Sezgi idrok jarayonlar rivojlanishi



Yüklə 43,42 Kb.
səhifə2/4
tarix18.12.2023
ölçüsü43,42 Kb.
#184344
1   2   3   4
SEZGI IDROK JARAYONLAR RIVOJLANISHI

Qo`zg`ovchi

Bosh miyaning
Katta yarim sharlar po`stlog`i
(po`stloq bo`limi)
jarayon
Fizik jarayon (qo`zg`alish) Psixik

Sezish organi


Jarayon – tashqi
Markazga qo`zg`alish
intiluvchi energiyasini
nervlar ongning
Markazdan mas’ulligiga
qochuvchi aylanadi
nervlar

Qayta aloqa kanali


Sezgi jarayoni ob’ektiv olamni to`g`ri aks etishini ta’minlovchi tashqi qo`zg`atuvchilarni tanlash va energiyani qayta ishlovchi sensor harakatlar tizimidan iboratdir.


Sezgilarni o`ta miqdorda ko`pligi, hamda tashqi olam energiyasini ong hodisasiga aylanishi haqida aniq fikrlarni I.M.Sechenov bergan. Agar insonni uyg`oq vaqtini o`rta hisobda 12 soat deb olinadigan bo`lsa va har bir faza bo`yicha o`rta sonni oladigan bo`lsak, ko`rish sezgisini 5 qismchalarga bo`lsak, ko`z orqali 8 ming sezgi, quloqdan undan kam emas, muskullar harakatida esa undan ham sezgi yuzaga kelar ekan. Bir haftada u 56 ming, 1 oyda 204 mingni, 1 yilda 2 millionga yoqin sezgi hosil bo`ladi.
Idrokda esa doimo idrok etuvchi shaxsning hislatlari uning idrok etayotgan narsalariga munosabati, kishining extiyojlari, qiziqishlari, intilishlari, istaklari va his – tuyg`ulari u yoki bu tarzda aks etadi.
Idrok - bu narsa va hodisalarni bizni sezgi organlarimizga ta’sir etishi asosida ularni yaxlit obrazlarining yuzaga kelish jarayonlaridir. Idrok qiziqishlarimiz va irodamiz bilan qanday darajada bog`liqligiga ko`ra ixtiyoriy va ixtiyorsiz idrokka ajratilishi mumkin. Ixtiyoriy idrok kuzatishda yaqqol namayon bo`ladi. Kuzatish bu ma’lum anik anglashgan maqsad bilan qilinadigan hamda ixtiyoriy diqqat yordamida amalga oshiriladigan ixtiyoriy rejali idrokdir.
Psixologlarning fikricha inson nimaniki idrok qilsa, uni figura va fonda idrok qiladi. Figura shunday narsaki, uni aniq anglash, ajratish, ko`rish, eshitish va tuyush mumkin. Fon esa aksincha, noaniqroq, umumiyroq narsa bo`lib, aniq ob’ektni ajratishga yordam beradi. Masalan: gavjum bozorda ketayotgan taqdirda ismimizni birov aytib chaqirsa, darrov o`sha tarafga qaraymiz. Ism – figura bo`lsa, bozordagi shovqin-suron – fon rolini o`ynaydi. Idrok sezgi jarayonlaridan tashkil topadi. Sezgilar yaxlit tarzda idrok jarayonini ta’minlaydi. Idrok ongli, maqsadga qaratilgan murakkab jarayon bo`lib, unda shaxsning u yoki bu ob’ektga shaxsiy munosabati va idrokdagi faolligi aks ettiriladi.
2. Sezgilar uchun quyidagi xususiyatlar xos – adaptatsiya, sensibilizatsiya, senesteziya.
Adaptatsiya - sezgi organlarini ularga ta’sir etuvchi stimullarga moslashishi, bunda ularning aks etilishini yaxshilashni yoki ortiqcha og`irlikdan xolos etilishi nazarda tutiladi (Qorang`ulik, yorug`likka moslashish).

Yüklə 43,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin