Ilm-fan va texnologiyalarning jadal rivojlanishi, global dunyoda raqobatning ortishi sharoitida har bir davlat va jamiyatning bu jarayonda raqobatbardoshligi yoshlarning intellektual rivoji hamda ularning iste`dodi va qobiliyatlarini to'liq amalga oshirishga e`tibor berishga bog'liq bo'ladi.
Sh.M.Mirziyoyev.
Ushbu loyiha ishining asosiy maqsadi biz yosh talabalarni bilimlarimizni yanada oshirish va mustahkamlash uchun qilingan harakatdir. Biz bir yil davomida to’plagan bilimlarimizdan foydalangan holda bu loyiha ishimizni tayyorlashimiz kerak. Ayni damda faqatgina dastur tuzib qo’yish nazarda tutilayotgani yo’q. Biz bu loyihamizni tayyorlash jarayonida ko’p narsalarni o’rganishimiz hayotiy va ilmiy tajribalarni oshirishiz kerak. Bizning oldimizga qo’yilgan maqsad faqat bitta yo’l orqali amalga oshiriladi. U yo’l esa faqat bilim olib uni amalda qo’llashdir.Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev aytganiday biz yoshlarga hizirgi kunda juda ko’p sharoitlar yaratilmoqda. Hozirgi kunda biz yaxshi bilimlarni o’zlashtira olmasak kelajakda o’zimiz uchun qiyinchiliklar tug’diradi. Yana shuni takidlash kerakki biz texnologiyalar davrida yashamoqdamiz. Bu davr bizning davr. Ayni shu damda biz birinchi navbatda bilim olishimiz kerak. Bugungi kunda Internetning ommaviyligi haqida gapirish o’rinsiz. Internet hayotimizning bir
bo’lagiga aylandi, biz uning xizmatlaridan har kuni foydalanishga odatlandik. Hozirda ixtiyoriy inson web texnologiyalarning inson hayotining ta’lim, kommersiya, siyosat, ko’ngil ochar , … bo’laklariga kirib borganligini tasavvur eta oladi va uning guvohi va foydalanuvchisiga aylanmoqda. Internet turli xil insonlarni yagona maqsad bilan birlashishiga sabab bo’lmoqda. Hamma Internet tarmog’idan biror turdagi axborot olishga harakat qiladi. Shunday vaqtlar keladiki, hujjatni Internetda chop etish malakasi yozuv mashin asidan foy dalanish kabi har bir, hatto o’rta ma’lumotga ega bo’lgan insonning qo’lidan keladi. Mazkur qo’llanma web- hujjatlarni yaratish, ularni Internetda chop etish, web - hujjatni ko’rkamlashtirish, qiziqarli va o’ziga tortuvchi qilib yaratish, vaqti kelsa ma’lumotlarmi yangilash kabi vazifalarni o’rgatishga