Sferik geometriya haqida ma’lumotlar. Al-farg’oniyning sferik trigonometriyaga qo’shgan hissasi Reja



Yüklə 66,92 Kb.
səhifə1/3
tarix16.12.2023
ölçüsü66,92 Kb.
#182869
  1   2   3
Sferik geometriya haqida ma’lumotlar


Sferik geometriya haqida ma’lumotlar. Al-farg’oniyning sferik trigonometriyaga qo’shgan hissasi
Reja

  1. Sferik geometriya haqida ma’lumotlar

  2. Sfera va uning elementlari

  3. Al-Farg’oniyning sferik trigonometriyaga qo’shgan hissasi



Sferik geometriya haqida ma’lumotlar

Tarixiy ma’lumotlar. Sferik trigonometriya [yunoncha trigonon “uchburchak” + metron “o’lchov”.,= uchburchaklarni o’lchash] sferik geometriyaning uchburchak tomonlari va burchaklari orasidagi munosabatlarni, trigonometrik funksiyalar xossalarini o’rganuvchi bo’limidir. Sferik trigonometriya ko’p asrlardan buyon rivojlanib, ravnaq topib kelmoqda. Uning kundalik hayotimizdagi ahamiyati ulkan va davomlidir. Sferik trigonometriya bilan yassi (tekislik) trigonometriya o’rtasida farq mavjud, ya’ni biz maktab kursida o’rgangan trigonometriya sferik trigonometriyaning hususiy holi hisoblanadi. Aslini olganda biz uchun odatiy bo’lib ko’ringan yerdagi tekislik ham sfera sirtida ekanligiga ko’p ham e’tibor beravermaymiz. Bunga keyinroq batafsil to’xtalib o’tamiz.


Sferik trigonometriyani o’rganish o’ziga xos tarixga ega va asosiy ikkita muhim burilish mavjud. Birinchidan, astronomiya fani sferik trigonometriyani o’rganishga turtki bergan bo’lsa, so’ngra Greklar tomonidan bu yanada rivojlantirildi. Sfera haqida matematik kashfiyotlar II asrlarda qilingan degan taxminlar bor, lekin bunga yetarlicha dalillar yo’q. Sferik trigonometriyani o’rganishning ikkinchi bosqichi esa Islom dinining dunyo bo’ylab yoyilishi va so’ngra Makka shahrining qaysi tomonda degan oddiy savolga javob topish davomida vujudga kelgan. Bu fanni rivojlanishiga esa bir necha omillar ta’sir ko’rsatdi. Hususan, navigatsiya sohasidagi yangiliklar, yulduzlar xaritasini tuzish, geografik xaritalar tuzish, quyoshning ko’tarilish va tushish holatlari va vaqtni quyoshga qarab aniqlash borasidagi bilimlarni shakllanishi sferik geometriyaning rivojlanishiga hissa qo’shdi.

Yüklə 66,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin