Sh. R. Xolmoʻminov mehnat bozori iqtisodiyoti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/116
tarix05.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#174173
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   116
asosiy bosqichlarini
koʻrib chiqamiz: 
1. Taqqoslash ma’lumotlarini olish maqsadida mehnat sarflarining 
hisobot TAB tarmoqlari mahsulotlarini ishlab chiqarish va taqsimlash 
istiqbol TAB tarmoqlarining tasnifiga koʻra, guruhlanish oʻtkaziladi, 


76 
soʻngra toʻg‘ri mehnat sarflarining yangi hisobot koeffitsiyentlari 
hisoblab chiqiladi.
2. Toʻg‘ri mehnat sarflarining tuzatish kerak boʻlgan eng muhim 
koeffitsiyentlari tanlab olinadi. Bundan tashqari, hududning har bir 
tarmog‘ida mehnatni fond va energiya bilan ta’minlanganligiga, ish haqi 
hamda mahalliy va jalb qilingan mehnat resurslarining ishlagan ish 
vaqtiga tuzatishlar kiritish zarur boʻladi. 
3. Toʻg‘ri mehnat sarflari koeffitsiyentlari oʻzgarishining YaIM 
hajmi va tarkibiga turlicha ta’siri aniqlanadi. 
YaIM hajmi va tarkibi tahlilida korxonalarning reprezentativ-
ligini hisobga olish kerak, ular uni ishlab chiqarishda eng katta 
salmoqqa ega boʻlmog‘i lozim. 
Iqtisodiyotning har bir tarmog‘idan vakil korxonalarga tegishli 
toʻg‘ri mehnat sarflarining eng muhim koeffisiyentlari ajratiladi. Ular 
oʻrtasidagi hamda toʻg‘ri mehnat sarflarining oʻrtacha koeffitsientlari 
orasidagi farqlarni asoslovchi sabablarni aniqlash uchun tadqiq 
qilinayotgan hudud mehnat resurslarining iqtisodiyoti oʻrganiladi. Ayni 
bir vaqtda vakil korxonalarda mehnat resurslaridan foydalanish darajasi 
ham tahlil qilinadi. 
Mazkur bosqichda vakil korxonalar uchun toʻg‘ri mehnat 
sarflarining eng muhim koeffitsiyentlari mehnat sarflari ishlab chiqil-
gan hisobot TAB ma’lumotlari asosida hisoblanadi. 
4. Mahsulot birligini ishlab chiqarishga mehnat sarflarining 
me’yorlari mahsulot ishlab chiqarishi va taqsimlashning istiqbol TABga 
muvofiq guruhlarga ajratiladi va tuzatishlar kiritiladi. 
5. Koʻpomilli modellar yordamida tanlab olingan omillarni 
mahsulot sermehnatligining dinamikasiga ta’siri darajasi aniqlanadi va 
uning istiqbol koʻrsatkichlari hisoblab chiqiladi. 
6. Istiqbolga moʻljallangan davrda toʻg‘ri mehnat sarflari 
koeffitsiyentlarini aniqlash jarayonida yuqorida koʻrsatilgan ma’lumot-
lardan tashqari tadqiq qilinayotgan vakil korxonalarning iqtisodiy va 
ijtimoiy rivojlanishi, ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish jarayonlari-
ning texnik va energetik jihozlanishi, qoʻl mehnati ulushi va mehnat 
unumdorligi koʻrsatkichlaridan ham foydalaniladi. 
Shunday qilib, toʻg‘ri mehnat sarflarining hisoblab chiqilgan 
istiqbol koeffitsiyentlarini toʻliq moddiy xarajatlarga koʻpaytirib, toʻliq 
mehnat sarflarining istiqbol koeffitsiyentlari miqdori aniqlanadi.


77 
Mahsulot ishlab chiqarish va taqsimlash TABning yuqorida bayon 
etilgan metodologiyasi va koʻrsatkichlari asosida mehnat koʻrinishidagi 
istiqbol TAB tuziladi. U mahsulot ishlab chiqarishga jonli va 
buyumlashtirilgan mehnat sarflarini va istiqbolda koʻrilayotgan 
davrdagi toʻg‘ri va toʻliq bandlik koeffitsiyentlarini aniqlashga imkon 
beradi.
Mehnat sarflarining tarmoqlararo balanslari mehnat resurslaridan 
foydalanish va ularni taqsimlash boʻyicha iqtisodiyotning tarmoqlari va 
sektorlari oʻrtasida yaqin aloqa oʻrnatishga, ulardagi «tor joylarni» 
topishga va ularni bartaraf etish yoʻllarini belgilashga imkon beradi. 
Ayni bir vaqtda mavjud nomutanosiblik aniqlanadi, iqtisodiyot va ishchi 
kuchi bandligi, talabi hamda taklifini istiqbollashtirish takomil-
lashtiriladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin