Setup dasturi yordamida kompyuterlarni sozlash



Yüklə 0,71 Mb.
səhifə8/26
tarix12.05.2022
ölçüsü0,71 Mb.
#57664
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   26
1 - Laboratoriya mashg‘uloti

Arxivlovchi dasturlar.

Kompyuter texnologiyalar rivojlanishi bilan ma’lumotlar hajmi koʻpayishi boshlangan. Shu sababli yoki kompyuter xotirasini koʻpaytirish yoki ma’lumotlar hajmini kamaytirish ehtiyoji paydo boʻlgan.

Fayllar arxivlanish jarayonida ular ixchamlanadi, siqiladi hamda disk hajmlarini kengaytirishda yordam beradi. Odatda fayllarni arxivlash ularni bir joydan ikkinchi joyga tashqi qurilmalar (disketalar) orqali koʻchirishda, diskda boʻsh oʻrinlar ochishda, elektron pochta orqali katta axborotlarni kichraytirib joʻnatishda bunday fayllar bilan ishlash zaruriyati tugʻiladi. Arxivlash jarayoni faylning qattiq diskda ishdan chiqishi yoki tasodifan faylning oʻchirilishi hollarini oldini oluvchi vosita sifatida ham koʻp qoʻllaniladi.

Arxivator dasturlar - bu kompyuterdagi ma’lumotlar hajmini oʻzgartirib maxsus fayllarga ularni joylashtiradigan dasturlar. Ular hajmni oʻzgartirish tezligi va siqish holatlari bilan ajratiladi. Eng taniqli arxivator dasturlarga ARJ, RAR va ZIP – UNZIP lar kiradi.



Arxiv turlari. Hajmi oʻzgargan ma’lumotlar saqlovchi fayl - arxiv deb nomlanadi.

Arxiv faylning nomi asosan 8 harfdan iborat buladi. Uning kengaytmasi esa asosan 3 harfdan iborat boʻlib, u qaysi dasturda yaratilganligini koʻrsatadi. Masalan: kitob.arj yoki dastur.rar.

Arxiv fayldagi ma’lumotlarni koʻrish va ishga tushirish uchun biz shu arxivni arxivator dasturi yordamida ochishimiz zarur. Ammo shunday arxivator dasturlar ham mavjud, ular arxivlardagi ma’lumotlar bilan arxivni ochmasdan ishlash imkoniyatini yarata oladilar (ZIPMAGIC dasturi).


Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin