Sh. I. Mustafakulov, O. A. Raximberdiyev, M. Sh. Egamberdiyeva iqtisodiy atamalarning



Yüklə 22,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/33
tarix22.09.2023
ölçüsü22,32 Mb.
#147431
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   33
Mustafaqulov Sh I va boshq Iqtisodiy atamalarning izohli lugati

Qarang: siklik ishsizlik)
DAVRIY TALAB - har zamonda paydo bo'lib, qondiriladigan va takrorlanib
turadigan talab.
DAVRIY XARAJATLAR (hisobot davrining xarajatlari) - mahsulot (ish, xizmat)
larni ishlab chiqarish bilan bevosita bog'liq bo'lmagan xarajatlar. 
Ushbu xarajatlar, asosan, tijorat (sotish) va ma'muriy boshqaruv va 
moliyaviy faoliyat bilan bog'liq xarajatlardan tashkil topgan.
DEBET (lot. debet - u majbur) - buxgalteriya hisobining bir qismi. Aktiv
schyotlarning debetiga summalarning ko'payishi yozilsa, passiv 
schyotlarda esa summaning kamayishi yoziladi. Hisoblashish 
schyotlarining debetida esa boshqa korxona va shaxslarning shu 
korxonaga qarzlari aks ettiriladi va debetorlik qarzlari deyiladi. 
Debet qoldiqlari esa aktiv va aktiv-passiv schyotlarda bo'ladi. 
Xo'jalik mablag'lari hamda ularning manbalarining ko'payishi 
va kamayishini qayd qilish uchun schyot ikki qismidan iborat 
bo'ladi. Uning chap qismi debet (lot. debet - qarzdor), o'ng qismi 
kredit (lot. credit - ishonadi) deb nomlanadi. “Debet” va “Kredit” 
iboralarini “D-t” yoki “D” va “K-t” yoki “K” belgilari bilan ifodalasa 
ham bo'ladi.
DEBITOR - biror korxonadan, firmadan, muassasadan boshqa yuridik shaxs yoki
fuqaroning qarzdor bo'lib qolishi. Bu terminxo'jalikva buxgalteriya 
amaliyotida ham qo'llaniladi.
DEBITORLIK QARZI - o'zaro xo'jalik aloqalarini olib boruvchi korxona, firma,
tashkilotlarning bir-biridan qarz summasi. Uning vujudga kelish 
sababi xo'jalik yurituvchi subyektlarning bir-birlaridan olgan tovar 
va xizmatlarining haqini darhol to'lay olmasligidir. Debitorlik qarzi 
korxonaning zararlariga qo'shib yoziladi.


d e b i t o r l i k
v a
KREDITORLIK 
q a r z l a r i n i n g
h a q i q i y
QIYMATI - korxonaning jami debitorlik (kreditorlik) qarzlarining 
faqatgina so'ndirilishi mumkin bo'lgan qismi.
DEFILYATSIYA - inflyatsiya davrida chiqarilgan muomaladagi qogoz pul
miqdorini kamaytirish. Davlat tomonidan moliya va pul-kredit 
tadbirlarini qo'llash orqali amalga oshiriladi.
DEFITSIT - kamyob, noyob. l ) biror narsaning yetishmasligi, kamchiligi.
Jumladan, tovarlar yetishmasligi, budjet mablag‘i yetishmasligi; 2) 
kamomad, zarar.
DEFLIRLASH - muayyan yildagi narxlar ba’zi yildagiga nisbatan yuqori
bo'lganda, real yalpi milliy mahsulot hajmini muayyan yilda ishlab 
chiqarilgan YaMM qiymatini kamaytirish yo'li bilan aniqlash. 
Bunda baza yilidagi, masalan, 1990-yil baholari 100% qilib olinadi. 
1998-yilda ishlab chiqarilgan YaMM 4861,1 mln dollarga teng 
deb faraz qilamiz. 1998-yildagi baholar 1990-yilga solishtirilganda 
21,7% yuqori bo'lgan. Agar real YaMM hisoblaydigan bo'lsak, 
u 3994,9 teng bo'ladi. U 1990-yilga nisbatan 21,72 kamaytirildi 
(Q
arang: nominal va real YaMM).
DEFLYATSIYA (lot. deflatio - puflamoq) - inflyatsiya davrida chiqarilgan
muomaladagi qog'oz pul miqdorini kamaytirish. Davlat tomonidan 
moliya va pul-kredit tadbirlarini qo'llash orqali amalga oshiriladi. 
Odatda, hukumat tomonidan avj olayotgan inflyatsiya sur’atlarini 
pasaytirish uchun qo'llaniladi. Deflyatsiyani amalga oshirishning 
quyidagi uslublari mavjud: soliqlarni oshirish, davlat tasarrufidagi 
mol-mulk va davlat qimmatli qog'ozlarining savdoga chiqarilishi, 
tashqi savdo operatsiyalari va valyuta almashinuvining tartibga 
solinishi, budjet hisobidan amalga oshiriladigan sarf-xarajatlarning 
kamaytirilishi, oylik ish haqi darajasining bir maromda saqlab 
turilishi. Deflyatsiyaning oqibatlari: ijtimoiy tanglikning kuchayishi, 
ijtimoiy ixtiloflar, iqtisodiy o'sish sur’atlarining pasayishi.
DEFLYATOR - inflyatsiya sur’atini ko'rsatuvchi umumiy ko'rsatkich. Baholar
indeksiga asoslanadi.
DEGRESSIV XARAJATLAR - o'zgaruvchan xarajatlarning bir turi, ya’ni
xarajatlarning o'sish darajasi subyektning ishbilarmonlik faolligi 
o'sishidan ortda qoladi.
DEHQON XO'JALIGI - o'z qaramog'ida bo'lgan mulk, yer va boshqa tabiiy
resurslardan foydalanish asosida qishloq xo'jalik mahsulotlarini 
ishlab chiqarish, qayta ishlash, saqlash va sotishni amalga oshiruvchi 
mustaqil xo'jalik yurituvchi subyekt.
1
0
9
-----------------


DEHQONCHILIK TIZIMI - dehqonchilik mahsulotlari yetishtirish uchun
yerdan to'la foydalanish, tuproq unumdorligini oshirishga 
qaratilgan, o'zaro bog'liq va bir-birini to'ldiradigan tashkiliy- 
agrotexnik tadbirlar yig'indisi.
DEKLARATSIYA - 1) hukumat, tashkilot, firma nomidan rasmiy e’lon qilingan
bayonot; asosiy prinsiplarni tantanali e’lon qilish; 2) bojxonada 
deklaratsiya qimmatbaho buyumlar va mahsulotlarni chegaradan 
olib chiqishda va qimmatbaho paketlarga, banderolga qo'shib 
jo'natiladigan hujjat. Ushbu hujjatda paket mazmuni, qiymati 
ko'rsatiladi; 3) soliq deklaratsiya daromadning miqdori, manbayi, 
mulk hajmi va boshqalar xususida soliq to'lash uchun yozilgan 
ariza. Deklaratsiya davlat ichki yoki tashqi siyosatining asosiy 
prinsiplari aks etgan hujjat. Xalqaro tashkilotlar, shujumladan, BMT 
deklaratsiya ko'rinishida xalqaro munosabatlarning aniq sohasidagi 
asosiy qoidalarini mustahkamlab boradi.
DEKORT - molning haqini muddatdan awal to'langan yoki molning miqdori,
sifati kelishuv shartlariga mos kelmagani uchun molning narxidan 
chegirma.
DEMANO-POLIZATSIYA (lot. de - ajratish, bekor qilish - old qo'shimchasi,
yunon, monotanho va poleo - sotaman) - sog'lom iqtisodiy 
bellashuvga yo'l berish maqsadida yakkahokim korxonalar va 
birlashmalar o'rniga o'zaro raqobatlashuvchi ko'plab korxonalarni 
tuzish. Demano-polizatsiya ikki yo'l bilan amalga oshiriladi: 1) yirik 
monopol mavqedagi birlashmalar, kompaniyalar tarqatilib, ulardan 
mustaqil korxonalar ajralib chiqadi; 2) yakkahokim korxona, 
birlashma yoki kompaniyalar saqlangan holda ular bilan raqobat 
qila oladigan korxona yoki birlashmalar tashkil etiladi.
DEMARKETING - marketingning bir turi bo'lib, ishlab chiqarish quwati,
xomashyoning yetishmasligi tufayli bozorga kam chiqariladigan 
molga talabni pasaytirishga qaratilgan.
DEMOKRATIYA - boshqaruvning barcha bosqichlaridagi erkinlikning
barqarorligidir. So'z erkinligi va iqtisodiy faoliyat bilan shug'ullanish 
erkinligini beradigan kuchli qonunlarga ega bo'lishdir.
DEMPING (ing. dumping-tashlash) -1 ) bozorniegallashvaundanraqobatchilarni
siqib chiqarish maqsadida mahsulotlarni sotuv narxiga nisbatan 
arzonga sotish; 2) sifati past mollar eksporti; tovarlarni mamlakat 
ichkarisidagi yoki jahon bozoridagi narxlardan ancha past narxda 
bitta mamlakatdan boshqasiga olib chiqib ketish. Tariflar va savdo 
haqidagi bosh bitim qoidalari (GATT)ga muvofiq bir mamlakat 
tovarlari boshqa mamlakat bozorida “normal” narxdan past narxda
---------------
1
1
0
-----------------


sotilgan, u ana shunday mahsulotni milliy ishlab chiqarishga katta 
zarar yetkazgan yoki ana shunday zarar yetkazishga xavf solgan 
hollar dempingga taalluqli bo'ladi. 1967-yildaGATT doirasida tovar 
demping faktini aniqlash va isbotlash tartibi, shuningdek, tovar 
ishlab chiqaruvchi firmalarga yetkazilgan zarami qoplash usullarini 
belgilovchi xalqaro dempingga qarshi kodeks qabul qilingan edi.
DEMPING NARX - tovar tannarxidan past narx.
DEMPING SIYOSATI - bozorda raqibini sindirish maqsadida tovarlarning o‘z
tannarxidan past narxda sotilishi.
DEMPINGGA QARSHI BOJXONA BOJLARI - mahsulotni chiqarayotgan
mamlakatdagi tovarlar qiymatidan shu tovarlar olib kirilayotgan 
mamlakatda shu tovarlarning bahosi past bo'lsa, bu narsa mamlakat 
o'z ishlab chiqaruvchilariga moddiy zarar yetkazish xavfini 
tug'dirsa yoki shunga o'xshash tovarlarni mamlakat doirasida ishlab 
chiqarishni to'xtatib qo'yishi mumkin bo'lsa joriy etiladi.
DENATSIONALIZATSIYA - 1. Davlatga o'tgan mulkni yana o'z xususiy egasiga
qaytarish. 2. Milliy xususiyatlarni, shu jumladan, madaniyatni, tilni 
va shu kabilarni yo'qotish.
DENOMINATSIYA - eski pul birligini yangisiga almashtirish bilan milliy pul
birligini mustahkamlash.
DENONSATSIYA -1 . Shartnomadan voz kechish. Agar sug'urta munosabatlarida
tomonlardan biri yozma ravishda shartnomadan voz kechishi 
to'g'risida ikkinchi tomonga ma’Ium qilmasa, shartnoma unda 
ko'rsatilgan muddatgacha kuchda bo' ladi. 2. Biror davlat tomonidan 
ikkinchi davlatga ular o'rtasidagi ahdnomaning bekor qilinganligini 
bildirish.
DEPARTAMENT - l.Fransiyada asosiy ma’muriyhududiybirlik. 2. AQSHdaba’zi
vazirliklar nomi. Masai an: Davlat departamenti. 3. Ba’zi davlatlarda 
va O'zbekistonda vazirliklarning, hukumat muassasalarining 
bo'limlari.
DEPO HISOB-VARAG'I - deponentning qimmatli qog'ozlarini saqlash va
qimmatli qog'ozlarga bo'Igan huquqlarni hisobga olish uchun 
mo'ljallangan, investitsiya vositachisi va qimmatli qog'ozlar 
markaziy depozitariyasining hisobga olish registrlaridagi yozuvlar 
yig'indisi.
DEPO HISOB -VARAG ‘IDAN KO CHIRMA - deponentning qimmatli
qog'ozlarga bo'Igan huquqlarini tasdiqlaydigan, investitsiya 
vositachisi va (yoki) qimmatli qog'ozlar markaziy depozitariyasi 
tomonidan beriladigan hujjat.
---------------
1
1
1
-----------------


DEPONENT (lot. depono - yig'aman) - korxona, tashkilot, muassasa yoki
jismoniy shaxsning korxona, tashkilot, muassasada vaqtincha 
saqlayotgan mablag'i. Deponentlangan summa shaxslarning talabi 
bilan beriladi yoki boshqa bir korxona va tashkilotlarga o'tkaziladi. 
O'z vaqtida olinmagan oylik maoshlari, sudning ijro varaqalariga 
ko'ra ish haqidan ushlangan, ammo olinmagan summalar ham 
deponent hisoblanib, maxsus schyotlarda saqlanadi. Uch yil 
muddatgacha talab qilib olinmagan deponentlangan ish haqi 
summasi budjetga o'tkaziladi.
DEPONENTLASHTIRISH - pul mablag'lari, qimmatli qog'ozlar va boshqa
boyliklarni kredit tashkilotlariga saqlash uchun topshirish; 
xodimlarning o‘z vaqtida olinmagan ish haqlarining pul mablag'lari 
qoldig'ini kredit muassasalariga topshirish.
DEPOZIT - 1. Banklarga saqlash uchun topshirilgan pul mablag'lari yoki
qimmatli qog'ozlar. 2. Qarzdor kreditorga berib yuborish uchun 
sud muassasasiga ajratadigan pul summasi yoki qimmatli qog'oz.
DEPOZIT FOIZI - mablag' qo'yuvchining pulidan foydalangani uchun unga
bank tomonidan to'lanadigan to'lov, ya’ni narx.
DEPOZIT MUASSASALAR - alohida shaxslar va korxonalardan omonatlar
oladigan firma. Tijorat banklari, ssuda jamg'arma uyushmalari, 
kredit ittifoqlari va shu kabilar.
DEPOZIT OPERATSIYALARI - yuridik va jismoniy shaxslarning bo'sh pul
mablag'larini jalb qilish bilan bog'liq operatsiyalar.
DEPOZIT PUL KORPORATSIYALARI - rezident depozit korporatsiyalar va
kvazikorporatsiyalarni o'z ichiga oladi. Bu korporatsiyalar birinchi 
talabga binoan to'lanuvchi omonatlar, chek yoki boshqa to'lov 
vositasida o'tkaziluvchi operatsiyalar bilan shug'ullanadi.
DEPOZIT SERTIFIKAT - bankka qo'yilgan omonat summasi va omonatchi
(sertifikat saqIovchi)ning omonat summasi hamda sertifikatda 
shartlashilgan foizlarni sertifikatni bergan bankdan yoki shu 
bankning istalgan filialidan belgilangan muddat tugaganidan keyin 
olish huquqini tasdiqlovchi noemissiyaviy qimmatli qog'oz.
DEPOZIT SERTIFIKATLARI - jamg'armachining bankka qo'ygan pul
mablag'ini ifodalovchi va muomala muddati tugaganidan keyin 
qo'ygan pul mablag'ini hamda foyda sifatida ustama foizini huquq 
va imkoniyatini beruvchi qimmatli qog'ozdir. Depozit sertifikati 
bank tomonidan beriladi.
DEPOZITAR OPERATSIYALAR - hisobga olish registrlarida depozitar
operatsiyalar standartlariga muvofiq bajariladigan operatsiyalar.

112 



DEPOZITARTILXATLAR- nominal qiymatga ega bo'lmagan qimmatli qog'oz
bo'lib, u taqdim etiladigan qimmatli qog'ozlarning muayyan soniga 
bo'Igan mulk huquqini tasdiqlaydi va egasining ushbu qimmatli 
qog'oz emitentidan depozitar tilxat o'rniga taqdim etiladigan 
qimmatli qog'ozlarning tegishli sonini olishini hamda taqdim 
etiladigan qimmatli qog'ozlar bilan mustahkamlangan huquqlarning 
depozitar tilxat egasi tomonidan amalga oshirilishi bilan bog'liq 
xizmatlar ko'rsatilishini talab qilish huquqini mustahkamlaydi.
DEPOZITARIY - depozitlarni saqlash uchun ishonib topshirilgan jismoniy yoki
huquqiy shaxs.
DEPOZITLARNI SUG'URTA QILISH - banklar bankrot deb e’lon qilin-
ganda yoki to'lov qobiliyati yo'qolganda, omonatchilarning 
bankdagi pul mablag'larining ularga qaytarilishini sug'urtalash. 
Bunda banklar sug'urtalanuvchilar hisoblanadi. Sug'urtani maxsus 
sug'urta tashkilotlari amalga oshiradi. Depozitlarni sug'urtalash 
chet mamlakatlarda keng tarqalgan. Masalan, AQShda depozit 
sug'urtasini depozitlarni sug'urtalash federal korporatsiyasi amalga 
oshiradi. AQShda har bir omonatchiga to'g'ri keladigan 100 ming 
AQSh dollari miqdoridagi depozitni banklar majburiy sug'urtalaydi.
DEPRESSIYA - iqtisodiy rivojlanishning davriy yuksalish va tushkunlik jarayoni
bo' lmish iqtisodiy siklningbir bosqichidir. Iqtisodiy sikl: tushkunlik, 
depressiya (turg'unlik), jonlanish va yuksalish bosqichlaridan 
iboratdir. Turg'unlik- tanazzuldan keyingibosqichdir. Bubosqichda 
ishlab chiqarishning inqirozi to'xtaydi, ishlab chiqarish bilan 
iste’molning talab bilan taklifi o'rtasida muvozanat vujudga keladi. 
Bu davr uchun ishlab chiqarish ko'lami va darajasining pasayishi 
xos. Ishlab chiqarilgan mahsulotlarning hajmi naqd pul massasidan 
oshib ketadi, aholining turmush darajasi pasayib, ijtimoiy tanglik 
kuchayadi, boshqaruv mexanizmlari izdan chiqadi.
DESTILLION - birning yonidagi nollar soni 33 ta bo'Igan son.
DETERMINATSIYA KOEFFITSIYENTI - natijaviy belgi o'zgaruvchanligining
qaysi qismi x-omil ta siri ostida vujudga kelishini ko'rsatadi.
DEVALVATSIYA (lot. de - old qo'shimcha, bu o'rinda pasaymoq ma’nosida
va lot. valeo - qiymat) - mamlakat savdo to'lov balansining 
keskin yomonlashuvi, valyuta rezervining holdan toyishi, xalqaro 
valyuta bozorida milliy valyuta kursining pasayishi bilan bog'liq 
holda milliy pul birligi qiymatining rasmiy ravishda pasaytirilishi. 
Valyutalarning rasmiy qiymati ularning oltin ta’minotini taqqoslash 
bilan belgilangan davr ( 1978-yil)gacha devalvatsiya - pul birligining 
tarkibidagi oltin hissasini kamaytirish yo'li bilan amalga oshirilgan. 
Hozirgi vaqtda esa u barcha erkin almashinadigan valyutalar


(odatda, AQSh dollari, Germaniya markasi, Angliya funt sterlingi 
va boshqalar)ga nisbatan pasaytirish yo'li bilan amalga oshiriladi.
DEVIDEND - daromad, aksionerlarga ularning qo' lidagi aksiyalar soniga muvofiq
to'lanadi.
DEVIZ SIYOSATI - davlat organlarining chet el valyutalarini sotish yoki sotib
olish orqali milliy valyuta kursiga ta sir etish siyosatiga aytiladi.
DIAGNOSTIKA - konkret tashkilotning ayni paytdagi holatini uning rivojlanish
istiqbollarini aniqlash va inqiroz xavfining oldini olish maqsadlarida 
tahlil qilish, baholash.
DIALEKTIKA USULI - voqea-hodisalarni ketma-ketlikda o'rganish.
DIFFERENSIAL RENTA - boshqa resurslarga nisbatan yuqori unumdorlikka
ega bo'lgan resurs egasi tomonidan olinadigan renta.
DIFFERENSIAL RENTA-1 - yerlarning tabiiy unumdorligidagi farqlar natijasida
vujudga keladigan qo'shimcha sof daromad.
DIFFERENSIAL RENTA-2 - yerlarning iqtisodiy unumdorligini oshirish
natijasida vujudga keladigan qo'shimcha sof daromad.
DILER (dealer) - o'z hisobiga birja yoki savdo vositachiligi bilan shug'ullanuvchi
ishbilarmon. Diller qimmatli qog'ozlar, tovarlar va valyuta oldi-sotdi 
savdo bitimlarida vositachilik qiluvchi shaxs yoki firma hisoblanadi.
DILER VAZIFASINI BAJARUVCHI BANK - 1. Tijorat banki bo'lib, u
bozorga davlat qimmatbaho qo'g'ozlarini chiqarishni taklif qiladi.
2. Munispial qimmatli qo'g'ozlar bo'yicha diler sifatida munisipial 
qimmatbaho qo'g'ozlar (AQSh) bilan bo'ladigan oldi-sotdilarni 
tartibga soluvchi kengash ro'yxatidan o'tgan bank bo'limi.
DILERLIK FAOLIYATI - qimmatli qog'ozlar oldi-sotdisiga doir bitimlarni o'z
nomidan va o'z hisobidan muayyan qimmatli qog'ozlarni xarid 
qilish va (yoki) sotish narxlarini ochiqchasiga e’lon qilish yo'li bilan 
ushbu qimmatli qog'ozlarni e’lon qilishga narxlar bo'yicha xarid 
qilish va (yoki) sotib olish majburiyati bilan amalga oshirishdir.
