—
tp m sM K K an **—
84
------
qilinadigan korxonalar, tashkilotlar va muassasalarga investitsiyalar
uchun mo‘ ljaIlangan xarajatlar kiradi.
BUDJETNING KASSALI XARAJATLARI - davlat budjeti mablag'lari
hisobidan korxona, tashkilot va muassasalarga bank orqali berilgan |
yoki budjetda ko'zda tutilgan xarajatlarga ularning to'lov qog'ozlari \
asosida o'tkazilgan pul mablag‘ Iarining summasi.
BUDJETNING SOLIQLI DAROMADLARI - tarkibi mamlakat soliq
qonunchiligiga muvofiq umumdavlat soliqlari vayig'imlari, mahalliy
soliqlar va yig'imlar, bojxona bojlari, boj yig'imlari va boshqa boj
to'lovlari, davlat boji, penya va jarimalardan iborat.
BUDJETNOMA - O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining boshqa
vazirliklar, davlat qo'mitalari, idoralar va boshqa tashkilotlar
bilan hamkorlikda ishlab chiqadigan hamda quyidagilarni o'z
ichiga oluvchi loyihaviy hujjat: l ) mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlantirishning o'tgan yilgi asosiy yakunlari va mamlakatni
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish joriy yilgi yakunlarining prognoz
(bashoratli) bahosi; 2) o'tgan yilgi Davlat budjeti ijrosi to'g'risidagi
hisobot va joriy yilgi Davlat budjetining kutilayotgan ijrosi bahosi;
3) kelgusi yilga mo'ljallangan Davlat budjeti loyihasini tuzishda
asos bo'lgan kelgusi yil uchun asosiy makroiqtisodiy ko'rsatkichlar;
4) mamlakat budjet va soliq siyosatining kelgusi yilgi asosiy
yo'nalishlari loyihasi; 5) mamlakat budjet va soliq siyosatining
kelgusi yilgi asosiy yo'nalishlariga sharhlar; 6) davlatning tashqi
va ichki qarzlari hamda ular bo'yicha xarajatlar holati to'g'risidagi
ma’lumotlar; 7) kelgusi moliya yiliga mo'ljallangan Davlat budjeti
loyihasi. O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi yuqoridagilarni
o'z ichiga oluvchi budjetnoma loyihasini har yilning birinchi
oktabriga qadar O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga
taqdim etishi lozim. Shuningdek, budjetnoma O'zbekiston
Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan joriy yilning birinchi
noyabridan kechiktirilmasdan O'zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisiga taqdim etilishi kerak.
BURCH - muayyan axloqiy majburiyatlarni his qilish, uning zarurligini
anglash.
BUROMADLAR (XARAJATLAR) - tovar sotib oluvchilar yoki pullikxizmatdan
foydalanuvchilar sotuvchilarga yoki xaridorlarning xohishi bilan
boshqa institutsion birliklarga tovar yoki ko'rsatilgan xizmat egasiga
to'lanadigan haq yig'indisi.
BUXGALTER - buxgalteriya qonun qoidalariga rioya qilgan holda savdo va
hisobga olish daftarlarini yurituvchi shaxs.
BUXGALTERIYA BALANSI - korxona faoliyatining pul hisobidagi
ko rsatkichlar tizimi. Hisobot sanasida mablag'laming sarflanishi,
manbayi va maqsadini ta’riflovchi, jamlovchi jadvalda aks ettiriladi.
Ikki qismdan iborat: chap tomoni aktiv, o ‘ng tomoni passiv. Aktiv
va passiv natijalari bir xil bo'lishi shart.
BUXGALTERIYA DAFTARLARI - sintetik va analitik hisobni hujjatlarga
asosan qayd qilish.
BUXGALTERIYA HISOBI - korxonaning xo'jalik yuritish hujjatlari asosida
yoppasiga, uzluksiz va o'zaro bog'liq holda xo'jalik faoliyatini
qiymat ifodasida aks ettirishdir. Buxgalterlik hisobining predmeti
korxonaning pul shaklida ifodalangan xo'jalik mablag'lari, ularning
tashkil topish manbalari va xo'jalik jarayonlari hisoblanadi.
Buxgalteriya hisobi xo'jalik faoliyatini tahlil qilish, boshqarish
va nazorat qilish vazifalarini amalga oshiradi. Quyidagilar
buxgalteriya hisobi elementlari hisoblanadi: hujjatlar - xo'jalik
operatsiyasi tugaganligi haqida yozma ma’lumot (guvoh)nomalar;
inventarizatsiya mavjud moddiy qiymatlarni tekshirish (asosiy
vositalar; pul mablag'lari; aylanma (oborot) vositalar). Bular
ularning aslidagi mavjud holati va buxgalteriya hisobiga to'g'ri
kelishini aniqlash maqsadida qilinadi; kalkulyatsiya (rejali va
aslidagi); buxgalteriya hisobi schyotlari; ikkiyoqlama yozuv; balans.
Bu elementlarning har biridan foydalanish amaldagi qonunlarga
muvofiq amalga oshiriladi.
BUXGALTERIYA HISOBI HUJJATLARI - xo'jalik yurituvchi subyekt
tomonidan buxgalteriya hisobini o'tkazish jarayonida ma’lum
talablariga rioya qilingan holda tuziladigan ma’lumotlarning moddiy
ko'rinishidagi yig'indisi bo'lib, o'z tarkibiga quyidagilarni oladi: a)
dastlabki hisob hujjatlari; b) erkin hisob hujjatlari; v) buxgalteriya
hisobi registri (ro'yxati); g) ichki buxgalteriya oboroti ma’lumotlari.
BUXGALTERIYA HISOBI REGISTRLARI - buxgalteriya hisobi registrlari
ikkiyoqlama yozuv qoidalariga muvofiq yuritiladigan jurnallar,
qaydnomalar, daftarlar, tasdiqlangan blankalar (shakllar)dir.
BUXGALTERIYA
HISOBI
VA AUDITDA
MA’LUMOTLARNI
KOMPYUTERDA QAYTA ISHLASH - iqtisodiy subyekt hisob
ma’lumotlarini qayta ishlab, buxgalteriya hisobotini tuzishda
EHMdan foydalanish.
BUXGALTERIYA HISOBI VA HISOBOTIDAGI XATOLIK - hisob
yozuvlaridagi
arifmetik
yoki
mantiqiy
xatoliklar
hisob
ma’lumotlariga e’tiborsizlik yoki xo'jalik faoliyati faktlari, mulkning
holati va mavjudligini majburiyatlar hamda hisoblash ishlarini
noto'g'ri tasawur etish orqali hisob va hisobot ma’lumotlarining
ko'zda tutilmagan holatdagi buzilishi.
BUXGALTERIYA HISOBIDAGI TOVLAMACHILIK -
buxgalteriya
hisobotining buzib ko'rsatilishiga qaratilgan ongli ravishdagi
harakat yoki harakatsizlik. Agar iqtisodiy subyektning mansabdor
shaxslari g'arazli maqsadlarda aldov uyushtirsalar yoki buxgalteriya
hisobotidan foydalanuvchilar ishonchini suyiiste’mol qilsalar, lekin
ularning ayblari sud tomonidan isbotlanmagan holatida auditor
ularni topgan taqdirda u buxgalteriya hisobotining ongli ravishda
buzilganligi mavjudligini ko'rsatishi lozim.
BUXGALTERIYA HISOBINING ASOSIY MAQSADI - to'liq va ishonarli
axborotlarni shakllantirish, ichki va tashqi foydalanuvchilarni u
bilan ta’minlash, shuningdek, boshqaruv va moliyaviy qarorlar
BUXGALTERIYA HISOBINING FUNKSIYALARI - buxgalteriya hisobida
rejalashtirish, tashkil qilish, tartibga solish bilan birga boshqaruv
tizimida axborot, nazorat, mulklarning butligini ta’minlash, tahliliy
va hisob funksiyalarini ham amalga oshiradi.
BUXGALTERIYA HIS OBINING METODI - korxona mablag' larining holati va
foydalanishini o'rganish uchun buxgalteriya hisobi qo'llaniladigan
usullar yig'indisi buxgalteriya hisobining metodini tashkil
qiladi. Buxgalteriya hisobining metodi (usullari) quyidagilardan
iborat: hujjatlashtirish, inventarizatsiya, baholash, kalkulyatsiya,
buxgalteriya hisobining schyotlari, ikkiyoqlama yozuv, buxgalteriya
balansi va buxgalteriya hisoboti.
BUXGALTERIYA HISOBINING OBYEKTLARI - muayyan korxona ega
bo'lgan moddiy va pul mablag'lari, uning boshqa tashkilotlar va
muassasalar bilan bo'lgan yuridik munosabatlari, shuningdek,
mablag'lar
hamda
munosabatlarni
o'zgartiradigan xo'jalik
operatsiyalari tushuniladi. Korxonaning moddiy va pul qiymatliklari
o'z faoliyatini amalga oshirish uchun foydalaniladigan mablag'larini
ifodalaydi.Xo'jalikmuomalalari esa ishlab chiqarishningmazmunini
ifodalovchi jarayonlarni tashkil qiladi.
BUXGALTERIYA HISOBI SHAKLLARI - yozuvlarning ma’lum texnik-
vositalaridan foydalanib, hisobni tashkil qilishdir.
BUXGALTERIYA HISOBI USULI - buxgalteriya hisobi obyektlarini xo'jalik
faoliyatini boshqarish orqali amalga oshirish maqsadida yoppasiga,
uzluksiz, o'zaro bog'langan va obyektiv aks ettirishni ta’minlaydigan
usullar tizimidan iborat.
BUXGALTERIYA HISOBOTI - hisobot davri natijalarining buxgalteriya
hisobi ma’lumotlari asosida tuziladigan va hisobot sanasida
belgilangan shaklda to'ldiriladigan, xo'jalik subyektining mulkiy va
moliyaviy holati hamda uning xo'jalik faoliyati natijalarini o'ziga aks
ettirgan ko'rsatkichlaming yagona tizimidir.
BUXGALTERIYA HISOBOTI TUZILADIGAN SANA - odatda, bu hisobot
davrining oxirgi kalendar kuni hisoblanadi.
BUXGALTERIYA HISOBOTIDAGI XATO-KAMCHILIKLAR ANIQLAN-
GANDA
AUDITORNING
HARAKATI
-
buxgalteriya
hisobotining buzilishi mavjud bo'lgan yoki yo'qligi haqida asosli
fikrni shakllantirish uchun auditor tomonidan amalga oshiriladigan
harakatlar.
BUXGALTERIYA HISOBOTIGA TA’SIR QILADIGAN DALILLAR VA
HODISALARNING ANIQLANISHI - iqtisodiy subyekt
tomonidan auditorga boshida taqdim etilgan buxgalteriya hisobi
va hisoboti hujjatlarida aks ettirilgan, lekin buxgalteriya hisoboti
ko'rsatkichlariga sezilarli darajada tasir korsatadigan operatsiyalar,
harakatlar, o'zgarishlar mavjudligi dalillari va hodisalari hujjatli
qaydlarining mavjudligi aniqlanishi.
BUXGALTERIYA HISOBOTINI TAYYORLASH DAVRI - iqtisodiy
subyektning hisobot davri uchun buxgalteriya hisobotini tuzish
bo'yicha ishlarning tugatilish sanasi.
BUXGALTERIYA HISOBOTINING ASOS KO'RSATKICHI - xo'jalik
subyekti buxgalteriya hisobotini baholash uchun muhim rol
o'ynaydigan va auditor tomonidan ahamiyatlilik darajasini
hisoblashda
qo'llaniladigan
ushbu
hisobotning
sonli
ko'rsatkichlaridan biridir.
BUXGALTERIYA
HISOBOTINING
BOSHLANGICH
KO'RSAT-
KICHLARI - auditor tomonidan tekshiriladigan hisobot davri
boshiga mos keladigan buxgalteriya hisoboti ko'rsatkichlari.
BUXGALTERIYA HISOBOTI FOYDALANUVCHISI - xo'jalik subyekti
haqida ma’lumotga ega bo'lishga manfaatdor bo'lgan yuridik yoki
jismoniy shaxs. Buxgalteriya hisobotining ichki foydalanuvchilari
iqtisodiy subyekt rahbarlari, tasischilari, mulk egalari va
qatnashchilarini o ‘z ichiga oladi. Buxgalteriya hisobotining tashqi
foydalanuvchilari iqtisodiy subyektning investor!ari, kreditorlari
hamda manfaatdor bo'lgan davlat organlarini o'z ichiga oladi.
BUXGALTERIYA HISOBOTINING ISHONCHLILIGI - buxgalteriya
hisoboti ma’lumotlarining aniqlik darajasi va uning yordamida
foydalanuvchi xo'jalik yurituvchi subyekt faoliyatining natijalari
to'g'risida to'g'ri xulosalar qabul qilinadi.
BUXGALTERIYA
HISOBOTINING
JIDDIY
RAVISHDA
BUZIB
KO'RSATILISHI - buxgalteriya hisobotining ishonchligiga
sezilarli darajada ta’sir ko'rsatuvchi jiddiy xarakterdagi buxgalteriya
hisobotining buzilishi.
BUXGALTERIYA
HISOBOTINING
SOLISHTIRMA
KO'RSAT
KICHLARI - joriy hisobot davri mos ko'rsatkichlari bilan
solishtirish uchun iqtisodiy subyektning audit qilinishi lozim
bo'Igan buxgalteriya hisobotiga kiritilgan oldingi hisobot davri
buxgalteriya hisoboti ko'rsatkichlari.
BUXGALTERIYA HISOBOTINING TAQDIM ETISH SANASI - iqtisodiy
subyektning buxgalteriya hisobotini uning mulkdoriga taqdim etish
kuni va aloqa tashkilotining shtempelinida belgilangan jo'natish
sanasi. Mulkdorlarga taqdim etish deganda, quyidagi 4 sanalardan
ilgarirog'i tushuniladi; a) buxgalteriya hisobotini ta’sischilarga,
ishtirokchilarga, ta’sis hujjatlariga binoan yuritish ishtirokchilariga
taqdim etish sanasi; b) iqtisodiy subyektni ro'yxatdan o'tkazish
joyidagi hududiy statistika organlariga buxgalteriya hisobotini
taqdim etish sanasi; v) buxgalteriya hisobotining qonunchilikka
binoan boshqa manzilga taqdim etish sanasi; g) buxgalteriya
hisobotining e’lon qilinish sanasi.
BUXGALTERIYA HISOBOTINING TAQDIM QILINISHI - iqtisodiy
subyekt buxgalteriya hisobotining uning foydalanuvchilariga
topshirilishi yoki ushbu hisobotning qonunda ko'rsatilgan tarkibda
e’lon qilinishi.
BUXGALTERIYA
HISOBOTINING
TARKIBIGA
KIRMAYDIGAN
MA’LUMOTLAR - audit nazorati o'tkazilayotgan iqtisodiy
subyekt holatini ifodalovchi ma’Iumotlar. Bu ma’lumotlar ba’zi
analitik protseduralar o'tkazilganda qo'llaniladi.
BUXGALTERIYA HISOBOTINING YAKUNIY KO'RSATKICHLARI -
auditor tomonidan tekshirilayotgan hisobot davri oxiriga yoki
auditor tekshiriyotgan oldingi hisobot davri oxiriga mos keluvchi
buxgalteriya hisoboti ko'rsatkichlari.
BUXGALTERIYA O'TKAZUVI - schyotlar korrespondensiyasini yozish.
Bunda xo'jalik jarayoniga tegishli summa bir schyotning debeti va
ikkinchi schyotning kreditida aks ettiriladi. Buxgalteriya o'tkazmasi
hujjatlarga asosan tuziladi
BUXGALTERIYA YOZUVI - xo'jalik jarayonida sodir bo'Igan operatsiya
(voqea, hodisa)ni hujjatlarda qayd etish.
BUXGALTER - buxgalteriya hisobi bo'yicha mutaxassis. “Buxgalter” atamasi
XIII asrda paydo bo'lgan. Bu Iavozimni birinchi bo'lib Insburk
schyotlar palatasining ish yurituvchisi Xristofor Shtexer olgan. Bu
borada imperator Maksimilianning 1498-yil 13-fevralda chiqargan
buyrug'i Vena davlat muzeyida saqlanmoqda. Nafaqat Germaniya,
balki Amir T emur davrida ham hisob daftarlarini yurituvchi shaxslar
- yozuvchilar (kotiblar) bo'lgan. "Saltanatning har bir idorasida, -
deb yozadi Amir Temur XIII asrning oxirida, - bo'ladigan kirim-
chiqimlarni, kundalik xarajatlarni yozib borish uchun bir kotib
tayinlansin”. 1498-yildan boshlab “buxgalter”, “buxgalteriya”
atamalari eski nomlarini asta-sekin siqib chiqarib, hamma joyga
tarqala boshladi. Bu terminlar Rossiyada 1732-yildan qo'llana
boshladi. 1732-yil 11-sentabrdaKommerts-Kollegiyaningbuyrug‘i
bilan Peterburg bojxonasida birinchi buxgalter etib gollandiyalik
savdogar Timmerman tayinlangan. Hozirgi vaqtda buxgalter ma’lum
huquq, burch va majburiyatlarga ega bo'lgan xizmatchi hisoblanadi.
Bajarayotgan ishlari va egallagan lavozimiga qarab katta buxgalter va
bosh buxgalter bo'lishi mumkin. Katta buxgalter - buxgalteriyaning
bo'limi (guruh)ni boshqaradi. Bosh buxgalter buxgalteriyani
boshqaradi. Hozirgi vaqtda buxgalterdan nafaqat buxgalteriya
hisobi, balki ishlab chiqarishning biznes-rejalarini tuzish, moliyaviy
va boshqaruv tahlillari, shuningdek, boshqa sohalarni chuqur bilish
hamda rahbariyat to g ri boshqaruvqarorlarini qabul qilishidafaol
qatnashish talab qilinadi. O'zbekistonda hozirgi zamon talablariga
to'liq javob beradigan buxgalterlar tayyorlashga katta e’tibor
berilmoqda, buxgalterlar oliy o'quv yurtlarida, ko'plab tashkil
etilgan kollej va akademik litseylarda tayyorlanmoqda.
BUXGALTERIYA - buxgalteriya hisobini tashkil etadigan va yuritadigan hisob
apparati. Buxgalteriya korxonaning mustaqil tarkibiy bo'limi bo'lib,
boshqa bo'limlar (xizmatlar) tarkibiga kirmaydi. Buxgalteriyani
bosh buxgalter boshqaradi, agar shtatda bosh buxgalter lavozimi
bo'lmasa, katta buxgalter boshqaradi. Bosh buxgalter qanday huquq
va majburiyatlarga ega bo'lsa, katta buxgalter ham shunday huquq
va majburiyatlarga ega. Buxgalteriya hisobini tashkil etish, yuritish
va buxgalterning huquq va burchlari 1996-yil 30-avgustda qabul
qilingan “Buxgalteriya hisobi to'g'risida’ gi Qonun bilan belgilangan.
BUXGALTERIYA ARXTVI - o'tgan hisobot davrlari bo'yicha hujjatlar va hisob
registrlari yig'indisi. Buxgalteriya arxivi yo'riqnoma va buxgalteriya
hisobi shakllariga binoan tashkil etiladi. Buxgalteriya hujjatlari
va registrlar, mikrofilmlar yoki kompyuter hisobi moliyaviy
ma’lumotlari uch yil, moliyaviy hisobot esa qonun hujjatlarida
belgilangan muddatda saqlanadi.
BUXGALTERIYA BALANSI - xo'jalik mablag'lari, ularning tarkibi, joylashgan
joylari va ularning vujudga kelish manbalarini ma'lum bir sanaga
pulda ifodalab turadigan jadval. Balans ikki tomonlama jadval
bo'lib, uning chap tomoni aktiv, o'ng tomoni passiv deb nomlanadi.
Aktivda: 1-bo'lim. Uzoq muddatli aktivlar. 2-bo'lim. Joriy aktivlar.
Passivda: 1-bo'lim. O'z mablag'larining manbalari. 2-bo'lim.
Majburiyatlar. Balansning aktiv tomonining jami uning passiv
tomonining jamiga teng bo'lishi kerak.
•«ТК&КВДДО' »'
90
—
BUXGALTERIYA BALANSI MODDALARINI BAHOLASH - balansda aks
ettiriladiganxo‘jalikmablag‘larivaularningvujudgakelishmanbalari
alohida turlarining puldagi ifodasi. Balans moddalarini baholash
prinsipi barcha korxonalr uchun bir xil. Baholash asosida ishlab
chiqarish vositalarini sotib olish yoki mahsulot ishlab chiqarishning .
haqiqiy tannarxi yotadi. Buxgalteriya balansi moddalarining *
bahosi real bo'lishi, ya’ni mablag'lar va ularning vujudga kelish
manbalari turlarining haqiqiy kattaligini aks ettirish kerak. Aktiv
va passiv moddalarini baholashning haqiqiyligi buxgalteriya hisobi
ma’lumotlari ishonchliligi bilan ta’minlanadi.
BUXGALTERIYA В ALANS ININ G MODDALARI - xo'jalik mablag'larining
alohida turlari yoki ularning tashkil bo'lish manbalarini ta’riflovchi
balansning aktiv va passiv ko'rsatkichlari.
BUXGALTERIYA HISOBI - ayrim subyektlarda sodir bo'layotgan xo'jalik
mablag'lari va jarayonlarining harakatini ma’lum hujjatlar bilan
asoslangan holda ro'yxatga olish va pulda baholab umumlashtirilgan
tarzda yoppasiga va bevosita kuzatish tizimi. Buxgalteriya hisobi har
qanday tizimda ham quyidagi uchta funksiyani bajaradi: l) axborot
berish; 2) nazorat qilish; 3) boshqaruv yechimlarini ishlab chiqish.
Bunda buxgalteriya hisobida har xil usullar, texnika va shakllardan
foydalanish mumkin. Shu bilan birga, buxgalteriya hisobi har xil
ijtimoiy tizimlarda muayyan maqsadlarga qarab turli vazifalarni
bajarishi mumkin. Hozirgi vaqtda talabalar “Buxgalteriya hisobi”
kursini ikkiga bo'lib o'rganmoqda: moliyaviy hisob va boshqaruv
hisobi.
BUXGALTERIYA HISOBI TIZIM I - buxgalteriya hisobi schyotlarida xo'jalik
muomalalarini yozish tizimi. Bu yozuvlar tartibiga qarab ikki xil
bo'lishi mumkin: oddiy va ikkiyoqlama.
BUXGALTERIYA HISOBI VA HISOBOTINI TARTIBGA SOLISH -
buxgalteriya hisobini to'g'ri tashkil etish, uning aniqligi va
yagonaligini ta’minlaydigan asosiy shartlardan biri. Buxgalteriya
hisobi va hisobotini tartibga solish, buxgalteriya hisobi standartlarini
ishlab chiqish va tasdiqlash O'zbekiston Respublikasi Moliya
vazirligi zimmasiga yuklatilgan. Buxgalteriya hisobi va hisobotini
tartibga solish hisobning yagona metodologiyasi, turli korxonalarda
bir xil xo'jalik muomalalarini aks ettirishning yagona usullari,
xo'jalik mablag'larini yagona baholash, dastlabki hujjatlar, hisob
registrlari va hisobotning yagona shakllarini qo'llashni ta’minlaydi.
Bu, o'z navbatida, buxgalteriya hisobini samarali tashkil etish, kam
mehnat sarflab, korxona faoliyati to'g'risida real ko'rsatkichlar
olishni ta’minlaydi. O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
tomonidan ishlab chiqiladigan umumdavlat hisob siyosati asosida
har bir tarmoq bo'yicha hisob siyosati ishlab chiqiladi.
BUXGALTERIYA HUJJATI - xo'jalik muomalalari sodir bo'lganligining
yozma isboti yoki xo'jalik muomalalarini amalga oshirish huquqi.
Buxgalteriya hujjatlari, odatda, belgilangan shakl bo'yicha
tipografiya usulida bosilgan blankalarda tuziladi. Ayrim hollarda
muayyan xo'jalik muomalalarini hujjatlar bilan rasmiylashtirish
uchun tasdiqlangan shakl bo'lmasa, istalgan shaklda tuzishga yo'l
qo'yiladi, lekin hujjatlar qo'yilgan talablar inobatga olinishi kerak.
Hisob ishlari avtomatlashtirilgan hollarda xo'jalik muomalalarida
avtomatik ravishda aks ettiriladi. Yig'ilgan axborotlar yozma
(qog'oz) hujjatlar o'mini bosadi. Xo'jalik muomalalarini hujjatlar
bilan rasmiylashtirishga hujjatlashtirish deyiladi. Buxgalteriya
hisobi va hisoboti ma’lumotlarining haqiqiyligi va ro'y-rostligi
hujjatlashtirishning sifatiga bog'liq, chunki hisobdagi yozuvlar
hujjatlarga asoslanadi. Hujjatlarni tuzish dastlabki hisobning
tarkibiy qismi hisoblanadi. Hujjatlarni soddalashtirish va tuzish,
ishlov berish hamda ulardan foydalanishni asoslantirish uchun
unifikatsiyalanadi va standartlashtiriladi. Hujjatlar tuzilgandan
so'ng saqlash uchun arxivga topshirilgunga qadar ma’lum yo'lni
bosib o'tadi, hisob jarayonining turli bosqichlarida foydalaniladi,
ya’ni hujjat aylanishi sodir bo'ladi.
BUXGALTERIYA
PROVODKASI
(YOZUVI)
-
schyotlar
aloqasi
(korrespondensiyasi)ni rasmiylashtirish. Bunda debetlanuvchi
va kreditlanuvchi schyotlar hamda yozib qo'yiladigan xo'jalik
muomalasining summasi ko'rsatiladi. Buxgalteriya prokodkalari
(yozuvi) oddiy va murakkab bo'ladi. Oddiy prokodkada xo'jalik
muomalalarining mazmuniga qarab bir schyot debetlanib,
ikkinchi schyot kreditlanadi. Murakkab prokodkalarda xo'jalik
muomalalarining mazmuniga qarab bir schyot debetlanib, bir
necha schyot kreditlanadi yoki, aksincha, umumiy summaga bir
necha schyotlar debetlanib, bir schyot kreditlanadi. Har qanday
prokodkada ham bir schyotning debetiga yozilgan summa ikkinchi
schyotningkreditigayozilgan summaga teng bo'lishi kerak. Bu qoida
murakkab provodkaga ham tegishli. Buxgalteriya provodkasida
ikkiyoqlama yozuv o'z aksini topadi. Qo'shimcha va manfiy (storno)
buxgalteriya provodkalari bo'lishi mumkin.
BUYRUQBOZLIKTIZIMI - iqtisodiy tizimning bir turi, uning asosiy belgilari:
iqtisodiyotning monopollashtirilganligi; jamiyat xo'jalik hayotining
hamma tarafini markazlashtirilgan holda rejalashtirish va tartiblash.
Uning xo'jalik mexanizmiga xos belgilari mavjud, bular: bitta
markazdan turib, hamma korxonalami bevosita boshqarish;
davlatning mahsulotni ishlab chiqarish va taqsimlashini to'liq
92
nazorat qilishi; ishlab chiqarish strukturasi va hajmini hukmron
mafkuraviy aqidalardan kelib chiqqan holda belgilash. Buyruqbozlik
iqtisodiy tizimi sobiq Sovet Ittifoqi, XXR, Shimoliy Vetnam,
Shimoliy Koreya, Kuba va ayrim Sharqiy Yevropa mamlakatlarida
mavjud bo'Igan.
BUYUKDEPRESSIYA- 1929-1933-yy. vahatto 1940-yilgachaAQSHda bo'Igan
va jahondagi yirik iqtisodiy inqiroz, ishlab chiqarish 50% kamaygan,
ishsizlik25% oshgan (17 mln.).
BUYURTMA - xaridor (buyurtmachi)ning sotuvchiga jo'natadigan hujjati bo'lib,
unda molni xarid qilishga qat’iy qaror qilinganligi ifodalanadi.
BUYURTMA BO'YICH A ISHLAB CHIQARISH - faqatgina taktik buyrtma
kelib tushgandan so‘ng ishga tushadigan jarayon.
BUYURTMA G'OLIBI - ma’lum bir mahsulot, uni boshqa korxona
mahsulotlaridan ajratib turadigan xossa va xarakteristikali
mahsulotdir.
BUYURTMA KVALIFIKATORI - ma’lum bir mahsulotning shunday tavsiflari
to‘plamiki, bular ushbu mahsulotning sotib olinishiga sabab bo'la
oladi.
BUYURTMA NUQTASI - tovar moddiy zaxira keyingi guruhiga buyurtma
berishni aniqlashga yordam beradigan ombordagi mavjud va
buyurtma berilgan tovar moddiy zaxira summasining past nuqtasi.
BUYURTMACHILAR - investorlar tomonidan investitsion loyihalarni amalga
oshirish uchun vakil etilgan yuridik va jismoniy shaxslar.
BYUROKRAT - 1. Hokimiyatchilikvakolatlariga ega bo'Igan amaldorlar toifasiga
kiruvchi shaxs. 2. O'z vazifalarini ko'r-ko'rona, ishga zarar keltirib
bajaradigan amaldor shaxs, rasmiyatchi sansalorchi.
BYUROKRATIYA - tashkilot turi bo'lib, unga mehnatni ixtisoslashtirilgan
tarzda taqsimlash, aniq ierarxiya, standartlar, xodimning bevosita
vazifasiga asoslangan ishning baholanish ko'rsatkichlari kiradi.
BOZORMUNOSABATI - bozordagi talab va takliflarning miqdoran va tarkibiy
jihatdan bir-biriga muvofiq kelishi. Agar shunday muvofiqlik
bo'lmasa, bozor muvozanati izdan chiqadi.
BOZOR NARXI - iqtisodiyotda jami talablarga ko'ra o'zgarmas holda qoluvchi
narxlar.
DA’VO - da’vo qo'zgatuvchining talabi. Korxonalar ularga qarzdorlarga
(debitorlarga) o'z vaqtida to'lanmagan qarzlik summalar uchun
da’vo qo'zg'atishlari lozim. Da’vo moddiy zarar keltirganlarga
nisbatan asosli ravishda qo'zg'atilishi zarur (debetorlik qarzlari,
da’volar yuzasidai hisob-kitoblarga qarang).
DALOLATNOMA - yuridik kuchga ega bo'lgan rasmiy hujjat.
DARBIN-UOTSON MEZONI - vaqtli qatorlarda avtokorrelyatsiyani aniqlash
uchun qo'llaniladigan shartli ko'rsatkich
DAROMAD - insonning mehnati evaziga yoki mulki hisobiga oladigan pul
mablag'i summasi. Daromadlar ikkita, ya’ni: a) mehnat evaziga
olinadigan daromad (ish haqi, foyda); b) mulkdan olinadigan
daromad (foiz, renta, dividend) turlariga bo'linadi.
DAROMAD (BOYLIK) VA BOSHQALAR UCHUN JORIY SOLIQLAR -
asosan, uy xo'jaligi va korporatsiyalarning daromadlari, boyliklari
singari boshqa turdagi kirimlariga solinadigan soliqlar.
DAROMAD BRUTTO - biror faoliyatdan kelgan yalpi daromad. Masalan,
mahsulotni sotish va xizmat ko'rsatishdan kelgan daromad.
DAROMAD KONSEPSIYASI - daromad tushunchasini ifodalovchi tartib va
qoidalardan iborat.
DAROMAD SAMARASI - 1. Ishchining ish haqining o'sishi natijasida ish
vaqtining qisqarishi hisobidan dam olish vaqtining ortishi. 2.
Mahsulot bahosi pasayishi xaridorning sotib olish qobiliyatini
oshiradi, natijada u oldingiga nisbatan xarid qiladigan tovardan
ko'proq miqdorda sotib oladi. Masalan, mol go'shtini xaridor
400 so'mdan ikki kg xarid qilar edi. Bahoning 50% pasayishi
natijasida endi xaridor 200 so'mdan 4 kg mol go'shtini xarid qiladi.
Daromadlar bo'yicha YAMM yollanma ishchilami ish haqi, renta
to'lovlari, bank foizi, foyda, daromadga qo'shilmagan to'lovlar
(tadbirkorlikka bilvosita soliqlar, amortizatsion ajratmalar) jamlash
orqali hisoblanadi.
DAROMAD SOLIG'I - yalpi daromadga solinadi, unda moddiy sarf-xarajatlar
va soliq imtiyozlari chegirib qolinadi. Daromad solig'i, asosan,
ish haqi berilishi va daromadning boshqa turlarida, shuningdek,
maxsus moliya tashkilotlariga manbalarini ko'rsatgan holda barcha
ishlab topilgan summani o'z ichiga olgan daromadlar to'g'risidagi
—
tfT S O flW »I»*# **— —
9 4
------
deklaratsiyani taqdim etish chog'ida chegirib qolish yo'li bilan
undiriladi.
DAROMAD SOLIG‘ 1 BO'YICH A JARIMALAR - ushbu soliq to‘ Ianmaganda,
noto'liq to'langanda yoki to‘lash tartibi buzilganda (rioya
qilinmaganda), pulni undirish, moddiy ta’sir ko'rsatishdan iborat.
O'z vaqtida ushlab qolinmagan, noto'liq ushlangan yoki tegishli
budjetga o'tkazilmagan soliq summalari jismoniy shaxslarga
daromad to'laydigan korxona, tashkilot va muassasalardan
undirishga mo'ljallangan summaning 10% hajmidagi jarimani
birgalikda qo'shib, soliq organlari tomonidan so'zsiz undirib olinadi.
Korxona, tashkilot, muassasalar va tadbirkor sifatida qayddan
o'tgan jismoniy shaxslardan soliq o'z vaqtida tegishli budjetga
o'tkazilmasa, har bir kechiktirilgan kun uchun to'lov muddatidan
keyingi kundan boshlab to' langan kungacha ( bu kun ham qo'shiladi)
0,5% miqdorida penya undiriladi. Penyaning undirilishi ularni
javobgarlikning boshqa turlaridan ozod etmaydi.
DAROMAD SOLIG‘1 STAVKALARI - aholi daromadlaridan tabaqalashtirilgan
holda olinadigan soliqlarning foizlardagi darajalari.
DAROMAD SOLIG INING SHEDULYAR SHAKLI - Buyuk Britaniya soliq
tizimida qabul qilingan. Daromadning manbayini inobatga olgan
holda uning qismlarga (shedulyarga) bo'linishini taqozo etadi. Har
bir shedul o'ziga manbayi oldida “tutish”ni maqsad qilib qo'yadi.
Mamlakatda bu sohada olti shedul amal qilib, ularning ayrimlari yana
ichki taqsimlanishga ham egadir. Masalan, “A” shedul o'z tarkibiga
mulkdan olinadigan daromadlar (yerga mulkchilikdan, bino va
inshootlarga egalikdan, uy yoki xonani ijaraga berishdan olinadigan
daromadlar) ni, “V ” shedul tijoriymaqsadlar uchun foydalaniladigan
o'rmon massivlaridan olinadigan daromadlarni, “S” shedul davlat
qimmatbaho qog'ozlaridan olinadigan daromadlarni, “D” shedul
tijoriy ishlab chiqarish faoliyatidan olinadigan daromadlarni (bu
shedulning tarkibiga daromadlarning juda ko'p turlari kirganligi
uchun uning o'zi yana olti qismga bo'lingan), “E” shedul ish haqi,
pensiya, nafaqa va boshqa mehnat daromadlari va nihoyat, “F”
shedul Buyuk Britaniya kompaniyalari tomonidan to'lanadigan
dividendlar va boshqa to'lovlarni o'z ichiga oladi.
DAROMADDAN OLINADIGAN SOLIQ, - foyda solig'idan tashqari
aksiyalar, obligatsiyalar va boshqa qimmatbaho qog'ozlari bo'yicha
(davlat obligatsiyalari va davlatning boshqa qimmatbaho qog'ozlari
bo'yicha olingan daromadlardan tashqari) olingan dividendlar
va foizlardan, kazinolar, videosalonlar daromadlaridan, o'yin
avtomatlarining daromadlari dan, ommaviy kontsert-tomosha
tadbirlarini o'tkazishdan olingan daromadlardan korxona va
tashkilotlar tomonidan to'lanadi.
DAROMADIY (DAROM ADLl) SOLIQQA TORTISH - daromadlarning
olinish vaqtida undiriladigan daromad soliqlari tizimi.
DAROMADLAR - bu subyektning xo'jalik faoliyati natijasida, odatda, ijara
haqi, foizlar, litsenziya to'lovlari va dividendlar shaklida daromad
keltiradigan faoliyat, ya’ni tovarlarning sotilishi, xizmatlarning
ko'rsatilishi
yoki
boshqa
shaxslarning
xo'jalik
subyekti
resurslaridan foydalanishi natijasida aktivlarning kelib tushishi
yoki majburiyatlarning kamayishi orqali ro'y beradigan iqtisodiy
resurslarning ko'payishidir. Daromadlar natural va pul ko'rinishida
bo'ladi. Daromadlar soliqli va soliqsiz guruhlarga bo'linadi.
Daromad tushunchasi haqida gap ketganda, milliy daromad,
korxona darajasida (yalpi daromad, sof daromad) va alohida
shaxslar ko'rilganda aholining pul daromadlari, fuqarolarning real
daromadlari va shaxsiy daromad shaklida bo'lishi mumkin.
