Bilish jarayonlari SEZGI, DIQQAT, IDROK
Kognitiv bilish jarayonlar - bu atrof-muhitdan ma'lumot va bilimlarni olish, saqlash va ko'paytirishni ta'minlaydigan aqliy jarayonlardir. Diqqat
Diqqat ongning bir nuqtaga qaratilishi bo`lib, shaxsning aktivligini hamda uning obyеktiv borliqdagi narsa va xodisalarga tanlovchi munosabatini xaraktеrlaydi. Diqqat bo`lmasa, aniq maqsadga qaratilgan faoliyat ham bo`lmaydi.
Diqqat ma`lum nerv markazlarining qo`zg`alishi va miyadagi boshqa nerv markazlarining tormozlanishi bilan bog`liqdir, bu esa obyekt uchun ahamiyatli bo`lgan qo`zg`atuvchilarni ajratishni, ya`ni psixik faoliyatning yo`naltirilishini ta`minlaydi.
Diqqat omillari: Birinchi guruh qo'zg'atuvchining tabiati bilan bog'liq. Avvalo, qo'zg'atuvchi yetarlicha kuchli bo'lishi, xamda yo'naltiruvchi refleks (“Bu nima" refleksi) ga asoslangan yangilik, g'ayrioddiylik omili.
Ikkinchi guruh qo’zgatuvchi va inson ehtiyojlarining ma'lum nisbati bilan bog'liq (tashqi muhitga emas, balki sub'ektning o'ziga bog'liq bo'lgan omillar - uning ehtiyojlari, qiziqishlari).
Uchinchi guruh omillari - bu diqqatning inson faoliyatining tarkibiy tashkil etilishiga bog'liqligi. Diqqat birinchi navbatda ma'lum maqsadga qaratilgan harakatga qaratiladi.