Yorugʻlik
Yorugʻlik —
inson
koʻzi
sezadigan (tebranish chastotasi 4,0YU14—7,5YU14 Gs) elektromagnit
toʻlqinlar. Bu vakuumdz. toʻlqin uzunligi ~ 400 Nm dan ~ 760 Nm gacha boʻlgan
toʻlqinlar
uzunligiga
moye keladi. Spektrning infrakizil
nurlanish
va ultrabinafsha nurlanish sohalari
ham Yorugʻlik deb ataladi. Spektrning infraqizil nurlanish sohasi bilan rentgen nurlari orasida
keskin chegara yoʻq. Turli yoritqichlar (Quyosh, yulduzlar, elektr lampochkalar va boshqa)
Yorugʻlik chiqaradi. Yorugʻlik toʻlqin xossaga hamda korpuskulyar xossaga ega. Baʼzi
hodisalar (difraksiya, interferensiya, qutblanish)da Yorugʻlikning toʻlqin xossasi, boshqa
hodisalar (fotoeffekt, lyuminessensiya, atom va molekulalar spektrlari)da korpuskulyar
xossasi namoyon boʻladi. Yorugʻlikning toʻlqin xossasini toʻlqinlar nazariyasi, korpuskulyar
xossasini
kvant
nazariya tavsiflab beradi; har ikkala xossasi birbirini toʻldiradi. Yorugʻlikning
korpuskulyar nazariyasini I. Nyuton, toʻlqin nazariyasini X. Gyuygens, kvant nazariyasini A.
Eynshteyn ishlab chiqqan. Yorugʻlik qonuniyatlari optikayaa oʻrganiladi. Yorugʻlik bosimi, yaʼni
mexanik taʼsiri borligini J. K. Maksvell nazariy isbotlagan. Yorugʻlikning issiqlik, elektr,
fotokimyoviy va b. taʼsirlari mavjud. Baʼzi qoʻngʻizlar, oʻsimliklar, elementlar ham oʻzidan
Yorugʻlik chiqaradi.
Yorugʻlik birliklari — Yorugʻlik kuchi,
yoritilganlik, ravshanlik, Yorugʻlik oqimi va b. yoruglik
kattaliklari birliklari. Xalqaro birliklar tizimit Yorugʻlik kuchi birligi sifatida kandela ishlatiladi.
Yorugʻlik oqimi birligi qilib lyumen qabul qilingan. Sirtning yoritilishi sirtga tushayotgan
Yorugʻlik oqimi, yaʼni Yorugʻlik kvanti zichligi bilan aniqlanadi. 1 sm2 sirtga tushayotgan 1
lyumen Yorugʻlik oqimi fot (f) bilan ifodalanadi. Fot bilan bir qatorda radfot (radiatsiya)
ishlatiladi. Ravshanlik sirtga tik tushayotgan Yorugʻlik kuchi bilan oʻlchanadi; ravshanlik birligi
— stilb (sb). Fotometriyada Yorugʻlik energiyasi joul, Yorugʻlik oqimi vattlar bilan oʻlchanadi.
Yorugʻlik bosimi — Yorugʻlikning uni qaytaruvchi va yutuvchi jismlarga, zarralarga, shuningdek,
ayrim molekula va atomlarga koʻrsatadigan taʼsiri. Yorugʻlik bosimi haqidagi farazni birinchi
marta 1619 yilda I. Kepler kometa dumlarining Quyosh yaqinidan uchib oʻtishidagi ogʻishini
tushuntirish uchun ishlatgan edi. 1873 yilda J. K. Maksvell elektromagnit nazariya asosida
Yorugʻlik bosimi kattaligini hisoblab chikdi. U eng kuchli Yorugʻlik manbalari (Quyosh, elektr
yey) uchun ham juda kichik miqdor ekan. Yer sharoitida u yonaki hodisalar (konveksion toklar,
radiometrik kuchlar) bilan niqoblanadi. Shu sababli, Yorugʻlik bosimini sof holda oʻlchash
murakkab ish. Uni birinchi marta 1899 yilda
P. N. Lebedev
tajribada anikdagan. Uning olgan
natijalari J. K. Maksvellning hisoblashlariga moye kelgan edi. U Yorugʻlikning gazlarga
beradigan bosimini oʻlchash mumkinligini 1908 yilda isbotladi. Dumli yulduzlar Yorugʻlik
bosimi taʼsirida paydo buladi, deb taxmin qilinadi. Elektromagnit nazariyaga kura, jism sirtiga
tik tushuvchi yassi elektromagnit toʻlqin yuzaga keltiruvchi bosim elektromagnit energiyaning
sirt yaqinidagi zichligi i ga teng . Ushbu energiya jismga tushuvchi va undan qaytuvchi
toʻlqinlar energiyasidan tashkil topadi. Agar jism sirtining 1 sm2 ga tushuvchi elektromagnit
toʻlqin quvvati Q erg/sm2s, qaytarish koeffitsiyenti R boʻlsa, u holda sirt yaqinida energiya
zichligi u=Q(h+R)/c. Bundan Yorugʻlikning jism sirtiga bosimi P=Q(h+R)/c boʻladi. Yorugʻlik
bosimi koʻlamlari birbiridan jiddiy farq qiluvchi astrofizika va atom sohalarida juda muhimdir.
Lazerlar paydo boʻlishi bilan Yorugʻlik bosimidan turli sohalarda foydalanish imkoni keskin
kengaydi (qarang
Kompton effekti
,
Myossbauer effekti va b
.). Yorugʻlik vektori (Yorugʻlik
maydon nazariyasida) — Yorugʻlik energiyasining kattaligini va koʻchirilish yoʻnalishini aniklab
beruvchi Yorugʻlik oqimi zichligini ifodalaydigan vektor. U fotometriyada amaliy ahamiyatga
ega, uning yordamida Yorugʻlikning hajm zichligi, Yorugʻlik oqimining yutilishi, sirtning
yoritilganligi va b. aniklanadi. Yorugʻlik kvanti —
foton
energiyasi. Yorugʻlik toʻlqin
tarqatish
bilan birga korpuskulyar, yaʼni kvant tabiatga ham ega boʻlishini M. Plank isbotlagan. Plank
nazariyasiga koʻra, Yorugʻlik moddaning atom, molekulalaridan uzluksiz oqim tarzida emas,
balki aniq miqdordagi ayrim ulushlar tarzida chiqadi va ularga shunday ulushlar tarzida
yutiladi. Bu ulushlar kvantlardir. Fotoeffekt hodisasini shu nazariyaga asoslanib tushuntirish
mumkin. Kvant mexanika qonunlari ham shu nazariyaga asoslangan. Yorugʻlik kuchi —
koʻrinuvchi nurlanish manbaining muayyan yoʻnalishda yorugʻlanishini ifodalaydigan Yorugʻlik
kattaligi. Yorugʻlik manbaidan fazoviy burchak birligi O.da tarqalayotgan Yorugʻlik oqimi F ni
ifodalaydi: /=FD2. Xalqaro birliklar tizimi SIda kandela (kd) Yorugʻlik kuchi oʻlchov birligi deb
qabul qilingan. Yorugʻlik kuchini aniqlash yoritish texnikasida (uyjoylarni yoritish), tibbiyotda
(yorugʻlik bilan davolash), i. t. ishlarida amaliy ahamiyatga ega. Yorugʻlik oqimi. Yorugʻlik
energiyasini sezishda, tabiiyki, koʻz alohida ahamiyatga ega. Inson koʻzining turli rangdagi
Yorugʻlikni sezish qobiliyati ham turlicha. Shuning uchun biror sirt orqali oʻtayotgan
Yorugʻlikning toʻlqin energiyasi emas, balki bu Yorugʻlik energiyasining bevosita koʻzga taʼsir
etib koʻrish sezgisi uygʻotadigan qismi ahamiyatli. Biror sirt orqali vaqt birligi ichida oʻtadigan
va koʻrish sezgisi bilan baholanadigan yorugʻlik energiyasi Yorugʻlik oqimi deb ataladi, yaʼni F=
W/t, bunda F — Yorugʻlik oqimi; t — Yorugʻlik tushayotgan vaqt oraligʻi; W — sirt orqali
oʻtayotgan, yaʼni fazoviy burchak O. da tarqalayotgan Yorugʻlik energiyasi. Agar W — nuqtaviy
manbadan barcha yoʻnalishlar boʻyicha tarqalayotgan Yorugʻlik energiyasini ifodalasa, F —
toʻla Yorugʻlik oqimini bildiradi. Yorugʻlik oqimining oʻlchov birligi qilib lyumen (lm) qabul
qilingan. U Yorugʻlik kuchi 1 qd boʻlgan manbaning fazoviy burchak 1 sr da hosil qiladigan
Yorugʻlik oqimini ifodalaydi: 1 kd1 sr=1 lm. Yorugʻlik energiyasi — inson koʻzi sezadigan
elektromagnit toʻlqinlar energiyasi qismi. U Yorugʻlik oqimining yoritish davomliligiga
koʻpaytmasiga teng. Yorugʻlik energiyasi birligi — lyumen x xsekund (lms).
[1]
Yorugʻlikning quyidagi xossalari ajratib koʻrsatiladi:
Intensivlik
Chastota
Qutblanish
Yorugʻlik muammolari bilan
fizikaning
optika
boʻlimi shugʻullanadi.
Asosiy maqola:
Yorugʻlik tezligi
Yorugʻlikning
vakuumda
tarqalish tezligi 299 792 458 m/s dir. Boshqa muhitlarda yorugʻlik
sekinlashadi.
Yorugʻlik tezligi
Fazoviy vakuumda
Yerdan
Oygacha
masofani bosib oʻtayotgan yorugʻlikni koʻrsatuvchi tarx (~ 1.2 soniyada).
Manbalar