« tT F s s x x K & x b
* - —
161
—
—
- sekinlik bilan rivojlanib boradi. 4. Sakrovchan inflyatsiya - tez
sur’atda rivojlanib boradi. 5. Ma’muriy inflyatsiya - narx-navoni
ma’muriy tarzda boshqarish oqibatida yuzaga keladi. 6. Ijtimoiy
inflyatsiya - mahsulot sifatiga, atrof-muhit muhofazasiga bo'lgan
yangi ijtimoiy talablarning paydo bo'lishi oqibatidagi chiqimlarning
o'sishi ta’sirida narx-navoning o'sishini yuzaga keltiradi. Bunday
holat xo'jalik yuritish borasidagi qiyinchiliklarni bartaraf qilish
davrida, mahsulot ishlab chiqarish kamaygan hollarda qo'shimcha
pul chop etish natijasida yuzaga keladi.
INFLYATSIYA DARAJASI - ma’lum vaqt ichida (oy, yil) narxlar darajasining
foizdagi o'zgarishi.
INFLYATSIYA SUR’ATI - narxlar o'rtacha ko'rsatkichining o'sish sur’ati quyidagi
i=(R1-R0)/R 0 formula bilan hisoblanadi. Bu yerda i - 0 momentdan
1 momentgacha bo'lgan davr ichidagi inflyatsiya sur’ati; R - 0
momentdagi o'rtacha narx, R -1 momentdagi o'rtacha narx.
INFORMATSIYA (axborotlar, ma’Iumotlar) - l ) ishlarning ahvoli haqida
xabardor qilish; 2) tadbirkorlik, marketing va boshqa faoliyat turlari
oldida turgan vazifalarni bajarishda yordam berishi mumkin bo'lgan
turli xil bilim va ma’Iumotlar; 3) marketing tizimi subyektlarining
o'zaro munosabatlar jarayonidagi bevosita va teskari aloqa natijalari
tavsifnomasi; 4) turli xil energiyalaming o'zaro aloqalari natijasi.
INGLIZCHA AUKSION - bunda stavka pastdan yuqoriga tovar sotilgunga
qadar oshib boradi, tovar taklif qilingan maksimal narxda sotiladi.
INJINIRING - tijorat ko'rinishida har tomonlama maslahatlarini beruvchi
mustaqil faoliyat doirasi. Bu faoliyat ishlab chiqarishning o'sishi,
mahsulotlarni sotish, obyektlar qurish va ulardan foydalanish
jarayonini ta’minlaydi. Injiniring xizmati ikki guruhga bo'linadi:
l ) ishlab chiqarish jarayonini tayyorlash; 2) ishlab chiqarish va
mahsulot sotish jarayonini to'la ta’minlash.
INJINIRING FIRMALARI - ichki va xalqaro bozorlarda injiniring xizmatini
ко'rsatish bo'yicha ixtisoslashgan korxona, firmalar. Bu firmalar
bir korxona, kompaniya faoliyati bilan cheklanmaydi. Ular turli
tarmoqlarda xizmat ko'rsatishlari, ko'p ta’minotchilar va pudrat
firmalari bilan aloqa qilishlari mumkin.
INJINIRING KORXONA - muhandislik maslahat xizmatlarini tijoratchilik
qoidalariga asoslangan holda amalga oshiradigan korxona.
INJINIRING XIZMATLAR BOZORI - xalqaro bozorning bir turi, injiniring
xizmatlarining davlatlar tomonidan oldi-sotdi qilinishi. Loyihalash,
korxonalarni qurish, ularni jihozlash. Ekspluatatsiya qilish yuzasidan
bo'lgan xizmatlami maxsus injiring firmalari bajaradi.
INKASSA - bank operatsiyasining bir turi, bankning turli hujjatlar orqali (veksel,
chek va boshqalar) mijozlar nomidan va ular hisobidan oladigan
puli.
INKASSALASH (lot. - yashikka solish) tolov hujjatlarini ko'rsatib, u asosida
pulni olish.
INKASSATOR - asosan, muassasalardan tashqarida yurib pul yig'ish va pul
to'lashga vakil qilingan mansabdor shaxs.
INKASSATSIYA - turli to lov xizmatlari asosida bankdan naqd pul olish.
INKASSO - xalqaro savdodagi hisob-kitob shakllaridan biri. Unga muvofiq bank
o'z mijozining topshirig'iga ko'ra jo'natilgan tovarlar va xizmatlar
uchun hisob-kitob hujjatlari asosida to'lanishi lozim bo'Igan pul
mablag'larini haq to'lovchidan oladi hamda bu mablag'larni o'z
mijozining bankdagi hisob-raqamiga o'tkazadi.
INKROMENT XARAJATLAR VA DAROMADLAR - qo'shimcha mahsulot
guruhini ishlab chiqarish holadarida ro'yobga chiqadigan
qo'shimcha xarajatlar va daromadlar.
INNOVATSION FAOLIYAT - tashkil etish, boshqarish va moliyalashtirishda
yangi shakllar qo'llanilishiga asoslangan faoliyat.
INNOVATSION KADRLAR MENEJMENTI - bozor iqtisodiyoti va
raqobatning kuchayishi sharoitida kadrlarga oid yangiliklar mehnat
jarayonining ajralmas qismiga aylanishi va ularning tashkil etishni
hamda boshqarishni talab qilishi.
INNOVATSION SALOHIYAT - innovatsion jihatdan istiqbolni o'ylab
belgilangan maqsadlarga erishish imkoniyatlari.
INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR - iqtisodiyotga yangiliklarni tatbiq
etish bosqichlarida qo'llaniluvchi usul va vositalar majmuyi bo'lib,
o'z ichiga joriy etish, trening, konsalting, transfert, audit, injiniring
kabilarni oladi.
INNOVATSIYA-yangiliklarniishlabchiqarishgajoriyetishjyangitexnologiyaning
birinchi marta tijorat asosida qo'llanishi. Intensiv iqtisodiy o'sish
- resurslardan yanada samarali foydalanishga asoslangan iqtisodiy
o'sish. Uning asosiy omili fan-texnika taraqqiyoti. Masalan, biror-
bir korxona mahsulot hajmini oshirishga yangi sex qurish bilan
emas, balki ishlab chiqarishni fan-texnika taraqqiyotining oxirgi
talablariga javob beradigan dastgoh, yangi texnologiyalar bilan
qayta jihozlash bilan erishadi.
INNOVATSIYA BANKI - tijorat bankining ko'rinishi bo'lib, uning asosiy vazifasi
- ishlab chiqarishning texnik darajasini oshirish, shuningdek,
yangi, yuksak samarali mahsulotlar ishlab chiqarishga qaratilgan
kashfiyot va ixtirolarni tatbiq qilishni mablag' bilan ta’minlash va
kreditlashdan iboratdir.
INNOYATSIYA INVESTITSIYALARI - texnika va texnologiyalarning yangi
avlodini ishlab chiqish va o'zlashtirishga qo'shiladigan investitsiyalar.
INN ОVATSIYA JARAYONI - yangilik g'oyasini rivojlantirishdan uning
pirovard iste’molchi tomonidan iste’mol qilinishigacha bo'lgan
mantiqiy izchillikda harakatlanuvchi jarayon. Bu yangilikning ilmiy-
texnik, ishlab chiqarish-iqtisodiy va ijtimoiy-tashkiliy salohiyatini
yaratish, rivojlantirish va undan foydalanish jarayonidir. Innovatsiya
jarayonining quyidagi bosqichlari mavjud: yangilik yaratish, uni
o'zlashtirish, tarqatish va takomillashtirish.
INQIROZ - l) taraqqiyotning orqaga qaytishi, pasayishi, tanazzuli, regress,
tushkunlik; 2) tugash, bitish. Rivojlanish negizidagi ichki
ziddiyatlarning nihoyat darajada keskinlashuvi; bankrotlikka,
tanazzulga uchrash xavfining o'sib borishi; iqtisodiy, moliyaviy
va boshqa xildagi tizimlar faoliyatida uchraydigan nomuvofiqlik;
ozgarishlar jarayonidagi tub burilish.
INQIROZ XAVFINING
OLDINI
OLISHGA
MO'LJALLANGAN
MARKETING
FAOLIYATI
DASTURI
-
bozorlardagi
real vaziyatni o'nglash va to'lovga layoqatsizlik (boshqaruv
samaradorligini, raqobatbardoshlikni oshirish) holatidan qutulish
uchun kompaniya tomonidan amalga oshirilishi lozim bo'lgan
chora-tadbirlar majmuasi.
INQIROZ XAVFINING
OLDINI
OLISHGA
YO'NALTIRILGAN
HARAKAT DASTURI - korxonani tang holatdan olib chiqishga
(inqiroz oqibatlarini biroz yumshatish, kechiktirish, bartaraf etish
va hokazo) qaratilgan chora-tadbirlar majmuyi; tashkilotni inqirozli
vaziyatdan olib chiqishga yo'naltirilgan boshqaruv qarorlarini qabul
INQIROZGA QARSHI MO'LJALLANGAN CHORALAR DASTURI -
O'zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan 2009-2012-yillarga
mo'ljallangan inqirozga qarshi ishlab chiqilgan choralar dasturi
bo'lib, mazkur dasturda talabni rag'batlantirishga yo'naltirilgan bir
qator moliyaviy imtiyozlar va barqaror iqtisodiy o'sish sur’atlarini
ta’minlovchi chora-tabdirlar majmuyi o'z aksini topgan.
INSOF - adolat va vijdon amri bilan ish tutish tuyg'usi, ishda, kishilarga
munosabatda
halollik,
to'g'rilik,
barobarlik,
sofdillik
va
haqiqatgo'ylikdir.
——
164 —
INSON KAPITALI - investitsiyalar natijasida shakllangan bilimlar, ko'nikmalar,
malakalar va sabablar zaxirasidan iborat bo‘ lib, u shaxsning jismoniy,
aqliy va psixologik sifatlari hamda qobiliyatlarini aks ettiradi.
INSON KAPITALI NAZARIYASI - inson kapitaliga investitsiya qo'yish
natijasida ish haqining har xil darajada bo'lishi sabablarini
tushuntirib beruvchi nazariya.
INSON KAPITALIGA INVESTITSIYA QILISH - odatda, malakaviy
qobiliyatni,
demakki,
mehnat
unumdorligini
oshirishga
yo'naltirilgan har qanday xarajat tushunilib, u ta’lim olishga oid
xarajatlarni, ish qobiliyati va mehnat unumdorligini ta’minlaydigan
sog'liqni saqlashga ketadigan xarajatlarni va ishchi kuchini unumsiz
yerlardan yuqori unumliyerlarga ко chirishga, ya’ni harakatchanlikka
qilinadigan xarajatlarni o'z ichiga oladi. Ushbu investitsiyalar
xodimlarning malakasini oshirish va layoqatlarini rivojlantirishga
oid investitsiyalardir. Ular, asosan, xodimlarni o'stirish va malakasini
oshirishga, qayta o'qitishga sarf qilinadi, pirovard natijada esa ishlab
chiqarishning muhim omili - ish kuchining sifati oshadi va ishlab
chiqarish iqtisodiy samaradorlikka erishadi.
INSON MUNOSABATLARI - bu modelda asosiy e’tibor ishlovchilar uchun
eng yaxshi mehnat sharoitlarini yaratishga qaratiladi.
!
V-'
INSON OMILI - amalga oshirilayotgan barcha islohotlarning bosh yo'nalishi
va samaradorligining pirovard natijasini belgilab beruvchi asosiy
tamoyil. Inson omili tarkiban ikki muhim jihatni o'z ichiga oladi.
Birinchi jihat - O'zbekistonda jami ijtimoiy tuzilma, ta’lim va
sog'liqni saqlash, nafaqa bilan ta’minlash tizimi va aholini ekologik
va boshqa xavf-xatardan himoya qilishdan iborat. Davlatning
doimiy e’tiborini o'zida ifodalaydi. Ikkinchi jihat esa yalpi ijtimoiy
taraqqiyot jarayonlarida shaxsning o'z ishtiroki, bunyodkorligi,
yaratish zavqi, sa’y-harakatlari va shijoati ifodalanishini nazarda
tutadi.
INSON RESURSLARI - modelida xodimlar ishlatilmagan zaxiralar manbayi
va korxona umumiy tuzilmasida oqilona rejalashtirish va qarorlar
qabul qilishning muhim imkoniyati sifatida ko'riladi.
INSON RESURSLARIDAN EKSTENSIV FOYDALANISH - ishchilar
umumiy sonining, mehnatga layoqatli aholi bandligining o'sishi,
mehnatga layoqatlilik davrining uzunligi, ish vaqtining uzunligi
bilan ifodalanadi.
INSON RESURSLARIDAN INTENSIV FOYDALANISH - mehnat
faoliyati samarasini oshirishni bildiradi va u mehnat unumdorligiga
asoslanadi.
INSON
RESURSLARINI
BOSHQARISH
FANINING
PREDMETI
- korxonalarning samarali faoliyat ko'rsatishini ta’minlash
va islilovchilarning ehtiyojlarini qondirish maqsadida inson
resurslariga maqsadga muvofiq ta sir ko'rsatish bilan bog'liq bilimlar
tizimi.
INSON RESURSLARINI BOSHQARISH SUBYEKTI - boshqaruvchi
personal, obyekti esa ishlab chiqarish personalidir.
INSON RESURSLARINI BOSHQARISH VAZIFALARI - korxona va
tashkilotlarning muayyan maqsadga erishish yo'lida inson resurslari
bilan ishlaganda amalga oshiriladigan asosiy yo'nalishlaridir, ya ni
personalni tanlash, personalni tayyorlash va rivojlantirish, unga
baho berish, rag'batlantirishdir.
INSON RESURSLARINI BOSHQARISHNING ZARUR OBYEKTI -
korxona va tashkilotning ijtimoiy muhitini rivojlantirishdir.
INSON RESURSLARINI JALB ETISH - ikki asosiy manba, ya’ni personalni
jalb qilishning ichki va tashqi manbalari hisobiga ehtiyojni
qondirishdir.
INSON RESURSLARINING KASBIY TUZILISHI TUSHUNCHASI -
bir-biri bilan bog'liq bo'Igan quyidagi jihatlar, ya’ni ish kuchining
kasbiy tuzilishi, uning malaka tuzilishi, malakaning mazmunidan
iborat.
INSONIY KAPITAL - o'qish va amaliy faoliyatdan olgan insonning intellektual
qobiliyati va amaliy ko'nikmalari shaklidagi kapital.
INSONIY RTVOJLANISH KONSEPSIYASI - BMT tomonidan 90-yillarda
ilgari surilgan. Unda taraqqiyot natijalarining inson bilan hamohan
bo'lishi ko'zda tutiladi, moddiy boylik (yalpi milliy mahsulot
bilan birgasog'lom hayot, savodxonlik, demokratik institutlar bilan
birinchi o'ringa qo'yiladi (ayrim davlatlar kambag'al bo'lishiga
qaramay, bu sohada yuqori natijaga erishmoqdalar va aksincha)
hamda “ijtimoiy rivojlanish indeksi” (IRI) bilan o'lchanadi.
INSONPARVARLIK YORDAMI - aholining ijtimoiy jihatdan nochor
guruhlariga tibbiy va ijtimoiy yordam ko'rsatish, ijtimoiy soha
muassasalarini qo'llab-quwatlash, tabiiy ofatlar, falokatlar va
halokatlar, epidemiyalar, epizootiyalar va boshqa favqulodda
vaziyatlarning oldini olish hamda ularni bartaraf etish uchun aniq
maqsadli beg'araz ko'maklashish. Insonparvarlik yordami dori
vositalari va tibbiy ahamiyatga molik buyumlar, xalq iste’moli
tovarlari, boshqa tovarlar, shu jumladan, asbob-uskunalar, transport
va texnika, shuningdek, ixtiyoriy ravishdagi xayr-ehsonlar,
bajarilgan ishlar va xizmadar, shu jumladan, insonparvarlik yordami
yuklarini tashish, kuzatib borish va saqlash tariqasida beriladi
— т м в е я и » - — 1 6 6 —
—
hamda O'zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan vakolatli
tashkilotlar orqali taqsimlanadi
INSPEKSIYA-1. Taftish, tekshirish, nazorat. 2. Belgilangan qoida va qonunlarning
turi bajarilishini tekshiruvchi idora. 3. Ayrim ma’muriy huquqqa ega
bo'lgan, nazorat funksiyasini bajaruvchi davlat boshqaruv organi.
INSTITUTLAR - iqtisodiy subyektlar harakatini cheklovchi, ularning o'zaro
munosabatlarini tartibga soluvchi me’yorlar, qoidalar hamda ushbu
me’yor va qoidalar bajarilishini nazorat qilish mexanizmlari.
INSTITUTSION BIRLIK - aktivlariga mustaqil mulkdorlik qilish qobiliyatiga
ega bo'lgan, o'z zimmasiga majburiyatlar ola biladigan, boshqa
shaxslar bilan iqtisodiy faoliyatda va operatsiyalarda ishtirok eta
oluvchi iqtisodiy shaxslar.
INSTITUTSION REKLAMA - firma obro'sini yaxshilashga qaratilgan tadbir.
INSTITUTSIONAL BIRLIK - mustaqil ravishda iqtisodiy faoliyat yurituvchi
birlikdir.
INSTITUTSIONAL INVESTORLAR
-
mutaxassislar bo'lib,
ularga
begonalaming pulini boshqargani uchun haq to'lanadi.
INSTITUTSIONALIZM - lotincha “urf-odat”, “muassasa”, “ko'rsatma”, ya’ni
ayrim institutlar (oila, davlat, monopoliya, kasaba uyushmasi)
ijtimoiy taraqqiyotning asosi deb qabul qilgan nazariya. XX asrning
20-30-yillarida AQSHda keng tarqalgan. T. Veblen (1857-1920),
J.R. Kommons (1862-1945), U.K. Mitchell (1874-1948), J.
Gobson (1858-1940) va boshqalar bu nazariyaning 20-30-yillardagi
vakillaridir. Klark, Berli, G. Minz (50-yillar), Lou, Myurdal,
Gelbreyt, Xeylbroner (60-yillar va hozirgi davr)lar esa obyektiv
iqtisodiy qonunlar mavjudligini inkor etadilar.
INSTITUTSIONAL SIYOSAT - davlat tomonidan mulkchilik, mehnat,
moliyaviy, ijtimoiy va boshqa sohalarda yangi iqtisodiy institutlarni
shakllantirish, eskilariniyo'qotish, mavjudlarini transformatsiyalash
bo'yicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar, xatti-harakatlar.
INSTRUKSIYA - instruksiya, yo'l-yo'riq, qo'llanma, ko'rsatma; qonun yoki
boshqa normativ aktni tushuntirish maqsadida chiqariladigan
hujjat.
INTEGRATSIYA - 1. Turli bo'limlar, elementlar harakatining bir butunga
birlashish jarayoni. 2.
Iqtisodiy integratsiya
- iqtisodiy
subyekt (davlat, korxona, firma)larning iqtisodiy, texnologik
munosabatlarning o'zaro bog'liqligi oshishi natijasida vujudga
keladi. Vertikal va gorizontal integratsiya ko'rinishida bo'lishi
-------
Dostları ilə paylaş: |