Sh. I. Mustafakulov, O. A. Raximberdiyev, M. Sh. Egamberdiyeva iqtisodiy atamalarning



Yüklə 3,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/33
tarix28.11.2023
ölçüsü3,99 Mb.
#168794
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   33
Mustafaqulov Sh I va boshq Iqtisodiy atamalarning izohli lugati

25,
35,
60 yoki 70 ta bo'Isa kifoya) sonli sotuvchilar harakat qiladilar. 
Monopolistik raqobatga quyidagi belgilar xos: a) sotuvchilarning 
narx ustidan nazoratijuda cheklangan; b) mahsulot siyosati, o'ralishi, 
joylashtirilishi va xizmatlar to'plami bo'yicha tabaqalashtirilgan. 1. 
Raqobat narxiy va g'ayri-narxiy usullarda olib boriladi. 2. Tarmoqqa 
kirish va chiqish hech qanday qiyinchiliklarsiz amalga oshiriladi.
MONOPOLIYA (yun. tanho sotaman) - iqtisodiyotning biron-bir sohasidagi
tanho hukmronlik. Monopohya ishlab chiqarish vositalari, ish kuchi 
va yaratilgan mahsulotlar asosiy qismining yagona yoki ozchilik 
korxonalar, tadbirkor shaxslar yoki davlat qo'lida to'planishi 
natijasida paydo bo'ladi. Monopol korxonalar hukmronlik 
mavqeyidan foydalanib, sarflarni kamaytirish, monopol baho 
belgilash orqali foyda ko'rish, raqobatning yo'qligi yoki zaifligidan 
bozorda o'z izmini o'tkazishi mumkin. Monopoliya bozor 
munosabatlarini cheklaydi, shu sababli davlatlar antimonopol 
chora-tadbirlar joriy etadilar. Monopoliya o'z tabiatiga ko'ra ishlab 
chiqarishda turg'unlik paydo qiladi, chunki monopol mavqega 
tayanib, sarflarni kamaytirmay foyda ko'rish, raqobatning yo'qligi 
yoki zaifligidan foydalanib, bozorda o'z izmini o'tkazishi mumkin. 
Monopoliya bozor munosabatlarini cheklaydi.
MONOPOLIYADAN 
CHIQARISH 
-
raqobat 
munosabatlarini
rivojlantirishga yo'naltirilgan davlat tomonidan tartib-qoidalarning 
joriy etilishi. Bunda yirik korxonalar va xo'jalik tuzilmalari 
maydalashtiriladi yoki parallel tuzilmalar tashkil etiladi. Shu bilan 
birga, tarmoqqa yangi ishlab chiqaruvchilar kirishi uchun turli xil 
rag'batlantiruvchi sharoitlar yaratiladi.
MONOPSONIYA - bozor holati. Bunda bozorda bir nechta o'zaro raqobat
qiladigan korxonalar tovar ishlab chiqaruvchilar bo'lib, xaridor esa 
tanho bo'ladi. Natijada xaridor hukmini o'tkazib, bozorda yetakchi 
mavqeni egallaydi, ishlab chiqaruvchilarni narxni pasaytirishga 
majbur qiladi.
MOSLASHTIRILGAN TOVAR - tovarning aniq iste’molchilar talab-istaklari
va xususiyatlari, konkret iste’mol sharoitlariga moslashtirilgan 
varianti.


M OTIV - ma’lum ehtiyojlarni qondirish uchun asos bo'ladigan kishining ichki
faoliyat mazmuni.
MOTIVATSIYA - o'z-o'zini va boshqalarni shaxsiy va tashkilot umumiy
maqsadlariga erishishga qiziqtirish (rag'batlantirish) jarayoni. Real 
mehnat xulq-atvorini tushuntirish, asoslab berish uchun sabablar 
(mulohazalar) tanlashga qaratilgan og'zaki xatti-harakatdir.
MOTIVLASHTIRISH - ruhiy omil bo'lib, shaxs faoliyatining manbayi, sababi,
dalili va har xil ehtimollaridir. U xodimlarni jonli mehnat faoliyatiga 
rag'batlantiruvchi kuchli vositadir.
MUALLIFLIK HUQUQI - qonun tomonidan adabiyot asarlari, musiqa,
tasviriy sanat kabi ijodiy ishlaming mualliflariga qaratilgan himoya 
shakli. Mualliflik huquqi egalariga ma’lum ekskluziv huquq, shu 
jumladan, o'z ishlarini nashr qilish, qayta nashr qilish va ko'paytirish, 
o'z asarlarini sotish va nusxalarini tarqatish, ijro etish va yozish 
huquqi beriladi.
MUAMMOLI O'QITISH - o'quv mashg'ulotini tashkil etish shakli bo'lib,
unda pedagog rahbarligida muammoli vaziyat yuzaga keltiriladi va 
uning hal qilinishida ta’lim oluvchilar faol mustaqil harakat qiladilar.
MUAMMOLI SSUDALAR - qaytarilish muddati kelgan, lekin bank mijozining
to'lovga noqobilligi tufayli to'lanmayotgan ssudalardir.
MUDDATI O'TGAN KREDITLAR - kredit shartnomasida belgilangan
qaytarish muddati, shuningdek, 
garchi ularning muddati 
uzaytirilgan bo'lsa, uzaytirish muddati ham tugagan qarzlardir. 
Muddati o'tgan kreditlar iqtisodiy mohiyatiga ko'ra qayta 
rasmiylashtirilgan hisoblanadi. Chunki kredit shartnomasida 
muddati o'tkazib yuborilganligi uchun oshirilgan foiz stavkalarini 
qo'llash ko'zda tutiladi.
MUDDATI UZAYTIRILGAN KREDIT - ayrim hollarda kreditni qaytarish
muddati kelmasdan awal qarzdor tomonidan bankka taqdim etilgan 
iqtisodiy asoslangan yozma iltimosnoma asosida kreditni qaytarish 
muddatini keyinroqqa surish to'g'risida filial kredit komissiyalari 
qarorlari asosida Bosh bank kredit qo'mitasi bilan kelishilgan holda 
ijobiy qaror qabul qilingan qarzlar.
MUDDATLI KREDIT - kredit shartnomasiga ko'ra to'lov muddati hali yetib
kelmagan ssudadir.
MUHOFAZA MUDDATINI UZAYTIRISH - birlik mahsulot uchun zarur
bo'Igan tovar moddiy zaxiralar o'zgarish koeffitsiyentini qoplash 
uchun zarur bo'Igan muddat.
2
9
0


MUHTOJLIK - kishining o'z hayoti va faoliyatida biror narsa yetishmayotgani,
zarur bo'layotganini his qilishi; biror narsaga zaruriyat.
MUJASSAMLASHTIRILGAN MARKETING STRATEGIYASI - korxona
butun marketing kuch-g'ayratini bozorning bir yoki bir necha 
bo'g'iniga mujassamlashtirishdan iborat marketing turi yoki 
strategiyasi.
MUKAMMAL (SOF) RAQOBAT - yuzlab, minglab mustaqil sotuvchi,
xaridorlar mavjudligi hamda ularning erkin ravishda bozorga kirishi 
va undan chiqa olishi bilan tasniflanadigan bozor strukturasi. Ishlab 
chiqaruvchilarning har biri bozorda bir xil mahsulot sotishning 
kichik ulushiga ega bo'lganlari sababli bozor narxiga ta’sir eta 
ololmaydigan, shuningdek, unda bir xil mahsulot sotilgani uchun 
g'ayri-narxiy raqobat usulidan foydalanilmaydi. Amalda mukammal 
raqobat sof holda kam uchraydi. Ammo bir qator tarmoq bozorlari 
mavjud bo'lib, ular nisbatan shunday strukturaga ega. Masalan, 
qishloq xo'jaligi mahsulotlari bozori.
MUKAMMAL BO LMAGAN RAQOBAT - sotuvchi va xaridorlarning soni
cheklanganligi, bozorga kirish va chiqish qiyinligi, ayrim hollarda 
umuman mumkin emasligi, bozor agentlari narx darajasi va ishlab 
chiqarish ko'lamiga tasir eta olishi bilan xarakterlanadigan bozor 
strukturasi. Uning monopolistik raqobat, oligopoliya va monopoliya 
turlari mavjud (ushbu tushunchalarga qarang).
MUKOFOT - tashkilot xodimlariga aniq natija uchun asosiy ish haqidan tashqari
beriladigan qo'shimcha haq.
MULK - birorta narsaga, mulkka egalik qilish; ega bo'lish; mulk, mol-mulk,
ko'chmas mulk. Mulkchilik kishilar o'rtasida ishlab chiqarish 
vositalari va mehnat mahsulini o'zlashtirish yuzasidan paydo bo' lgan 
mulkiy munosabatlardir. Mulkning obyekti fuqaro yaratgan moddiy 
va madaniy boyliklar, tabiat boyliklari, intellektual mehnat mahsuli 
va mehnat qobiliyati hisoblanadi. Jamiyatda mulk turli shakllarda 
namoyon bo'lishi mumkin: xususiy, jamoa, davlat, aralash mulk va 
hokazo.
MULK DAROMADI - mablag' yoki noishlab chiqarish aktivini boshqa
institutsion birlik ixtiyoriga berganlik uchun moliya aktivi yoki 
noishlab chiqarish aktivi sohibi oladigan daromad mulk daromadi 
deyiladi.
MULK OBYEKTI - inson yaratgan moddiy va madaniy boyliklar, tabiat
boyliklari, intellektual mehnat mahsuli va insonning mehnat 
qobiliyati (ish kuchi).
- « а г г а х к к а ? Q 1 ——1
>«»т?5$>вкка#>гь»*—


MULK SOLIG'I - davlat tomonidan yuridik va jismoniy shaxslar (aholi, korxona
va tashkilot) mulkidan majburiy undiriladigan to'lovlar.
MULK SOLIG'I (MULKIY SOLIQ) - o'z tarkibiga ko'chmas mulk (yer,
binolar) solig'i va shaxsiy mulk (asbob-uskunalar, zaxiralar) solig'ini 
oladi. Mahalliy hokimiyat organlari foydasiga hisoblanib, ko'pgina 
mamlakatlarda ular daromadlarining asosiy manbayi hisoblanadi. 
Bizning mamlakatimizda bu soliq yuridik shaxslarning mol-mulki 
va jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqlarga 
bo'lingan.
MULK SUBYEKTI - jamiyatda ma’lum ijtimoiy-iqtisodiy mavqega ega bo'lgan
kishilar bo'lib, ular jamoa, sinf, tabaqa yoki boshqa ijtimoiy 
guruhlarga birlashgan bo'ladi.
MULK UCHUN DAROMAD - hamma sektorlarga tegishli ko'rsatkich.
Har bir birlik mulk uchun daromad olishi va berishi mumkin.
MULKCHILIK - kishilar o'rtasida ishlab chiqarish vositalariga egalik qilish va
yaratilgan mahsulotni o'zlashtirish yuzasidan paydo bo' lgan, tarixan 
aniq bir shaklda namoyon bo'luvchi munosabatlar.
MULKCHILIK SHAKLLARI - davlat, jamoa, xususiy va aralash mulklardir.
MULKIY HUQUQLAR - agarda firmani barpo qilish uchun ko'pchilik
mulkdorlarning mablag'lari foydalaniladigan bo'lsa, bunday 
korxona korporatsiya deb ataladi.
MULKIY SOLIQQA TORTISH - soliq to'lovchining mulkidan, ko'p
hollarda uning kapitalidan olinadigan soliqlar tizimi. Odatda, 
progressiv xarakterga ega. Mulkning o'lchami (hajmi, miqdori) 
oshishiga qarab soliq stavkasi ham ortadi.
MULKIY SUG'URTA - turli ko'rinishdagi mol-mulklarni saqlash bilan
bog'liq manfaatlar sug'urta munosabatlarining obyekti hisoblangan 
sug'urtaning mustaqil tarmog'i. Sug'urtalanuvchining shaxsiy 
mulki, uning qaramog'ida joylashgan mol-mulklar sug'urtalanishi 
mumkin. Sug'urtalanuvchi sifatida nafaqat mol-mulk sohiblari, 
balki mol-mulkning saqlanishi uchun mas’uliyatli bo'lgan jismoniy 
va yuridik shaxslar ham bo'lishi mumkin.
MULTIKOLLINEARLIK - umumiy natijaga birgalikda ta’sir etuvchi
omillar o'rtasidagi zich korrelyatsion bog'liqlik.
MULTIPLIKATOR 
-
1. 
Ko'paytiruvchi; 
iqtisodiyot ta’limotlarida
ma’lum bog'lanishlarni o'rganishda, multiplikatsiya effekti bor 
joylarda qo'llaniladi. Masalan, Keyns ta’limoti bo'yicha qo'yilgan
292


investitsiya va daromadlar o'rtasidagi bog'lanishni ko'rsatuvchi 
koeffitsiyent. 2. Akselerator mexanizmi - multiplikator va 
akseleratorning o'zaro harakati va birgalikda yalpi milliy mahsulot 
(YaMM) dinamikasiga tasiri. Investitsiyalarning o'sishi YaMM 
dinamikasiga 
multiplikativ 
ta’sir 
ko'rsatadi. 
Akseleratsiya 
qoidasining tasiri natijasida YaMM o'sishi investitsiyalarning 
tebranishini yuzaga keltiradi.
MULTIPLIKATOR SAMARASI - investitsiyalar va davlat sarflarining yalpi
milliy mahsulot hajmi ortishiga ta’sirining kuchayishi. Investitsiyalar 
oshgan sari YaMM hajmi birlamchi pul investitsiyalarga nisbatan 
katta miqdorda o'sadi, chunki investitsiyalar multiplikatsion (ortib 
boruvchi) samaraga olib keladi. Birlamchi samaradan keyin ikkinchi, 
uchinchi va h.k. samaralar vujudga keladi. Bir xil sohalardagi bandlik 
boshqa tarmoqlardagi bandlikka (hosila sifatida) olib keladi. Xuddi 
ana shu ortib boruvchi samara multiplikalashgan samara deyiladi.
MUNOSABATLARNING FONDLILIK XUSUSIYATI - markazlashtirilgan
pul fondlari (davlat budjeti, budjetdan tashqari fondlar) va 
markazlashtirilmagan pul fondlari (korxonalarda shakllantiriladigan 
moddiy rag'batlantirish, iste’mol va boshqa fondlar).
MUNOSABATLARNING PULLI XUSUSIYATI - yaratilgan qiymatni
taqsimlash bilan bog'liq pul munosabatlari hamda turli xil pul 
fondlarini shakllantirish bilan bog'liq munosabatlar.
MUNOSABATLARNING 
TAQSIMLASH XUSUSIYATI 
- birlamchi
taqsimlash (ish haqi fondini shakllantirish, foydani shakllantirish va 
boshqalar) va qayta taqsimlash (ish haqi fondini taqsimlash, foydani 
taqsimlash, soliqlar).
MUNTAZAM RAHBARLAR - korxona va tashkilotlar asosiy faoliyatida band
bo'Igan bo'linmalar rahbarlari. Funksional rahbarlar esa asosiy 
faoliyatda bevosita ishtirok etmaydigan bo'linmalar rahbarlaridir.
MUOMALA XARAJATLARI - mahsulotlar muomalasi jarayoniga xizmat
qiluvchi xarajatlardan iborat. Ular ikki ko'rinishda bo'lishi mumkin: 
l ) oldi-sotdi jarayoni bilan bog'liq bo'Igan xarajatlar (sofmuomala 
xarajatlari); 2) ishlab chiqarish jarayonining muomala sohasida ham 
davom etishi bilan bog'liq bo'Igan xarajatlar (mahsulotlarni saqlash, 
ortib jo'natish, qadoqlash va boshqalar). Muomala xarajatlari 
absolyut summalarda va mahsulot aylanmasiga nisbatan foizda 
ijtimoiy zaruriy xarajatlar chegarasida (doirasida) rejalashtiriladi.


MUQOBIL SAVDO - eksport-import harakatlarida muvozanatni ta’minlash
uchun tovarlar xaridini ular summasiga teng miqdordagi tovarlar 
yetkazib berish bilan qo'shib borish kelishuvlari.
MUQOBIL STANDARTLAR - iqtisodiy jarayonni amalga oshirish davridagi
o'rtacha bahodan kelib chiqqan holda hisoblangan standartlar.
MUQOBILLASHTIRISH 
(OPTIMALLASHTIRISH) 
-
topshirilgan
chegaraga to'g'ri keladigan muqobillikning tashkil topish jarayoni.
MUROJAAT TARQATISH - ma’Iumotlarni, murojaatni iste’molchilarga
yetkazish yo'llari.
MUSTAQIL FAOLIYAT КО ‘ RSATADIGAN AUDITOR - auditorlik
faoliyatini jismoniy shaxs sifatida yuritishni tashkil etmasdan, 
xususiy tadbirkor sifatida belgilangan tartibda ro'yxatdan o'tgan 
auditor faoliyati.
MUTANOSIB XARAJATLAR - o'zgaruvchan xarajatlarning bir turi. Bir
necha mahsulot yoki ishlar turlariga taalluqli va subyektning 
ishbilarmonlik faolligi o'zgarsa o'zgarib turadigan xarajatlar.
MUTAXASSISLAR - ixtisoslashtirilgan xodimlar bo'lib, ular mavjud bo'lgan
axborotlar asosida ishlab chiqarish va boshqaruv xarakteridagi 
masalalarni hal qilish variantlarini ishlab chiqadilar. Boshqaruv 
mutaxassislariboshqaruvfunksiyalarivaularningkasbiytayyorgarligi 
bilan xarakterlanadi. Bosh mutaxassislar, yetakchi mutaxassislar, 
turli kategoriya darajadagi mutaxassislar farqlanadi. Mutaxassislar 
guruhiga injenerlar, iqtisodchilar, buxgalterlar, huquqshunoslar, 
psixologlar va boshqalar kiradi.
MUTLAQ, HUQUQ, - faqatgina huquq egasi tomonidan yoki uning roziligi
bilan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda uchinchi shaxsga 
berilishi mumkin bo'lgan mulkiy huquq.
MUVAQQAT NARX - ayrim tovarlarga ma’lum vaqt oralig'ida amal qiladigan
narx.
MUVOZANAT NARX - talab bilan taklifni tenglashtiruvchi narx. Muvozanat
narxga to'g'ri keladigan tovar miqdoriga muvozanat mahsulot 
miqdori deyiladi.
MUZOKARALAR - ixtiloflarni hal qilish usuli sifatida taktik usullarning
majmuyidan iborat bo'lib, qarama-qarshi tomonlarning o'zaro 
maqbul yechimga kelishlariga qaratilishidir.
294


NAFAQA - aholining ijtimoiy yordamga muhtoj qatlamlarining moddiy
ta’minoti.Unafaqagamuhtojliktanolinganda,qonunhujjatlaribilan 
asoslanganda tayinlanadi va ijtimoiy ta’minot fondlari hisobidan 
to'lanadi. Nafaqa vaqtinchalik mehnat qobiliyatini yo'qotganda, 
homiladorlik va tug'ishda, bola tug'ilganda, bola parvarishi bo'yicha 
va shunga o'xshash boshqa holatlarda mamlakat fuqarolariga 
beriladigan doimiy ravishdagi yoki bir martalik pul to'lanmasi.
NAFLIK - iqtisodiy ne’matlar, shaxs ehtiyojini qondirish darajasi. Ne’mat inson
ehtiyojini qancha to'laroq qondirsa, uning nafligi shuncha yuqori 
bo'ladi.
NAFLIK FUNKSIYASI - iste’mol qilingan ne’matlar miqdorining o'zgarishi
natijasida olinadigan naflikning o'zgarishini ifodalovchi funksiya.
NAFLILIK - ne’matning ehtiyojlarni qondira olish layoqati. Mehnat mahsuli ikki
hil xususiyatga ega, ya’ni iste’mol qiymatiga, ma’lum bir naflilikka 
va qiymatga ega bo'ladi. Ne’matlarning naflilik darajasi turli xilda 
ifodalanadi hamda jismoniy va huquqiy sub’yektlarning ma’lum bir 
iste’mol darajalarini qanoatlantiradi.
NAQD PULSIZ HISOB-KITOBLAR - korxona va tashkilotlarning tovar
ayirboshlash, xizmat ko'rsatish va tovarsiz operatsiyalari bo'yicha 
bir-biriga bo'lgan talab va majburiyatlarni naqd pul ishlatmasdan pul 
mablag'larini bir hisob-varaqdan ikkinchi hisob-varaqqa o'tkazish 
orqali amalga oshirish tushuniladi.
NAQD PULSIZ OBOROT - pul oborotining bir qismi bo'lib, unda pullar
harakati o'zaro talablar hisobiga kredit muassasalardagi schyotlar 
bo'yicha pul o'tkazish yo'li bilan amalga oshiriladi va bunda naqd 
pullar ishlatilmaydi.
NAQD TO'LOVLAR - tovar haqi etkazib berilganidan keyin sotuvchilar taqdim
etgan hujjat bo'yicha shu zahoti yoki avans bilan to'lash. Xalqaro 
savdoda naqd to'lovlar chek, pul o'tkazish, akkreditiv va inkasso 
orqali amalga oshiriladi.
NARX - tovar qiymatining pulda ifodalanishi. Narxni tovar qiymati belgilaydi,
ammo bozor sharoitida u aniq qiymatdan yuqori yoki kam bo'lishi 
mumkin, bu esa bozordagi o'sha tovarga bo'lgan talab va uning 
taklifiga bog'liq bo'ladi. Tovar narxining darajasi, shuningdek, 
tovarning ijtimoiy foydaliligi, sifati va boshqa tovarlar o'rnini bosa
295


olishi muomaladagi pulning xarid quwatiga ham bog'liq bo'ladi. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida erkin narxning quyidagi turlari 
mavjud bo'ladi: chakana, ulgurji, xalqaro, auksion, kelishuv, davlat 
belgilagan yoki davlat boshqarib turadigan narxlar.
NARX BELGILASHDA PESHQADAMLIK - oligopolik bozordagi firma
mahsulotga narxni belgilaydi, boshqa firmalar esa peshqadam 
belgilagan narxni hisobga olib, unga yaqin qilib narx qo'yadilar.
NARX BILAN RAQOBATLASHUV - bozordagi raqobat usullaridan biri.
Bozor narxini o'zgartirish orqali raqibni bozordan siqib chiqarib, 
o'z mavqeyini mustahkamlash.
NARX CHEGIRIMI (TASHLAMASI) - ayrim hollarda tovar narxidan
ma’lum qismi chegirib, olib tashlanishi yo'libilan pasaytirilgan narx.
NARX CHIZIG‘ 1 - bir tovar narx diapazoni oralig'ida uning turli variantlariga
har xil narxlar belgilash.
NARX DIAPAZONI - aniq tovar narxining eng yuqori va eng quyi
chegaralari oralig'i.
NARX DISKRIMINATSIYASI - bunda firma bir xil tovarni turli narxda
sotib olish imkoniyati har xil bo'Igan xaridorlarga sotadi.
NARX HOSIL BO'LISH USULLARI - mahsulot va xizmatlar narxini
shakllantirishda qo'llanuvchi usullar. Ularning xarajatlarga, 
xaridorlar liniyasiga va raqobatchilar narxiga asoslangan turlari 
mavjud.
NARX KAFOLATI - ishlab chiqarish va savdo korxonasi omborida saqlanib,
jo'natiladigan tovarlar qiymatini yo'qotmasligi uchun xaridor olib 
ketadigan paytda amal qilayotgan eng quyi narxdan past narx.
NARX MEXANIZMI - narx signallari asosida resurslami taqsimlash va
ulardan foydalanish (qarang: bozor mexanizmi).
NARX OMILLARI - narxning shakllanishiga, uning o'zgarishiga ta’sir etuvchi
omillar: qiymat, raqobat, naflik, talab va taklif. Ular harakati bir 
yo'nalishda bormay, narx darajasiga nisbatan qarama-qarshi ta’sir 
etishi mumkin. Ushbu omillardan biri narxni ko'tarsa, boshqasi 
pasaytiradi. Masalan, qiymatning pasayishi narxni arzonlashtiradi, 
talabning ortishi uni qimmatlashtiradi. Naflikning yuqori bo'lishi 
yuqori narxni taqozo etsa, raqobat kurashi uni pasaytiradi.
NARX RAQOBATI - bozor narxini o'zgartirish orqali raqibni bozordan siqib
chiqarish va o'z mavqeyini mustahkamlash.
NARX SIYOSATI - narx va narx xosil bo'lishini boshqarish tadbir va
strategiyalari, tovar yoki xizmatlarga ishlab chiqarish xarajatlari va
296


bozor kon’yunkturasiga mos keluvchi, xaridomi qondiruvchi va 
rejalashtirilgan foydani keltiruvchi narx belgilash san’ati.
NARX USTAMASI - tovarning hisoblab chiqarilgan haqiqiy narxi ustiga
qo'yiladigan qo'shimcha (ishlab chiqarish korxonasi) ustamasi, 
savdo ustamasi.
NARX YORDAMIDA RAQOBATLASHUV - narxlarni tushirish yordamida
olib boriladigan raqobat kurashining turi bo’lib, u raqobatchilardan 
mahsulot narxini pasaytirishni talab etadi. Buning uchun esa 
tadbirkor ishlab chiqarishni yangi texnika va texnologiya bilan 
ta’minlashi, mehnatni ilmiy tashkil etish yo'li bilan xarajatlami 
pasaytirishga erishishi shart.
NARX-FRANKO - tovarnixaridorga tashib etkazib berish sarflarini ham o'z ichiga
olgan ulgurji narx. U odatdagi transport sarflarining kiritilganligi 
bilan farqlanadi.
NARXLAR (NARXLI) RAQOBATI - narx vositasida raqobatni amalga oshirib,
raqiblarning bir-biriga nisbatan narxni pasaytirib borishlari.
NARXLAR INDEKSI - har xil vaqt oralig'ida tovar va xizmatlarga narxning
muvozanati o'zgarishini aks ettiruvchi ko'rsatkich.
NARXLARJANGI - raqobatlashuvning narx vositasida olib boriladigan usuli .Uni
olib borishdan maqsad muttasil yoki, uzoq vaqt narxlarni pasaytirib 
borish orqali raqiblarni tarmoqdan siqib chiqarishdir.
NARXLAR KORREKTIROVKASI - bozor vaziyati o'zgarishiga narxlarning
moslashuv jarayoni.
NARX-NAVO - tovarlar narxlari, xizmatlar tariflari, to'lovlar, kreditlar, sug'urta
foizlari (stavkalari) va narxningboshqa ko'rinishlari hamda ularning 
harakati.
NARXNI O'ZGARTIRMAY RAQOBATLASHUV - bozordagi raqobat
usuli, o'z tovarlarini sotish shart-sharoitini xaridor uchun 
qulaylashtirib, raqibni bozordan siqib chiqarish.
NARXNI O'ZGARTIRMAY RAQOBATLASHUV - o'z tovarlarini sotish
shart-sharoitini xaridor uchun qulaylashtirib, raqibni bozordan 
surib chiqarish.
NARXNING QAYD QILINISHI - raqib korxonalarining o'zaro kelishib,
o ‘xshash tovarlarga bir xil narx belgilashi.
NARXSIZ RAQOBAT - narxga tegmay raqobatlashuv (mahsulot sifati, o'rami,
savdo xizmati, rag'batlantirishni oshirish, yuqori texnologiyani 
o'zlashtirish, savdo taqsimoti va siljitishni yaxshilash va boshqalar).
^
2
9
7


NARXSIZ RAQOBATLASHUV - raqobat kurashining bir turi, u tovarlarning
texnik tasnifi va uning xossalarini (sifatini oshirish, qo'shimcha 
xizmatlarni taklif etish, dizayn va h.k.) o'zgartirish orqali amalga 
oshiriladi, shuningdek, unda reklama muhim o'rin tutadi.
NATURA O'LCHOVI - hisobga olinayotgan narsaning harakatini, masalan,
material, mahsulot va boshqalami natura holida ifodalash uchun 
xizmat qiladi. Turli xil xo'jalik mablag'larini qo'shishda natura 
o'lchovidan foydalanilmaydi.
NATURA SHAKLIDAGI ASOSIY TRANSFERT - agar transfertda mulk
aktiv uchun berilsa, natura shaklidagi asosiy transfert ro'y bergan 
bo'ladi. Bundan moddiy aylanma vositalar zaxirasi mustasnodir.
NATURA SHAKLIDAGI BOSHQA IJTIMOIY TA’MINOT NAFAQALARI
- nafaqalar natura shaklidagi ijtimoiy transfertlami o'z ichiga oladi. 
Ijtimoiy ta’minot jamg'armalari tomonidan uy xo'jaliklariga to'lov 
sifatida berilgan nafaqalar bundan mustasnodir.
NATURA 
SHAKLIDAGI 
IJTIMOIY TRANSFERT 
-
umum davlat
boshqaruvining individual iste’moli, ijtimoiy ta’minot va notijorat 
tashkilotlarning jamg'armalari tizimi tarkibidagi natura tarzidagi 
ijtimoiy transfertlar.
NATURA SHAKLIDAGI IJTIMOIY TRANSFERTDAN TASHQARI
IJTIMOIY NAFAQALAR - ijtimoiy ta’minotda natura bilan 
beriladigan nafaqalar hamda nafaqa sifatida natura bilan beriladigan 
ijtimoiy yordamlar. Bu qoidadan ijtimoiy ta’minotda natura shaklida 
beriladigan nafaqalar hamda ijtimoiy yordam sifatida natura bilan 
beriladigan nafaqalar istisnodir.
NATURA SHAKLIDAGI IJTIMOIY TRANSFERTLAR - umumdavlat
boshqaruvi birliklari (ijtimoiy ta’minot jamg'armalari ham 
qo'shiladi) va notijorat tashkilotlar natura shaklidagi transfertlar 
sifatida yolg'iz uy xo'jaliklariga individual tovar va xizmat 
shaklida yetkazib beradigan transfertlar. Natura shaklidagi bu 
transfertlar bozorda sotib olingan yoki bozorga mo'ljallanmagan 
mahsulot sifatida umumdavlat boshqaruv birliklari yoki notijorat 
tashkilotlarda ishlab chiqarilgan bo'lishi ham mumkin.
NATURA SHAKLIDAGI IJTIMOIY YORDAM NAFAQASI - umumdavlat
boshqaruv birliklari va notijorat tashkilotlar tomonidan uy 
xo'jaliklariga natura shaklida beriladigan transfertlar. Bu nafaqa o'z 
tabiati bilan natura shaklidagi ijtimoiy taminot nafaqasiga o'xshab 
ketsa-da, ijtimoiy taminot dasturi doirasidagi nafaqa hisoblanmaydi.


NATURA SHAKLIDAGI TRANSFERT - tovar yoki aktiv evaziga bevosita
mulk berilsa, natura shaklidagi transfert ro‘y beradi. Bu turdagi 
transfertda naqd pul ishtirok etmaydi, ko'rsatilgan xizmat uchun 
ekvivalent sifatida hech narsa qaytarilmaydi.
NATURAL DAROMAD - mehnat haqi hisobiga olinadigan va uy
xo'jaliklarining o'z iste’moli uchun ishlab chiqargan mahsulotlari.
NATURAL О ' LCHOVLAR - buxgalteriya hisobidagi o'lchovlarning biri bo'lib,
uning yordamida buxgalteriya hisobi ob’yektlari to'g'risida natural 
(massa, uzunlik, metr va h.k.) ko'rinishidagi ko'rsatkichlar olinadi. 
Natural o'lchovlar asosiy vositalar, materiallar, tovarlar va boshqa 
moddiy qiymatliklarni hisobga olish uchun qo'llaniladi. Natural 
ko'rsatkichlar kattanazoratahamiyatigaega.Buko'rsatkichlarxo'jalik 
mablag'larini baholash yo'li bilan pul o'lchoviga aylantiriladi.
NATURAL XO'JALIK - tarixan eng dastlab tarkib topgan xo'jalik shakli bo'lib,
unda mahsulotlar bozorda sotish uchun emas, balki xo'jalikning 
o'zida uning xodimlari va yaratuvchilari iste’moli uchun 
yetishtiriladi. Ishlab chiqaruvchi kuchlar o'sib, ijtimoiy mehnat 
taqsimoti chuqurlashib borishi natijasida natural xo'jalik o'rnida 
tovar xo'jaligi yuzaga keladi. Natural xo'jalikka patriarxal dehqon 
oilasi xo'jaligi, hozirgi oilalarning chorbog' xo'jaligi, shuningdek, 
ayrim korxonalar (agarda yetishtirilgan mahsulot xodimlarga bepul 
ulashilsa) misol bo'la oladi.
NAVOIY ERKIN 
INDUSTRIAL 
IQTISODIY 
ZONASI 
-
jahon
standartlariga j avob beradigan va j ahon bozorlarida talab qilinadigan 
mahsulot ishlab chiqarishni ta’minlaydigan, zamonaviy yuqori 
texnologiyali ishlab chiqarishlarni tashkil etish uchun xorijiy 
investitsiyalarni, birinchi galda to'g'ridan-to'g'ri investitsiyalarni 
jalb etish bo'yicha qulay shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, 
Navoiy viloyatining sanoat salohiyatini, ishlab chiqarish, transport- 
tranzit va ijtimoiy infratuzilmasini rivojlantirish maqsadida 
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 3 dekabrdagi 
“Navoiy viloyatida erkin industrial iqtisodiy zona tashkil etish 
to'g'risida’ gi qarori asosida tashkil etilgan. “Navoiy” erkin industrial 
iqtisodiy zona hududida xo'jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining 
asosiy yo'nalishi - zamonaviy xorijiy yuqori unumli asbob- 
uskunalar va texnika, texnologik liniyalar va modullar, innovatsiya 
texnologiyalarini joriy etish hisobiga yuqori texnologiyali, jahon 
bozorlarida raqobatbardosh mahsulotlarni keng ko'Iamda ishlab 
chiqarishdan iborat.
7QQ


NAZARIYA - umumlashtirilgan bilim, voqelikning u yoki boshqa tomonlarini
izohlash tizimi. Nazariya amaliyot bilan chambarchas bog'liq. 
Amaliyot va uning natijalari umumlashgan tarzda har qanday 
nazariyaga uzviy element bo'lib kiradi.
NAZORAT - boshqaruv elementi sifatida bir vaqtning o'zida moliyani
rejalashtirishda hamda operativ boshqarishda qo'llaniladi. Nazorat 
haqiqiy natija bilan rejadagi ko'rsatkichlarni taqqoslashga yordam 
beradi, moliyaviy resurslami o'stirish yo'llarini ko'rsatadi va ulardan 
samarali xo'jalik yuritish yo'llarini ko'rsatib beradi.
NAZORAT PAKETI - egasini (aksiyadorni) aksiyadorlik jamiyatida amaldagi
hokimiyat (ovozlarning ko'pligi) bilan ta’minlovchi aksiya ulushi.
NAZORAT TAQQOSLASHLAR (BENCHMARKING) -
o'z ustida
ishlashdan faoliyatning biror bir sohasidagi dunyo yetakchilarining 
tajribasini o'rganishga o'tish.
NAZORAT-HISOB NUQTASI - o'zi ishlab chiqargan yarim fabrikatlarning
nazoratini amalga oshirish va hisob yuritish bo'yicha tugallanmagan 
mahsulotning joyini aniqlash.
NAZORATNING MAQSADI - tuzatish choralarini ko'rish, aybdorlarni
javobgarlikka tortish va buzishlarning oldini olishdan iborat.
NEGOTSIANT - boshqa mamlakatlar bilan yirik savdo ishlarini bajaruvchi
tijoratchi, savdogar.
NEOLIBERALIZM - iqtisodiyot nazariyasidagi ushbu yo'nalish iqtisodiyotni
davlat tomonidan tartiblashga qarshi chiqadi. Hozirgi zamon 
neoliberalizmi ikkita, chunonchi, bozor xo'jaligi yuritishning 
samarali shakli sifatida iqtisodiy o'sishga yaxshi sharoit yaratadi va 
iqtisodiy faoliyat sub’yektlarining erkinligi ustuvor bo‘ lishi kerak 
degan xulosaga asoslanadi. Asosiy vakillari L. fon Mizes (1881- 
1973), F. fon Xayek (1899-1992) bo'lib, bu oqim Avstriya maktabi 
deb ham yuritiladi. Sotsialistik (imperativ) rejalashtirishga qat'iy 
qarshi, chunki bu rejalangan tartibsizlikka olib keladi, mehnat 
taqsimoti, xususiy mulk va erkin almashuv tsivilizatsiyaning mutlaq 
asosi deb sanaladi. Xayek 1974 yilda Nobel mukofoti sovrindori 
bo'lgan. Neoliberalizm g‘oyalari asosida “Ijtimoiy yo'naltirilgan 
bozor iqtisodiyoti” yuzaga keladi, uning asoschilari - nemis olimlari
V.Rebke (1899-1966), V.Oyken (1891-1950), L.Erhard (1897- 
1977)lardir. Bu konsepsiya GFR va Shvetsiyada yaxshi natija 
berdi, uning asosiy g'oyalari mustaqil O'zbekiston iqtisodiyotida 
qo'IIanilmoqda. Ijtimoiy yo'naltirilgan bozor iqtisodiyotining 
asosiy qoidalari: erkin baholarning zarurligi; erkin raqobat; talab
300


va taklifning muvozanati; iqtisodiyotning muvozanati; davlat bozor 
xo'jaligida shu shartlarni kafolatlashi va uning ijtimoiy yo'naltirilgan 
rivojini ta’minlash. Neoliberalizm nafaqat ma’muriy-buyruqbozlik 
tizimidan, balki kapitalizmning erkin raqobatlarga asoslangan 
davridan ham qat’iyan farq qiladi. Mustaqil O'zbekistonda undan 
ijobiy foydalanilmoqda.
NETTO - o'ralmagan holdagi tovarning sof massasi; foiz skidkasini chegirgan
holdagi tovarning sof bahosi; xarajatlarni chegirgan holdagi sof 
daromad.
NETTING - mijozning barcha pul talablarini uning barcha pul majburiyatlariga
nisbatan hisobga olish orqali amalga oshiriladigan kliring usuli.
NETTO-STAVKA- brutto-stavkaning asosiy tarkibiy qismi. Netto-stavka sug'urta
qoplamasini to'lashga mo'ljallangan pul mablag'lari resurslari 
bo'lib, u brutto-stavkaning 90 foizigacha miqdorini tashkil etadi.
NISBIY AFZALLIK - ayrim iqtisodiy agentlarning tovar va xizmatlarni kamroq
xarajatlar evaziga ishlab chiqarish xususiyati. Makrodarajada 
nisbiy afzallik prinsipi ishlab chiqarish va eksportning samarali 
strukturasini shakllantirish uchun qo'llaniladi.
NISBIY AFZALLIK PRINSIPI - D.Rikardo tomonidan izohlab berilgan
prinsip bo'lib, ishlab chiqarish omillari (kapital, mehnat, yer) 
xarajatlarining afzalligini ko'rsatadi va tashqi iqtisodiy aloqalarda 
keng qo'llaniladi.
NISBIY USTUNLIK - ishlab chiqarilayotgan mahsulotning muqobil qiymati
boshqa mamlakatlarnikiga nisbatan past bo'lganda, yuzaga kelgan 
holat. Erkin savdo taqqoslash xarajatlari qoidasiga asoslanganligi 
sababli jahon iqtisodiyoti resurslarini samarali joylashtirish va 
farovonlikning yuqori darajasiga erishish imkoniyatiga egadir.
NIZO - birgalikda amalga oshiriladigan faoliyat davomida ikki va undan ortiq
kishilar o'rtasida maqsadlar, manfaatlar, pozitsiyalar (nuqtai 
nazar), fikr-mulohazalar yoki g'oyaviy qarashlar asosida yuzaga 
keladigan keskin kelishmovchilik. Tashkilotlarda yuzaga keladigan 
konfliktlarning eng xavfli oqibatlaridan biri shuki, vujudga kelgan . 
va avj ola boshlagan nizo oqibatida inqirozli vaziyat yuzaga kelishi 
mumkin. Boshqa tarafdan olib qaralsa, inqirozli vaziyatlar ham 
pirovardida turli xil to'qnashuvlarga sabab bo'lishi mumkin.
NIZOLARNI BARTARAF ETISHGA YO'NALTIRILGAN STRATEGIYA
- vujudga kelgan ixtilof zamiridagi muammoni bartaraf etish 
yo'llarini izlashga va ziddiyat ishtirokchilarini o'zaro murosaga
^
401 
--


keltirishga qaratilgan muayyan chora-tadbirlar majmuyi. Ushbu 
xildagi strategiyani ro'yobga oshirmoq uchun nizolami keltirib 
chiqargan real sabablar, shart-sharoitlarni chuqur tahlil qilish 
asosida ulami bartaraf etish vositalarini izlab topish lozim bo'ladi. 
Tashkiliy-tuzilmaviy, ma’muriy va shaxslararo nizolarni boshqarish 
tafovutlanadi.
NIZOLI HOLATNING TAHLILI - nizoli vaziyatni yuzaga keltirgan
omillarni aniqlab olib, nizoni yuzaga keltirgan sabablarni, ulami 
bartaraf etish yo'llari va vositalarini aniqlashga xizmat qiluvchi ish 
jarayoni.
NIZOM (USTAV) - korxonani tashkil qilishning qonuniyligini tasdiqlovchi,
korxona xarakteri va faoliyat turi, qoidalari, a’zolar o'rtasidagi 
munosabatlar va hokazolarni o'z ichiga oluvchi rasmiy hujjat.
NIZONING RIVOJLANISH JARAYONI - muayyan makon va zamonda
nizoni keltirib chiqargan voqealar rivoji, jarayon ishtirokchilarining 
o'zaro munosabatlarida kuzatiladigan dinamik o'zgarishlar. Ayni 
jarayonning to'rt bosqichini ajratib ko'rsatish mumkin: nizoning 
zimdan yetilib borishi, insident (janjal)ning ro'y berishi, o'zaro 
munosabatlardagi tanglik, nizoning barxam topishi.
NOANIQLIK - axborotlar yetarli, to'liq bo'lmaganda qabul qilingan qarorlarda
noaniqlik vujudga keladi. Noaniqlik sharoitida qabul qilingan 
qarorlar natijasida tavakkalchilik vujudga keladi.
N OBOZOR ISHLAB CHIQARISH - tovar va xizmatni bozor bahosidan past
yoki bepul berishga qaratilgan amaliyot yoki faoliyat turi.
NODAVLAT MOLIYAVIY NAZORATI - xo'jalik yurituvchi sub’yektlarning
moliyaviy ahvoli va likvidliligi, moliyaviy hisobotlarining 
ishonchliligi, foydaliligi va to'lovga layoqatliligi ustidan auditorlik 
firmalari, korxona va tashkilotlarning rahbariyati va moliyaviy 
xizmatlari, aksionerlari, tijorat banklari, sug'urta firmalari 
tomonidan amalga oshiriladigan nazorat.
NODAVLAT MOLIYAVIY NAZORATINING MAQSADI - joylashtirilgan
kapitaldagi foyda normasini oshirish maqsadida davlat foydasidagi 
ajratmalar va boshqa xarajatlarni minimallashtirish
NODISKRETSION 
FISKAL 
SIYOSAT 
-
iqtisodiy 
kon’yunkturani
o'zgartirish sababli davlat budjeti sarflari va soliqlarning nisbiy 
darajalaridagi avtomatik o'zgarishlar. Avtomatik deganda shunday 
iqtisodiy mexanizm tushuniladiki, u iqtisodiy ahvolning o'zgarishiga 
tezda javob qaytaradi, bunda hukumat hech qanday choralar 
ko'rmaydi Unga birinchidan soliq tushumlarining o'zgarishi kiradi.
— 302


Soliqlar miqdori esa daromadlarga bog'liq bo'ladi. Shuning uchun 
yalpi milliy mahsulotning o'sishi sharoitida, ya’ni iqtisodiyotning 
ko'tarilishi sharoitida soliq tushumlari avtomatik tarzda oshib 
boradi, bu esa sotib olish qobiliyatining pasayishi va iqtisodiy
o'sishini to'xtatib turadi.
NOEMISSIYAVIY QIMMATLI Q O G 'O ZLA R - emissiyaviy qimmatli
qog'ozlar tushunchasiga oid bo'lmagan qimmatli qog'ozlar.
NOISHLAB CHIQARISH ASOSIY VOSITALARI - bunga ishlab chiqarishga
taalluqsiz bo'lgan madaniy-maishiy, sog'liqni saqlash muassasalari, 
kommunal xo'jalik korxonalari va shu kabi tarmoqlar xizmat 
qiladi va ishlab chiqarish jarayonida qatnashmaydi. Ular ishlatish 
jarayonida asta-sekin eskirib, o'z qiymatini qisman yo'qotib boradi.
NOISHLAB CHIQARISH AKTIVLARI (ISHLAB CHI QARILMAG AN
AKTIVLAR) - ishlab chiqarish jarayonining mahsuli.
NOKAPITALISTIK 
(KAPITALIZMNI 
CHETLAB) 
RIVOJLANISH
KONSEPSIYASI - ilgari qoloq bo'lgan, kapitalizm taraqqiyoti 
bosqichini to'la bosib o'tmagan mamlakatlar uchun tavsiya etilgan 
rivojlanish yo'li. Bir qancha mamlakatlar shu yo'ldan borib, 
sotsializm quryapmiz, deb o'ylagan. Hayot buni inkor etdi.
NOKOOPERATIV О ‘YIN - o'yinda qatnashchilar mustaqil ravishda qaror
qabul qiladi (iqtisodiyotda misol sifatida oligopolikbozordaharakat 
qiluvchi firmalar o'rtasidagi “Narxlar jangini” keltirish mumkin).
NOL SO'M YUTUQQA EGA BO'LGAN O'YIN - o'yinda bir kishining
yutug'i boshqa o'yinchilarning yutqazgan summalari yig'indisiga 
teng.
NOL-GIPOTEZA - ikkita to'plam taqqoslanadigan belgilarga qarab bir-biridan
farq qilmaydi, deb aytilgan taxmindir: 
/ 0: 

Yüklə 3,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin