni bartaraf etish yo‘llari bilan bog‘liq muammolar Savdoda texnik to‘siqlar (STT) bo‘yicha Kelishuvda o‘z aksini topdi. Sertifikatlashtirish sohasida to‘siqlar Kelishivida muvofiqlikni baholash va baholash natijalarini tan olish jarayonlari masalalariga to‘xtalib o‘tildi. Ichki tovarlarni ishlab chiqarish uchun va import qilinayotgan mahsulotlar uchun eng maqbulidan kam bo‘lmagan tartib yaratishi lozimligining umumiy tamoyillari Kelishuvida ifoda etilgan.
O‘zbekiston uchun sertifikatlashtirish milliy tizimida BSTga qabul qilish yo‘li bo‘yicha harakatiga imkon beruvchi STT/BST o‘rnatilgan qoidalar qabul qilindi va buning uchun asosiy bandlardagi quyidagi masalalarni hal qilinishi lozim:
xalqaro muvofiqlikni tasdiqlash tizimlarida va mahsulot muvofiqligini baholash sohasidagi muammolar bilan shug‘ullanuvchi xalqaro tashkilotlar ishlarida qatnashish;
muvofiqlikni tasdiqlash va sinov natijalarini o‘zaro tan olish to‘g‘risida xorijiy mamalakatlar milliy idoralari bilan kelishuvlarni kiritish;
O‘zbekiston Respublikasi sertifikatlashtirish milliy tizimidagi sertifikatlashtirish idoralari va sinov laboratoriyalarini xorijiy akkreditlashtirish;
sertifikat va sinov bayonnomalarini o‘zaro tan olish bo‘yicha xorijiy milliy idoralar va mahalliy idoralarni o‘zaro kelishuvini tuzish;
akkreditlash bo‘yicha milliy idora xalqaro kelishuvda ya’ni (sertifikatlashtirish idoralarini akkreditlashtirish bo‘yicha xalqaro form) va ILAC (laboratoriyalarni akkreditlashtirish bo‘yicha xalqaro konferensiya) ga to‘la huquqli a’zo sifatida bo‘lishi.
Sertifikatlashtirishning asosiy tashkiliy va uslubiy tamoyillari quyidagilar bo‘lib hisoblanadi:
sertifikatlashtirish ob’yektlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ishonchliligini ta’minlash;
iste’molchilar va ishlab chiqaruvchilardan mustaqillik va xolisonalik;
xorijiy murojaatchilarga munosabat bo‘yicha kamsitish, huquqlarini chegaralashni istesno qilish;
murojaatchining sinov laboratoriyasi va sertifikatlashtirish idoralarini tanlash huquqi;
sertifikatlashtirish natijalari yoki muvofiqlik sertifikati (belgisi) muddatini tugashi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni aniq va ravshanligi;
sertifikatlashtirish ob’yekti xususiyatlarini, uni ishlab chiqarish va iste’molini hisobga olib ko‘p qirrali va mohirona sinov usullari;
sertifikatlashtirish faoliyatida qo‘llanmalar va xalqaro ISO/MEK turkumli standartlar, EN 45000 turkumli Yevropa normalari va boshqa xalqaro hujjatlardan foydalanish;
O‘zbekistonda qatnashuvchi turli xil kelishuvlar asosida xorijiy akkreditlangan sertifikatlashtirish idoralari va sinov laboratoriyalarini, muvofiqlik sertifikati va belgisini tan olish;
savdo sirlaridan tarkib topgan ma’lumotlar maxfiyligiga rioya qilish;
zaruriyat bo‘lgan holatlarida sertifikatlashtirish ishlariga iste’molchilar jamiyatini jalb qilish.
Mahsulotni sertifikatlashtirish tizimining tashkiliy tuzilmasi 1.6-rasmda keltirilgan.
Baholash bo‘yicha ishlarni bazaviy bosqichi bo‘lib mahsulot namunasini tanlash va sinash, sifat menejmenti tizimi (ishlab chiqarish)ni baholash va auditi, sertifikatlashtirilgan mahsulot va uni ishlab chiqarish inspeksion nazorati hisoblanadi. U yoki bu ishlarda aniqlangan ketma-ketlikda va sxemani aniqlash (xorijda - modul) muvofiqlikni tasdiqlash qo‘llanilib va shuningdek, amaldagi milliy qonunchilikni hisobga olib sertifikatlashtirish idorasi yoki deklaratsiyalash tashkiloti bularni tanlaydi.