DAROMADLAR
BO'YICHA
YALPI
MILLIY
MAHSULOTNI
HISOBLASH - jamiyatda bir yilda olingan daromadlami jamlash.
Daromadlar bo'yicha YAMM yollanma ishchilarning ish haqi, renta
to'lovlari, bank foizi, foyda, daromadga qo'shilmagan to'lovlar
(tadbirkorlikka bilvosita soliqlar, amortizatsion ajratmalar) jamlash
orqali hisoblanadi.
DAROMADLAR SIYOSATI - maqsadi individual pul daromadlari dinamikasiga,
tovar va xizmatlar narxiga tasir etish huquqi bo'Igan hukumat
siyosati.
DAROMADLAR T O ‘G‘ RISIDA DEKLARATSIYA - o'tgan davr mobaynida
olingan daromadlar; mulklar va ularga tegishli bo'Igan soliq
chegirmalari hamda imtiyozlari to‘g‘risida soliq to' lovchining rasmiy
arizasi.Jismoniy shaxslarni soliqqa tortishda asosiy moliyaviy hujjat
bo'lib, ulardan olinadigan daromad solig‘ining hajmini aniqlash
uchun fiuqarolar daromadlari unda qayd etiladi.
DAROMADLAR VA SARF XARAJATLAR BALANSI - birlashmalar,
korxonalar, vazirlik va idoralarning moliyaviy ishlab chiqarish hamda
mehnat jamoalarini moddiy rag'batlantirish maqsadidagi moliyaviy
munosabatlarining, pul daromadlarining shakllanishi va ulardan
foydalanish hamda pul mablag'lari fondini tashkil qilish manbayi.
Daromadlar va sarf-xarajatlar balansi turli xil budjetlarning (davlat,
korxona, oila) asosi hisoblanadi.
DAROMADLARDAN FOYDALANISH HISOBI - mavjud yalpi milliy
daromad pirovard milliy iste’mol va yalpi milliy jamg'arish uchun
qay tarzda ishlatilishini ko'rsatadi.
DAROMADLARNI INDEKSATSIYALASH - baholarning oshishi bilan
bog'liq aholining qo'shimcha xarajatlarini vaqti-vaqti bilan ish haqi,
pensiya, stipendiya va hokazolarni oshirish orqali qoplash.
DAROMADLAR ISHLATILISHIDEGANDA - iqtisodiy birliklar tomonidan
tovar va xizmatlarni tasarruf etish tushuniladi.
DAROMADLARNI TAQSIMLASH HISOBI - daromadlarni taqsimlash va
qayta taqsimlash bilan bog'liq barcha operatsiyalarni o'z ichiga
oladi (foizlar, taqsimlanadigan foydalar, joriy transfertlar). Bu
hisob iqtisodiyotning turli sektorlari o'rtasida ro‘y beradigan
operatsiyalarni qamrab oladi.
DAROMADLARNING
MAM L AKATDA
ISHLAB
CHIQARILGAN
TENGSIZLIGI - jami daromadlarning alohida shaxslar va
oilalar o'rtasida notekis taqsimlanishi. Ushbu hoi deyarli hamma
mamlakatlarga xos. Masalan, AQSHda boy (20%) aholiga jami
daromadlarning 43,7%, kambag'al (20%) larga esa atigi 4,6% to'g'ri
keladi. Ya’ni aholining boy 5/1 qismi aholining kambag'al 5/1
qismiga nisbatan 9 baravar ko'p daromad oladi.
DAROMADLARNING SHAKLLANISHI HISOBI - ishlab chiqarish bilan
bevosita bog'liq hamda tarmoqlar va sektorlar doirasida guruhlash
imkoniyati bo'lgan operatsiyalarni ifodalaydi.
DASTLABKI (BIRLAMCHI) AXBOROTLAR - muayyan marketing
tadqiqoti o'tkazilishi uchun mo'ljallangan yangitdan yig'ib olingan
malumotlar.
DASTLABKI AUDIT - ilk bor audit o'tkazilayotgan iqtisodiy subyekt yoki
oldingi auditorga nazorat boshqa auditorlik tashkiloti tomonidan
o‘tkazilgan iqtisodiy subyektning buxgalteriya hisob-kitob auditi.
DASTLABKI HUJJATLAR - xo'jalik muomalalari sodir bo'lgan paytda
tuziladigan va ular amalga oshganligining birinchi guvohi bo'lgan
buxgalteriya hujjatlari. Dastlabki hujjatlar tuzilishi xo'jalik
muomalalari hisob registratsiyasining boshlanishi hisoblanadi.
Dastlabki hujjatlarga g'azna kirim va chiqim orderlari, yukxatlar,
kvitansiyalar va h.k. kiradi. Hisobni soddalashtirish va hisob
registratsiyasini tezlashtirish uchun ko'pincha dastlabki hujjatlarga
asosan yig'ma hujjatlar tuziladi. Buxgalteriya hujjatlari tuzish tartibi
bo'yicha tasniflanganda, hujjatlar dastlabki va yig'ma hujjatlarga
bo'linadi.
97
DASTLABKIIMKONIYATLAR (KOMPETENSIYA) - ishlab chiqarish yoki
xizmat ko'rsatish firmasini uning raqiblaridan ajratib turadigan
bilim va uslublaridir.
DASTLABKI NAZORAT - taxminlash, rejalashtirish va loyihalashtirish
bosqichida,
xo'jalik yoki
moliyaviy operatsiyalar amalga
oshirilishidan awal o'tkazilib, oqilona boshqaruv yechimlari qabul
qilinishiga xizmat qiladi.
DAVLAT BANKI - davlat tomonidan tasis qilingan, odatda, davlat budjeti
va davlat organlariga xizmat qiladigan, davlat dasturlarini
moliyalashtiradigan va mos davlat tashkilotlarining topshirig'i bilan
har xil bank operatsiyalarini boshqaradigan bank.
DAVLAT BOJI - yuridik ahamiyatga ega bo'Igan harakatlar sodir etganligi yoki
vakolatli organlarvamansabdorshaxslartomonidan tegishlihuj jatlari
berilganligi uchun olinadigan majburiy to'lov. Turli instansiyalardagi
sudlarga berilgan ariza va shikoyatlar, notarial harakatlarning sodir
etilganligi, fuqarolik holati aktining davlat qaydidan o'tkazilganligi
va tegishli organlar tomonidan hujjatlarning berilganligi uchun
davlat boji olinadi. Uning miqdori yuridik harakat va beriladigan
hujjatlarning xarakteriga bog'liq.
DAVLAT BUDJETI - davlat pul mablag'lari (shu jumladan, davlat maqsadli
jamg'armalari mablag'lari)ning markazlashtirilgan fondi, unda
daromadlar manbalari va ulardan tushumlar miqdori, shuningdek,
moliya yilimobaynidaaniqmaqsadlaruchunajratiladiganmablag'lar
sarfi yo'nalishlari va miqdori nazarda tutiladi. Qonun kuchiga ega
bo'Igan davlatning asosiy moliyaviy rejasi. Davlat hokimiyatining
qonunchilik organi tomonidan tasdiqlanadi. Davlat pul mablag'lari
markazlashtirilgan fondini shakllantirish va foydalanish j arayonidagi
iqtisodiy (pul) munosabatlarni ifodalaydi. Milliy daromadni qayta
taqsimlashning asosiy quroli. Asosiy funksiyalari: l ) mamlakatning
yalpi ichki mahsuloti va milliy daromadini taqsimlash; 2)
iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish va rag'batlantirish;
3) davlatning ijtimoiy siyosatini moliyaviy jihatdan ta’minlash; 4)
pul mablag'larining shakllantirilishi va ulardan foydalanish ustidan
nazoratni amalga oshirish.
DAVLAT BUDJETI DAROMADLARI - davlat budjetiga jalb qilinadigan
soliqli va nosoliqli mablag' lar; amaldagi qonunchilikka muvofiq
ravishda davlat hokimiyati organlari va mahalliy o'z-o'zini
boshqarish organlari ixtiyoriga kelib tushuvchi pul mablag'lari. O'z
tarkibiga quyidagilarni oladi: l ) qonun hujjatlarida belgilangan
soliqlar, yig'imlar, bojlar, shuningdek, majburiy to'lovlar hamda
^
— 98 ^
—
soliq bo'lmagan boshqa tushumlar; 2) davlatning moliyaviy
aktivlari va boshqa aktivlarining joylashtirilishi, foydalanishga
berilishi va sotishga berilishidan olingan daromadlar; 3) qonun
hujjatlariga muvofiq meros olish, hadya etish huquqi bo'yicha davlat
mulkiga o‘tgan pul mablag'lari; 4) yuridik va jismoniy shaxslardan,
shuningdek, xorijiy davlatlardan kelgan qaytarilmaydigan pul
tushumlari; 5) rezident-yuridik shaxslarga va xorijiy davlatlarga
berilgan budjet ssudalarini qaytarish hisobiga tushadigan to'lovlar;
6) qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa daromadlar.
DAVLAT BUDJETI DEFITSITINI MOLIYALASHTIRISH - davlat
tomonidan xorijdan va ichki mablag‘ni jalb qilish, respublika budjeti
mablag'larining moliya yili boshlanishidagi qoldiqlari va qonunga
muvofiq boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.
DAVLAT BUDJETI MABLAG‘ LARINI BUDJETLAR O'RTASIDA QAYTA
TAQSIMLASH - l) quyi budjetlarga yuqori budjetlardan budjet
subvensiyalari va dotatsiyalari berish; 2) budjet ijrosi jarayonida
paydo bo'lgan o'zaro hisob-kitoblar bo'yicha mablag'larni yuqori
budjetdan quyi budjetga, shuningdek, quyi budjetdan yuqori
budjetga yo'naltirish; 3) budjet ssudalarini ajratish bilan qayta
taqsimlanadi. Respublika budjetidan budjet subvensiyalari va
dotatsiyalari Qoraqalpog'iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va
Toshkent shahri budjetlariga tasdiqlangan Davlat budjeti doirasida
ajratiladi. Qoraqalpog'iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va
Toshkent shahri budjetlaridan budjet subvensiyalari va dotatsiyalari
tumanlar hamda shaharlar budjetlariga tegishli tasdiqlangan
budjetlar
doirasida
ajratilishi
mumkin.
Qoraqalpog'iston
Respublikasi budjetida va mahalliy budjetlarda paydo bo'ladigan
daromadlar va xarajatlar o'rtasidagi vaqtinchalik xazinaviy uzilish
naqd pul aylanishi, yuqori budjetlarga beriladigan budjet ssudalari,
foydalanilmagan budjet mablag'lari qoldiqlari hisobiga qoplanadi.
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan,
O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Qoraqalpog'iston
Respublikasi budjetida, viloyatlar va Toshkent shahri budjetlarida
nazarda tutilgan ayrim xarajatlarni maqsadli moliyalashtirish uchun
quyi budjetlar hisobiga kiritiladigan daromadlarni respublika
budjetiga o'tkazishi mumkin.
DAVLAT BUDJETI MABLAG‘ LARINI SARFLASH - tasdiqlangan budjet
mablag'lari doirasida xarajatlar smetasiga muvofiq, Davlat budjeti
mablag'lari budjet mablag'lari oluvchilari tomonidan moliya yili
mobaynida bosqichma-bosqich, tayinlash sertifikatini muayyan
davrga va tegishli summaga rasmiylashtirish yo'Ii bilan amalga
oshiriladi.
9
9
—« « w -
DAVLAT BUDJETI TUZILMASI - respublika budjeti, Qoraqalpog'iston
Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlarni o'z ichiga oladi.
Davlat budjeti tarkibida davlat maqsadli jamg'armalari jamlanadi.
Qoraqalpog'iston
Respublikasi
budjeti
Qoraqalpog'iston
Respublikasining Respublika budjeti hamda tumanlar va
respublikaga
(Qoraqalpog'istonga)
bo'ysunuvchi
shaharlar
budjetlarini o'z ichiga olsa, viloyat budjeti esa viloyat budjeti,
tumanlar va viloyat bo'ysunuvidagi shaharlar budjetlarini o'z ichiga
oladi. O'z navbatida, tumanlarga bo'linadigan shaharning budjeti
shahar budjeti va shahar tarkibiga kiruvchi tumanlar budjetlaridan
iboratdir. Tumanga bo'ysunadigan shaharlari bo'lgan tumanning
budjeti tuman budjeti va tuman bo'ysunuvidagi shaharlar
budjetlarini o'z ichiga oladi.
DAVLAT BUDJETI XARAJATLARI - davlat pul mablag'lari fondini
taqsimlash bilan bog'liq bo'lgan iqtisodiy munosabatlar; davlat va
mahalliy o'z-o'zini boshqarish organlari funksiyalari va vazifalarini
moliyaviy jihatdan ta’minlashga yo'naltiriladigan pul mablag'lari.
Tarkibi quyidagilardan iborat: l ) budjet mablag'lari oluvchilarning
joriy xarajatlari; 2) joriy budjet transfertlari; 3) kapital xarajatlar
(asosiy fondlar va vositalarni davlat ehtiyojlari uchun olish va
takror ishlab chiqarish, xorijiy mamlakatlarda davlat ehtiyojlari
uchun yer va boshqa mol-mulk olish, davlat ehtiyojlari uchun
yerga bo'lgan huquq va boshqa nomoddiy aktivlarni olish, davlat
zaxiralarini vujudga keltirish va boshqalar); 4) kapital xarajatlarni
qoplash uchun yuridik shaxslarga beriladigan budjet transfertlari;
5) rezident yuridik shaxslarga va xorijiy davlatlarga beriladigan
budjet ssudalari; 6) davlat maqsadli fondlariga beriladigan budjet
ssudalari va dotatsiyalari; 7) davlat qarzini qaytarish va unga xizmat
ko'rsatish bo'yicha to'lovlar; 8) qonun hujjatlarida taqiqlanmagan
boshqa xarajatlar.
DAVLAT BUDJETINING G'AZNA IJROSI - Davlat budjetining barcha
daromadlarini
yagona
g'azna
hisob-raqamiga
kiritishdan,
shuningdek, Davlat budjetining xarajatlarini shu hisob-raqamdan
to'lashdan iborat.
DAVLAT BUDJETINING KASSA IJROSI - O'zbekiston Respublikasi Moliya
vazirligi va hududiy moliya organlari tomonidan O'zbekiston
Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda amalga oshiriladi.
Moliya vazirligibilanbirgalikda amalga oshiriladi. Davlatbudjetining
kassaijrosi operatsiyalarini banklar Markaziy bankning topshirig'iga
binoan bajaradi.
DAVLAT BUDJETINING MUDOFAA XARAJATLARI - davlatning o'z
mudofaa qobiliyatini mustahkamlashi kerakligi bilan bog'liqdir.
Budjet mablag'lari hisobidan Qurolli Kuchlarning barcha turlari
moliyalashtiriladi.
DAVLAT BUDJETINING NAZORAT FUNKSIYASI - budjetning milliy
iqtisodiyot bilan uzviy bog'liqligi takror ishlab chiqarishning barcha
bo'linmalarida ahvolning qandayligi to'g'risida ma’lumotlar bilan
doimiy ta’minlab turadi.
DAVLAT BUDJETINING TAQCHILLIGI - xarajatlar summasining
daromadlar summasidan ortiq bo'lishi.
DAVLAT BUDJETINING TAQSIMLASH FUNKSIYASI - davlat budjeti
tomonidan amalga oshirilayotgan taqsimlash munosabadari bo'lib,
undan taqsimlanganyalpiichki (milliy) mahsulotni qayta taqsimlash
uchun foydalaniladi.
DAVLAT BUYURTMALARI - davlat tomonidan muayyan mahsulot turi
(hozirgi kunda paxta va g‘alla)ni yetkazib berish bo'yicha qishloq
xo'jaligi korxonalari bilan tuzilgan shartnoma-topshiriq.
DAVLAT BUYURTMASI - davlat tomonidan korxona va tashkilotlarga muayyan
mahsulot turini tayyorlash va uni iste molchilarga yetkazib berish,
ishlab chiqarish, noishlab chiqarish va ilmiy-tadqiqot xarakteridagi
ma’lum ishlarni bajarish uchun beriladigan topshiriq.
DAVLAT ICHKI QARZLARI - davlat tomonidan ichki mablag'ni jalb
qilish natijasida vujudga kelgan O'zbekiston Respublikasi
majburiyatlariningyig'indisi. Oldin chiqarilgan va hozirgi vaqtgacha
foizlari bilan qaytarilmagan (uzilmagan) davlat qarzlari (zayomlari)
ning butun summasi.
DAVLAT IJTIMOIY TA’MINOTI - O'zbekiston Respublikasi fuqarolarini
keksayganda, kasallik ro'y berganda, mehnatga layoqatini qisman
yoki butunlay yo'qotganda, boquvchisini yo'qotganda, shuningdek,
bolali oilalarni moddiy ta’minlash va ularga xizmat ko'rsatish davlat
tizimidir.
DAVLAT KORXONALARI - davlat mulki bo'Igan va uning nazorati ostida
faoliyat ko'rsatuvchi korxonalar hisoblanadi.
DAVLAT KREDITI - kreditning bu shaklining asosiy xususiyati kredit
munosabatlarida davlatning qatnashuvidir. Davlat kreditida davlat
bir tomondan qarz beruvchi va ikkinchi tomondan qarz oluvchi
sifatida ishtirok etishi mumkin. Qarz beruvchi vazifasini bajara
turib, davlat davlat kredit institutlari, jumladan, Markaziy bank
orqali iqtisodning har xil sohalarini kreditlashni o'z zimmasiga
■
101
--
oladi. Davlat kreditining xarakterli xususiyati, davlat tomonidan
olingan qarz mablag'lari ishlab chiqarish fondlari aylanishida yoki
moddiy boyliklar yaratishda ishtirok etmaydi. Bu mablag'lar davlat
qarzlarini qoplash uchun ishlatiladi.
DAVLAT KREDITI MUNО SABATLARINING ASOSI - munosabatlarida
bo'sh turgan pul kapitallariga nisbatan davlat ehtiyojlarining
mavjudligi.
DAVLAT MAQSADLI FONDLARI - Davlat budjeti tarkibida jamlantiriladigan
fondlar bo' lib, ularning har biri uchun mablag' lar manbalari, har bir
manbadan mablag' tushish normalari va shartlari, shuningdek, shu
mablag'lardan foydalanilishi mumkin bo'lgan maqsadlar qonun
hujjatlari bilan belgilanadi. Aniq maqsadlarga mo'ljallangan pul
fondlari. Aholiga taqdim etiladigan ijtimoiy xizmatlarning ко' lamini
kengaytirish, infrastrukturaning qoloq tarmoqlari rivojlanishini
rag'batlantirish, iqtisodiyot ustuvor tarmoqlarini qo'shimcha
resurslar bilan ta’minlash bu fondlarning maqsadidir. Bu fondlar
Pensiya fondi, Respublika yo'l fondi, Davlat mulkini boshqarish
va tadbirkorlikni qo'llab-quwatlash davlat qo'mitasining maxsus
fondi (hisob varag'i), ish bilan ta’minlashga ko'maklashish
davlat fondidan iboratdir. Ularning daromadlari va xarajatlari
o'rtasidagi vaqtinchalik uzilish (yetishmovchilik)ni qoplash uchun
davlat maqsadli fondlariga O'zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining qaroriga binoan respublika budjetidan budjet
dotatsiyalari va ssudalari ajratilishi mumkin. Davlat maqsadli
fondlariga tushgan daromadlar xarajatlardan oshgan taqdirda
O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining taqdimnomasiga
binoan, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori
bilan ortiqcha summa yilning har bir choragi yakunlari bo'yicha
respublika budjetiga to'liqyoki qisman olib qo'yilishi mumkin.
DAVLAT MAQSADLI JAMG'ARMALARI - Davlat budjeti tarkibida
jamlantiriladigan jamg'armalar bo'lib, ularning har biri uchun
mablag'lar manbalari, har bir manbadan mablag' tushishi normalari
va shartlari, shuningdek, shu mablag'lardan foydalanilishi mumkin
bo'lgan maqsadlar qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
DAVLAT MOLIYASI - yalpi ijtimoiy mahsulot (muayyan vaqt ichida jamiyat
tomonidan yaratilgan ne’matlar)ni taqsimlash va qayta taqsimlash
jarayonida paydo bo'ladigan hamda davlat tomonidan o'z
vazifalarini amalga oshirish uchun foydalaniladigan pul mablag'lari
majmuyidir.
•
J
Q
2
—
----------------
DAVLAT MOLIYAVIY NAZORATI - davlat budjeti va nobudjet fondlar,
soliqlar, davlat korxona va tashkilotlarining moliyaviy faoliyati, pul
hisob-kitoblarini tashkil etish, hisob va hisobotni yuritish sohalarida
qonunchilikka rioya etilishini mamlakat hokimiyat va boshqaruv
organlari, shuningdek, maxsus tuzilgan nazorat organlari (Hisob
palatasi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qo'mitasi va boshqalar)
tomonidan amalga oshiriladigan nazorat.
DAVLAT MOLIYAVIY NAZORATINING MAQSADI - davlat xazinasiga
resurslarni tushurishni maksimallashtirish va davlat boshqaruv
xarajatlarini minimallashtirish
DAVLAT MUASSASALARI SEKTORI - Davlat muassasalari sektori
quyidagi rezident institutsion birliklar guruhidan iborat bo'ladi:
markaziy, regional (hududiy) va mahalliy davlat boshqaruvi
birliklari, boshqaruvning barcha darajasiga mansub ijtimoiy
ta’minot jamg'armalari, bozor munosabatlariga aloqasi bo'lmagan
barcha notijorat tashkilotlar (NTT). Bu tashkilotlar, asosan, davlat
nazoratida va moliyaviy ta’minotida budjetdan tarkib topadi.
DAVLAT MULKI - asosiy mulkchilik shakllaridan biri. Davlat mulki ikki yo'l
bilan paydo bo'ladi: a) xususiy mol-mulkni milliylashtirib, davlat
qo'liga olish; b) davlat mablag'lari hisobidan korxonalar qurish.
Davlatning iqtisodiyotga aralashuvi kuchayishi bilan davlat mulki
rivoj topadi, lekin uning monopoliyasi o'rnatilgach, raqobatga
xalaqit beradi. Natijada davlat mulkini reprivatizatsiyalash yuzaga
kelib, boshqa mulk shakllari kuchayadi. Bozor iqtisodiyotiga o'tish
munosabati bilan davlat mulki, asosan, jamoa mulkiga, fuqarolar
mulkiga va xususiy mulkka aylantiriladi.
DAVLAT NOBUDJET FONDLARI BUDJETLARI - budjetlar, davlat
nobudjet fondlari budjetlarining barcha daromad va xarajatlari
hamda soliq va budjet qonunchiligi hamda davlat nobudjet fondlari
to'g'risida qonunlarga muvofiq belgilangan barcha boshqa majburiy
tushumlar budjetlarda, davlat nobudjet fondlarining budjetlarida
majburiy tartibda va to'liq hajmda o'z aksini topish kerakligini
anglatadi.
DAVLAT NOMOLIYAVIY KORPORATSIYALARI - tegishli davlat idoralari
tomonidan nazorat ostiga olinishi zarur bo'lgan rezidentlik
nomoliyaviy korporatsiyalar hamda kvazikorporatsiyalar ana
shunday korporatsiyalar tarkibiga kiradi. Korporatsiyalar ustidan
nazorat deganda tegishli direktorlar tayinlash orqali korporatsiyalar
—
— 103 —
—
DAVLAT QARZI - davlatning aholi, bank, korxona, tashkilot va chet
mamlakatlardan olgan qarzi. Ma’lum davrida budjet kamomadlari
yig'indisi. U ikki guruhga bo'linadi: a) davlatning tashqi qarzi
(xorijiy davlatlarga, tashkilot va alohida shaxslarga); b) ichki qarzi
(davlatning o'z xalqidan qarzi).
DAVLAT QARZINI QAYTA MOLIYALASHTIRISH - hukumat obligatsi-
yalarni sotib olish muddati kelganda, yangi obligatsiyalarni chiqarib
sotadi. Undan kelgan tushumni muddati kelgan obligatsiyalarni
sotib olishga sarf qiladi.
DAVLAT QIMMATLI QOG'OZLARI - O'zbekiston Respublikasining g'azna
majburiyatlari va O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
vakolat bergan organ tomonidan chiqarilgan obligatsiyalar,
shuningdek; O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining
obligatsiyalari.
DAVLAT SEKTORI - mulk shakllaridan biri bo‘lib, uning subyekti (egasi)
davlat hisoblanadi. Yer, tabiiy resurslar; asosiy ishlab chiqarish
vositalari, bino va inshootlar; moddiy resurslar, moliyaviy resurslar,
qimmatbaho buyumlar, axborotlar, madaniy va ma’naviy boyliklar
davlat mulki obyektlari hisoblanadi. Bu boyliklardan foydalanish
to'liq davlat ixtiyorida bo'ladi. U davlat mulklaridan kerak bo'Igan
yo nalishda foydalanishni taminlaydi.
DAVLAT
SOLICl
INSPEKSIYALARINING
VAZIFALARI
VA
FUNKSIYALARI - l) soliq to'lovchilar (xorijiy fuqarolar va
fuqaroligi bo'lmagan shaxslarni ham qo'shib hisoblaganda)ning
to'liq hisobga olinishini ta minlash; 2) soliq to'lovchilar tomonidan
buxgalteriya hisoboti va balanslari, soliq hisob-kitoblari; hisobotlar;
deklaratsiyalar va to'lovlarni hisoblash hamda to'lash bilan bog'liq
bo'Igan barcha hujjatlarning o'z vaqtida taqdim etilishini nazorat
qilish; shuningdek, foyda, daromad, soliqqa tortishning boshqa
obyektlarining to'g'ri aniqlanganligi va hisoblanganligi bo'yicha bu
huj j atlarto 'g ‘riligini tekshirish; 3 ) budj et oldidagi o' z majburiyatlarini
bajarmaganlarga
nisbatan
moliyaviy
sanksiyalar
(jazolar)
qo'llanilishining to'g'riligini ta minlash; 4) korxona, tashkilot va
muassasalardan foyda (daromad) yoki soliqqa tortishning boshqa
obyektlari pasaytirilganligidan (kamaytirilganligi) dalolat beruvchi
hujjatlarni ko'rish, ularning mazmunini qayd etish va olib qo'yishni
amalga oshirish (tegishli hujjatlarni olib qo'yish uchun asos bo'lib
soliq inspeksiyasi mansabdor shaxsining asoslangan qarori xizmat
qiladi); 5) musodara qilingan va egasiz mulklar, shuningdek, meros
qilish huquqi bo'yicha davlat ixtiyoriga o'tkazilgan mulklar hamda
— «' га&екхдоч»— -
104
—
—
topilmalarni hisobga olish, baholash va realizatsiya qilish ishlarini
amlga oshirish; 6) budjetga tushishi lozim bo'lgan va haqiqatda
tushgan soliqlar va boshqa to'lovlarning operativ - bexgalteriya
hisobi yurgiziladigan hujjatlarni banklar, moliya organlari, korxona,
tashkilot va muassasalardan olish; 7) davlat soliq inspektsiyalari va
ularning mansabdor shaxslariga buxgalteriya hisobotlari, balanslar,
hisob-kitoblar, deklaratsiyalar va budjetga soliqlar hamda majburiy
to'lovlarni hisoblash, shuningdek, to'lash bilan bog'liq bo'lgan
boshqa hujjatlar taqdim etilmaganda yoki ularni taqdim etishdan
bo'yin tovlangan hollarda korxona, tashkilot, muassasalar va
fuqarolarning bank hamda boshqa moliya-kredit tashkilotlaridagi
hisob-kitob va boshqa schyotlari bo'yicha operatsiyalarni to'xtatib
qo'yish; 8) ortiqcha to'langan yoki undirilgan soliq va yig'imlarni
qaytarishni amalga oshirish; 9) yuqori soliq organlariga budjetga
haqiqatda kelib tushgan soliq va boshqa to'lovlarning summasi
haqidagi ma’lumotni tuzish, tahlil qilish va taqdim etish; 10)
xo'jalik yurituvchi subyektlar tomonidan naqd pul muomalasi va
nazorat-kassa mashinalarining qo'llanilishiga nisbatan qonunchilik
talablarining bajarilishini nazorat qilishdan iborat.
DAVLAT SUBSIDIYALARI - kompaniya tomonidan o'tgan davrda yoki
kelajakda uning operatsion faoliyati bilan bog'liq bo'lgan
ma’lum shartlarni bajargani yoki bajarishi evaziga resurslarni
o'tkazib berish shaklidagi hukumat yordamidir. Asosli ravishda
baholab bo'lmaydigan, shuningdek, kompaniyaning odatdagi
savdo muomalalaridan ajratib bo'lmaydigan hukumat bilan olib
boriladigan operatsiyalar davlat subsidiyalariga kiritilmaydi.
DAVLAT TA’LIM STANDARTI - uzluksiz ta’limning muayyan bosqichida
shaxs (mutaxassis)ning tayyorgarlik darajasi va mazmuniga
qo'yiladigan minimum talablar.
DAVLAT ТА SARRUFI DAN CHIQARISH - davlat mulki, iqtisodiyotdagi
davlat sektorini xususiylashtirishdan iborat bo'lib, u davlat
mulkchiligining yakka hukmronligini tugatish, erkin tadbirkorlikka
yo' 1 ochish va bozor iqtisodiyotini qaror toptirish maqsadida amalga
oshiriladi. Xususiylashtirish orqali davlat mulki fuqarolarga berilib,
mulk o'z egasini topadi; har bir kishi milliy boylikda o'z hissasiga
ega bo'ladi.
DAVLAT TASHQI QARZI - davlat tomonidan xorijdan mablag' jalb
qilish natijasida vujudga kelgan O'zbekiston Respublikasi
majburiyatlarining yig'indisi.
105
DAVLAT TOMONIDAN (ICHKI VA XORIJDAN) MABLAG' JALB
QILISH - quyidagi maqsadlarda amalga oshirilishi mumkin: l)
iqtisodiyotni rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlari, shu jumladan,
davlat investitsiya dasturlarini moliyalashtirish; 2) Davlat budjeti
daromadlari bilan xarajatlari o'rtasida tushumlar vaqtga ko'ra
muvofiq emasligi tufayli kelib chiqqan yillik ichki tafovutni
to'g'rilash; 3) mavjud qarzni qayta moliyalashtirish; 4) budjet
defitsitini moliyalashtirish; 5) tabiiy ofat yoki boshqa favqulodda
vaziyatlar tufayli mablag'larga bo'lgan ehtiyojlarni qoplash.
Davlat tomonidan ichki va xorijdan mablag' jalb qilishda qarz
majburiyatlarining quyidagi turlaridan foydalanish mumkin: l)
qisqa muddatli (bir yilgacha bo'lgan davrga chiqariladigan), o'rtacha
muddatli (bir yildan besh yilgacha bo'lgan davrga chiqariladigan)
va uzoq muddatli (besh yildan ortiq davrga chiqariladigan) davlat
qimmatli qog'ozlari; 2) kreditlar (qisqa, o'rta va uzoq muddatli);
3) O'zbekiston Respublikasiningkafolatlari; 4) budjet daromadlari
bilan xarajatlari o'rtasidagi vaqtinchalik tafovutni qoplash uchun
qisqa muddatli ssudalar; 5) qonun hujjatlarida nazarda tutilgan
boshqa turlar. Davlat tomonidan ichki va xorijdan mablag' jalb
qilishga hamda davlat qarzi ko'payishiga olib keladigan boshqa
harakatlar O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yoki u
vakolat bergan organ tomonidan amalga oshiriladi.
DAVLAT TOMONIDAN BOZORNING TARTIBGA SOLINISHI - ijtimoiy
ishlab chiqarish rivojiga ta’sir ko'rsatish maqsadida ijtimoiy-
iqtisodiy, moliyaviy, tarkibiy-sarmoyaviy hamda ilmiy-texnikaviy
va boshqa vositalar yordamida bozomi qaror toptirishda davlatning
aralashuvidir. Davlat tomonidanboshqarish mexanizmi va usullarini
qo'llash o'tish davrida boshlanadi. Bozorni boshqarishning eng
muhim mexanizmlari: rejalashtirish, soliq tizimi, baho, ijtimoiy
himoyalashdan iborat.
DAVLAT TOMONIDAN ICHKI MABLAG'NI JALB QILISH - aktivlarni
ichki manbalar (rezident-yuridikvajismoniy shaxslar)dan jalb etish
hamdabuningnatijasida O'zbekiston Respublikasiningqarz oluvchi
sifatidagi yoki qarz oluvchi rezidentlarning o'z kreditlari (qarzlari)
ni to'lashiga kafil sifatidagi majburiyatlarining vujudga kelishi.
DAVLAT TOMONIDAN SOTIB OLISH - davlat budjeti hisobidan ichki va
tashqi bozorda ishlab chiqilgan tovarlar va xizmatlarning sotib
olingan qismi. Davlat xaridlari, davlat ehtiyojlari (asbob-uskuna,
qurol-yarog' sotib olishiga) va aholining istemolini qondirish
hamda zaxiralar yaratish maqsadida amalga oshiriladi.
—
J 06
—
DAVLAT TOMONIDAN XORIJDAN MABLAG' JALB QILISH - aktivlarni
xorij manbalari (chet el davlatlaridan, norezident yuridik shaxs-
lardan vaxalqaro tashkilotlar)dan jalb etish hamda buningnatijasida
O'zbekiston Respublikasining qarz oluvchi sifatidagi yoki qarz
oluvchi rezidentlarning o‘z kreditlari (qarzlari)ni to'lashiga kafil
sifatidagi majburiyatlari yuzaga kelishi.
DAVLAT TRANSFERTI - qarang: transfert.
DAVLAT TRANSFERTLARIMULTIPLIKATORI - muvozanatli sof mahsulot
o'zgarishining hukumat transfert to'lovlaridagi o'zgarishlarga
nisbati.
DAVLAT VALYUTA MONOPOLIYASI - valyuta boyliklari (valyutaviy
boyliklar) bilan operatsiyalarni amalga oshirish yoki operatsiyalarni
amalga oshirishni ma’lum organlar, korxonalar, firmalar zimmasiga
o'tkazishga ruxsat berish, valyutaviy mablag'lardan foydalanish
tartibini belgilash bo'yicha davlatning tanho huquqi. Valyuta
operatsiyalarini reglamentatsiya (tartibga solib turish) qilish,
valyutaviy mablag'lardan foydalanish ustidan nazoratni amalga
oshirish va ularning qo'llanilish samaradorligini oshirish bo'yicha
choralar ko'rishni taqozo etadi.
DAVLAT XARIDLARI MULTIPLIKATORI - muvozanatli, sof milliy
mahsulotni o'zgartirishning davlat xaridlari o'zgarishiga nisbati.
DAVLAT ZAYOMLARI - davlat iqtisodiy faoliyatni amalga oshirib, qarz
beruvchi, shuningdek, qarz oluvchi ham bo' lishi mumkin. U oladigan
kredit davlat zayomi deyiladi. Davlat zayomi - obligatsiyalar, ya ni
uning egalariga muayyan muddat o'tgach, qarz va foizlar summasini
qaytadan olish huquqini beradigan qarz majburiyatlarini chiqarish
va sotish orqali amalga oshiriladi. Qarzga olingan pullarni davlat,
odatda, budjet taqchilligini qoplash, davlat hamda mahalliy
hokimiyat idoralarini mablag' bilan ta minlashga sarflaydi.
DAVLATNING SOLIQ, SIYOSATI - davlat tomonidan jismoniy va yuridik
shaxslardan undiriladigan soliqlarning turi, ularni yig'ib olish
yo'llari hamda usullarini tashkil etish borasidagi siyosat.
DAVLATNING SOLIQ, TIZIM I - muayyan sharoitda davlat foydasiga
undiriladigan soliq turlarining majmuyi. Unga soliqlarning turlari,
miqdori, soliq imtiyozlari, undiriladigan soliqlarni aniqlash kabilar
kiradi. Soliq tizimining vazifalari mavjud bo'lib, ulardan: soliq
to'lovchilar bilan davlat o'rtasida daromadlarni taqsimlash va
qayta taqsimlash, ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda faoliyat yuritishni
rag'batlantirish yoki cheklash, aholining ayrim tabaqalariga ijtimoiy
107
imtiyozlarni berish kabilar eng muhimlaridan biri hisoblanadi. Soliq
tizimi o'zgaruvchan bo'ladi.
DAVR XARAJATLARI - bevosita ishlab chiqarish jarayoni bilan bog'liq
bo'lmagan xarajatlar va sarflar tushuniladi: boshqaruv xarajatlari,
mahsulotni sotish xarajatlari va umumxo’jalik ahamiyatiga ega
bo'Igan boshqa xarajatlar.
DAVRIY (SIKLIK) DEFITSIT - iqtisodiyotning davriy rivojlanishi (tanazzuli)
sababli va soliq tushumlarining qisqarishi bilan bog'liq davlat
budjetining defitsiti.
DAVRIY ISHSIZLIK - iqtisodiyotning krizis holatidagi ishsizlik. Mavsumiy
xarakterga ega bo'lib, bozor iqtisodiyotiga o'tish davrida davriy
ishsizlik kuchayib boradi. Keyinchalik ishsizlikka bar ham beriladi.
(
Dostları ilə paylaş: |