Web sayt o’zi nima? Bugungi kunda hayotimizning har bir sohasida internet tehnologiyalaridan foydalanmoqdamiz.Internetturli xil insonlarni yagona maqsad bilan birlashishiga sabab bo’lmoqda. Internet tehnologiyalarining muhimelementlaridan biri bo’lgan web- tehnologiyalar ham taraqqiy etib boryapdi. Hozirda ixtiyoriy inson webtexnologiyalarning inson hayotining ta’lim, kommersiya, siyosat, ko’ngil ochar, … bo’laklariga kiribborganligini tasavvur eta oladi va uning guvohi va foydalanuvchisiga aylanmoqda. Web-dasturlash faniasosida turli dasturlash tillari yordamida web-saytlar yaratish mumkin. Har bir dasturlash tilining o’ziga hos afzallik va kamchiliklari bor. Ushbu qo’llanmada ularni farqli tomonlarini ko’rib o’tdik.Web sahifa Intеrnеt tarmoqlarida joylashgan fayllar to’plami bo’lib, ularni soni soat sayin ko’payibbormoqda. Bu fayllarda ma'lumotlarni turli xillarini: matn, grafik, tasvir, vidеo, audio ma'lumotlarniuchratish mumkin. Bugungi kunda Web Intеrnеt rеsurslari ichida eng ommaviysi hisoblanadi. Chunki, avvaldan tayyorlangan Web sahifa orqali tеgishli ma'lumotlarni to’ldirish foydalanuvchining qanchadanqancha vaqtini tеjash imkonini bеradi. Shu bois matеmatika va informatika yo’nalishida tahsil oluvchitalabalarga Web tеxnologiyalarni alohida kurs sifatida o’qitila boshlandi. Bu fanni o’zlashtirishga bo’lgan chuqur intilish kelajakda yaratilajak zamonaviy ahborot tehnologiyalarinisaviyasini ko’tarishi shubhasiz. WWW - (World Wide Web) nomi Tim Berners LEE tomonidan CERN (yevropa yadro markazi tadqiqotchilari) laborotoriyasida kiritilgan bo’lib, butun jahon o’rgimchak to’risi deb ataladi. WWW da turli yo’llar orqali tegishli ma’lumotga(matn, rasm, video,...) yetib borish va uni ko’rish mumkin. WWW da nuqtalar rolini kompyuter o’ynaydi ya’ni kompyuter ip adresslari. Yo’llar sifatida asosan telefon yo’llari, simsiz aloqa yo’llari va maxsus tarmoqlar ishlatiladi. Internetda biror bir sayt nomini kiritsangiz, siz shu sayt saqlangan serverga murojaat qilgan bo’lasiz, ya’ni kompyuter adresi (IP adress)ni kiritgan bo’lasiz. Foydalanuvchilarga qulaylik tug’dirish maqsadida IP adresslar matn ko’rinishiga keltirilgan(eslab qolishda qiyinchilik bo’lmasligi uchun). Misol uchun, http://www.sayt_nomi.uz, shu nomga oid adres 190.25.150.2 shaklida bo’lishi mumkin. Bundan xulosa chiqadiki, sayt adresiga sayt nomi yoki serverning sonli adresini yozib kirish mumkin. WWW yoki Web da ma’lumotlar gipermatnli hujjatlar shaklida olinadi. Gipermatnning o’zi esa boshqa matnli hujjatlarga yo’l ko’rsatadi. Demak, matnlar qaysi mamlakatning serverida turishidan qat’i nazar, tezda o’tish imkoniyatini beradi. Matnlar bilan bir qatorda Web hujjatlarida rangli harakatdagi tasvirlarni, turli video kliplarni, umuman multimedia ma’lumotlarini