DINAMIK QATOR - hodisaning vaqt bo'yicha o'zgarishini ko'rsatuvchi sonlar
qatori.
DIREKT-KOSTING - bevosita xarajatlarni ishlab chiqargan mahsulot yoki
buyumlar bo'yicha umumlashtiradigan boshqaruvhisobining tizimi. 
Mahsulot-buyumning to'liq bo'lmagan tannarxini kalkulatsiya 
qilish usuli bo'lib, ushbu usulni qo'llaganda mahsulot tannarxiga 
faqat o'zgaruvchan xarajatlar qo'shiladi. Natijada bilvosita xarajatlar


esahisobotdavriningmoliyaviynatijalari(xarajadarningjamlamasi) 
ga olib boriladi.
d i r e k t
-
m e y l
- iste’molchilarga bosma reklama, tovar namunalari va boshqa
materiallarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri pochta orqali jo'natish; aniq adresli 
reklama.
DIREKTOR - u yoki bu tashkilot boshqaruvchisi yoki boshlig'i.
DISKAUNTER - rivojlangan mamlakadardagi uzoq muddat ishlatishga
mo'ljallangan tovarlarni arzon bahoda va qoshimcha xizmatsiz 
sotiladigan do'kon.
DISKONT - 1. Qimmatli qog'ozning amaldagi narxi bilan qiymat qoplanishi
paytidagi narxi yoki belgilangan qiymati o'rtasidagi farq; moliyaviy 
vositani qiymat qoplanishi paytiga qadar belgilangan qiymatidan 
past narxda xarid qilish. 2. Valyutaning kelgusi kursi bilan darhol 
yetkazib berilgan paytdagi kursi o'rtasidagi farq. 3. Turli muddatlarda 
yetkazib beriladigan bir turdagi tovar narxlari o'rtasidagi farq. 4. Birj a 
bitimlarida tovar sifati shartnomada kelishilganidan past bo'lganida 
narxdan chegirish. 5. Valyuta bitimlarida valyuta rasmiy kursidan 
pasayishga qarab chetga chiqish.
DISKONT CHEGIRISH - 1. Mollarni arzonroq bahoda sotish. 2. Muddatiga
qadar veksellarni arzon narxda sotib olish.
DISKONT SIYOSATI - Markaziy bankning uchyot stavkasini o'zgartirish yo'li
bilan milliy valyuta kursiga va to'lov balansi holatiga ta’sir etish 
siyosati.
DISKONT STAVKASI - uchyot stavkasi Markaziy bank tomonidan tijorat
banklariga ularning ixtiyoridagi trattalarni qayta hisobga olish yo‘li 
bilan beriladigan kreditlarning foiz stavkasidir.
DISKONTIRLASH - qiymadar (daromad, xarajat, kapital)ni boshlang'ich yilga
yoki oxirgi yilga keltirish.
DISKONTLANGAN QIYMAT - kapital qo yilmalarni baholashning to'rt
usulidan biri bo'lib, kelgusida olinadigan naqd pullarni joriy qiymat 
orqali foiz stavkasi yordamida ifodalash jarayoni bo‘ lgan diskondash 
jarayoni natijasida olinadigan miqdorni ifodalaydi.
DISKONTLANGAN 
XARAJATLAR 
-
joriy 
vaqtdagi 
diskontlash
koeffitsiyenti orqali aniqlangan kapital 
qoyilm alar 
bo'yicha taxmin 
qilinadigan xarajatlar.
DISKRETSION DAROMAD - birinchi galdagi hayotiy ehtiyojlar (oziq-ovqat,


kiyim-bosh va h.k)ni qondirish uchun qilingan sarflardan keyin 
qolgan pul miqdori.
DISKRETSION FISKAL SIYOSAT - milliy ishlab chiqarish hajmiga,
bandlikka, inflyatsiyaga ta sir etish maqsadida, davlat tomonidan 
ongli ravishda soliq solish va davlat xarajatlarini tartibga solish 
tushuniladi, tanazzul sharoitida unga muvofiq davlat sarflari 
oshiriladi, soliqlaming pasayishi bilan qo'shib olib boriladi, natijada 
kamomadni moliyalashtirishga, ishlab chiqarishning o'sishiga olib 
keladi. Inflyatsiya sharoitida diskretsion siyosat davlat sarflarini 
kamaytirish, soliqlar miqdorini oshirish, davlat sarflarini qisqartirish 
bilan soliq miqdorini oshirishni qo'shib olib borishni nazarda tutadi. 
Bu esa davlat budjetining ijobiy saldoga ega bo'lishiga olib keldi. 
Real hayotda, iqtisodiyotda har xil omillar harakat qiladi. Shuning 
uchun muvofiq fiskal siyosatni ishlab chiqish juda qiyindir.
DISKRIMINATSIYA BAHOLARI - ma’qul kelmagan xaridorlar uchun,
ayniqsa, davlatlar orasidagi munosabatlar, haqiqiy siyosiy muhit 
buzilgan davrda ornatiladi. Bu narxlar o ‘ta yuqori, tovarni sotib 
oluvchiga bir necha marotaba qimmat qilib belgilanadi.
DISPASHER - dengiz transportida umumiy avariya sodir bo'lganda ko'rilgan
zararni kema, yuk va fraxt o'rtasida taqsimlash bo'yicha hisob- 
kitoblarni tuzadigan mutaxassis. Rivojlangan mamlakatlarda 
dispasher vazifasini maxsus kompaniyalar bajaradi. Zararlarni 
taqsimlash bo'yicha hisob-kitoblar dispasha deyiladi va dispashani 
tuzganlik uchun haqni manfaatdor tomonlar (kema egasi, yuk egasi, 
yukni sotib oluvchi shaxs) to'laydi.
DISPERSION TAHLIL - o'rganilayotgan omillar ta’siri ostida yuzaga chiqqan
belgi o'zgaruvchanligini noma’lum sabablarga ko'ra kuzatilayotgan 
o'zgaruvchanlik bilan taqqoslab, omillar rolini baholash usulidir.
DISPERSIYA - qator variantlari qiymatlari bilan ularning arifmetik o'rtachasi
orasidagi tafovutlar kvadratlaridan olingan arifmetik o'rtachadir.
DISTRIBUTER (ing. taqsimlash) - 1. Firma yoki ayrim olingan tadbirkorning
katta ishlab chiqaruvchi firmadan ulgurji bahoda tovarlarni xarid 
qilishi. Distributer firma bilan iste’molchi o'rtasida vositachilik 
vazifasini bajaradi. 2. O'z jamg'armasiga ega bo'lgan, o'zi sotib 
olish bilan shug'ullanuvchi mustaqil firma; yirik firmaning xorijiy 
davlatdagi yagona vakili.
DIVERSIFIKATSIYA (lot. diversus - har xil va facere - qilmoq, bajarmoq)
- ishlab chiqarishning samaradorligini oshirish, mahsulot va 
xizmatlarni sotish bozorlarini kengaytirish maqsadida tarmoq va
] ] {) —-


korxonalar faoliyat sohalarini kengaytirish, mahsulot va xizmatlar 
assortimentlarini ko'paytirish.
DIVERSIFIKATSIYA STRATEGIYASI - korxona faoliyatini mavjud
mahsulotlar va bozorlar turini kengaytirish orqali rivojlanish 
strategiyasidir. Diversifikatsiya strategiyasi korxonalarning ishlab 
chiqarish va tijorat faoliyatini rivojlantirishning eng yetakchi 
zamonaviy tendensiyalardan biri hisoblanib, u orqali korxonalarni 
bozor sharoitida vujudga keladigan turli qaltisliklarga bo'lgan 
raqobatbardoshligini oshiradi. Diversifikatsiya strategiyasi -
korxonalarda yangi mahsulotlar liniyalarini ishga tushirish, qo'shma 
korxonalar tuzish, boshqa korxonalarni sotib olish va boshqa turli 
uslublarda amalga oshirishi mumkin.
DIVIDEND - aksiyalar bo'yicha to'lanishi lozim bo'lgan daromad; yuridik
shaxs tomonidan uning muassislari o'rtasida (ishtirokchilari, 
a'zolari o'rtasida ularning ulushlari, paylari, hissalari bo'yicha) 
taqsimlanadigan sof foydaning va (yoki) o'tgan yillardagi 
taqsimlanmagan foydaningbir qismi; yuridikshaxs tugatilganda mol- 
mulkni taqsimlashdan olingan, shuningdek, muassis (ishtirokchi, 
a’zo) tomonidan yuridik shaxsda ishtirok etish ulushini (payini, 
hissasini) olgandagi daromadlar, bundan muassis (ishtirokchi, 
a'zo) ustav fondiga (ustav kapitaliga) hissa sifatida kiritgan mol- 
mulkning qiymati chegiriladi, taqsimlanmagan foyda ustav fondini 
(ustav kapitalini) ko'paytirish uchun yo'naltirilgan taqdirda, yuridik 
shaxs aksiyadorining, muassisining (ishtirokchisining, a'zosining) 
qo'shimcha aksiyalar qiymati, aksiyalar nominal qiymatining 
oshishi, ulush (pay, hissa) qiymatining oshishi tarzida olingan 
daromadlari.
DOIMIY (STANDART) NARX - aniq tovarlarga belgilangan va nisbatan uzoq
vaqt amal qiladigan barqaror narx.
DOIMIY BAHOLAR - ba’zi baho sifatida olingan qandaydir joriy davr bahosi;
u fizik hajm indikatorini aniqlash uchun ishlatiladi. Ular, odatda, 5 
yilda bir o'zgartiriladi.
DOIM IY MUASSASA TUSHUNCHASI - soliqqa tortish maqsadida
O'zbekiston hududida daromad olish uchun faoliyat ko'rsatayotgan 
har qanday joy hamda har qanday tashkilot yoki vakolatli funksiyani 
bajarayotgan yuridik shaxsdir. Bu tushuncha o'z ichiga: boshqaruv 
o'rni, bo'lim, ofis, idora, fabrika, ustaxona, shaxta, neft yoki gaz
■ 
1
1
7
----------------


quvuri, tosh qazish yoki har qanday foydali qazilmalar qazib oluvchi 
joylarni oladi.
DOIM IY XARAJATLAR (SARFLAR) - ishlab chiqarish hajmiga bog'liq
bo'lmagan ishlab chiqarish sarflari. Xizmat ko'rsatish va boshqaruv 
sarflari kiradi. Masalan: binolarni tiklab turish, ma’muriy apparatni 
saqlash, xizmat ko'rsatish uchun ketadigan xarajatlar.
D OMINANTLI STRATEGIYA - raqiblarining harakatidan qat’i nazar, eng
yuqori natijaga erishish imkoniyatini beruvchi, o'yinchining 
strategiyasi.
DOMITSILYATSIYA - bironta uchinchi shaxsni veksel bo'yicha to'lovchi etib
tayinlashdir.
DOTATSIYA - davlat budjetidan qaytarilmaydigan tartibda beriladigan
pul mablag'lari, zarar (ziyon)larni qoplash uchun korxona va 
tashkilotlarga beriladigan davlat nafaqalari. Zarar (ziyon)lar 
korxonaga bog'liq bo'lmagan sabablarga ko'ra vujudga kelgan 
paytda istisno tariqasida dotatsiya berilishi mumkin.
D O U NAZARIYASI - fundamental va texnik tahlilga asos solgan zaminli
nazariyadir.
DUOPOLIYA - bozor strukturasining modeli, bozorda bir turdagi tovarni faqat
tanho ikkita raqobatchi sotuvchi taklif etadi.
DAVLAT BUDJETI- davlat pul (davlat maqsadlijamg'armalari) mablag'larining
markazlashtirilgan jamg'armasi bo'lib, unda daromadlar manbalari 
va ulardan tushumlar miqdori, shuningdek, moliya yili mobaynida 
aniq maqsadlar uchun ajratiladigan mablag'lar sarfi yo'nalishlari va 
miqdori nazarda tutiladi.
DAVLAT BUYURTMASI - davlat tomonidan korxona va tashkilotlarga muayyan
mahsulot turini tayyorlash va uni iste’molchilarga yetkazib berish, 
ishlab chiqarish, noishlab chiqarish va ilmiy-tadqiqot xarakteridagi 
ma’lum ishlarni bajarish uchun beriladigan topshiriq.
DAVLAT ICHKI QARZLARI - davlat tomonidan ichki mablag'ni jalb
qilish natijasida vujudga kelgan O'zbekiston Respublikasi 
majburiyatlarining yig'indisi.
DAVLAT MULKI - jamiyatdagi mulkchilik shakllaridan biri. Davlat mulki ikki
yo'l bilan paydo bo'ladi: l ) xususiy mol-mulkni milliylashtirib 
davlat qo'liga olish; 2) davlat mablag'lari hisobidan korxonalar 
qurish.
— -страха

Yüklə 22,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin